Axborotlarga ishlov berish va boshqarish tizimlari kafedrasi
SISTEMANI TASHKILIY-METODIK TAMINOTI
Download 1.01 Mb.
|
kurs ishi O\'ljayev (1)
SISTEMANI TASHKILIY-METODIK TAMINOTI
Buxgalteriya hisobi boshqaruv funksiyasi sifatida o‘zining tash-kiliy tuzilmasiga ega . Buxgalteriya hisobining tashkiliy ta’minotini bu yerda hisob siyosatining tarkibiy qismi sifatida ko‘rib chiqamiz. Buxgalteriya hisobining uslubiy ta’minoti boshqaruv apparatiga ishonchli va zarur axborotlarni kam xarajat qilgan holda, o‘z vaqtida taqdim etish vazifasiga bo‘ysundirilgan bo‘lishi lozim. Ushbu vazifani hal etish qator omillar bilan ta’minlanib, ulardan har biri qaror topgan an’analar, korxona faoliyatining muayyan shart-sharoitlari va hisob ishlarining hajmidan kelib chiqadi.Buxgalteriya hisobining tashkiliy ta’minoti uni boshqaruv hisobi va moliyaviy hisob quyi tizimlariga ajratishni nazarda tutadi. Ular o‘rtasida keskin chegara bo‘lmasa-da, bunday ishni amalga oshirish zarur. U hisob axborotlarining alohida foydalanuvchilar o‘rtasida aniq yo‘nalishini belgilaydi. Mahsulot, ish va xizmatlar tannarxini shakllantirish bo‘yicha boshqaruv va korxonani strategik rivojlantirish asosini yaratadi. Ushbu axborot faqat korxona menejerlariga ruxsat etiladi. Boshqaruv hisobini tashkil etish tartiblarini korxona mustaqil belgilaydi. Moliyaviy hisob u yoki bu darajada tartibga solinadi. Shuning uchun ma’lum talablar va tamoyillar tizimi ishlab chiqiladi. Korxonada buxgalteriya hisobini tashkil etish va amaldagi qonunchilikka rioya qilinishi uchun uning rahbari javobgar. Rahbar hisob siyosatini ishchi schotlar rejasini, dastlabki hujjatlar shakllarini (namunaviy shakli bo‘lmagan xo‘jalik operatsiyalarini rasmiylashtirish uchun), inventarizatsiya o‘tkazish tartibini, hujjatlar aylanish qoidalarini va buxgalteriya hisobini tashkil etish maqsadida zarur bo‘ladigan tartib- qoidalarni tasdiqlashi lozim. O‘zbekiston Respublikasi «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi qonuniga muvofiq, korxona rahbari buxgalteriya hisobini shaxsan o‘zi yuritish huquqiga ega. Lekin qaysi holatlarda ushbu funksiyani rahbarning o‘zi bajarishi aniq ko‘rsatilmagan, ammo bunday variant kichik biznes korxonalari, masalan, dehqon xo‘jaliklari uchun qulay. Bosh buxgalter boshqaradigan mustaqil buxgalteriya xizmati tashkil etilishi ham mumkin. Bunday xizmat korxonaning boshqa bo‘linmalari kabi tarkibiy bo‘linma hisoblanadi. Bosh buxgalter bevosita korxona rahbariga bo‘ysunadi va hisob siyosatini tashkil etish, buxgalteriya hisobini yuritish, to‘liq va ishonchli moliyaviy hisobotni o‘z vaqtida taqdim etish uchun javobgar. Buxgalteriya hisobini yuritish shartnoma asosida markazlashgan buxgalteriya, ixtisoslashgan mustaqil tashkilot yoki tegishli oliy yoki o‘rta maxsus ma’lumotga ega buxgalter tomonidan yuritilishi mumkin. Har qanday holatda buxgalteriya hisobining u yoki bu tashkiliy shaklini tanlash hisob jarayonini oqilona tashkil etishning muhim omili hisoblanadi. Buning ustiga, agar oldin hisob texnologik jarayoniga EHMni keng qo‘llashga, markaziy buxgalteriya tashkil etish afzal hisoblansa, hozirgi vaqtda vaziyat boshqacha markazlashmagan buxgalteriya hisobi katta imkoniyatlarga ega. Asosiy masala – buxgalterning ish joyini avtomatlashtirish. Boshqa omillar: hisob ishlarining hajmi, xodimlar soni, ishlab chiqarish zaxiralari va tayyor mahsulotlarning nomenklaturasi, mol yetkazib beruvchilar, xaridorlar va shu kabilarning soni katta ahamiyatga ega emas. Shuning uchun hisob xodimlarining vazifalari ularning ish yuklamasi, boshqaruv tizimidagi pog‘onalar o‘rtasida to‘g‘ri va teskari o‘zaro aloqalar hisob ma’lumotlarini uzatish va uzatish vositalari va kanallaridan kelib chiqqan holda qayta taqsimlanishi lozim. Hisob xodimlarining mehnat taqsimoti 3 turga bo‘linadi: predmetli; chiziqli; funksional. Mehnat taqsimotining predmetli varianti hujjatlarni bo‘limlarning nomlanishiga muvofiq taqsimlashni nazarda tutadi: hisob-kitob bo‘limi; ishlab chiqarish bo‘limi; hisob bo‘limi; sotish bo‘limi; umumiy bo‘lim. Albatta, konsolidatsiyalangan hisobotdan asosiy foydalanuvchilar aksiyadorlar hisoblanadi. Bosh kompaniyaning aksiyadori uning aksiya paketiga to‘g‘ri keladigan sof aktivlar hajmini baholash imkoniga ega emas. Chunki bosh kompaniyaning balansi faqat sho‘ba korxonalariga qo‘yilmalar summasidan iborat va ushbu qo‘yilmalarning jami real qiymatini va mos ravishda aksiyadorlarning ulushini aks ettirmaydi. Aksiyadorlar uchun ularning qo‘yilmalarini obyektiv aks ettiradigan, bosh kompaniyaning barcha sho‘ba va tobe korxonalari faoliyatining ko‘rsatkichlarini o‘z ichiga oladigan obyektiv axborotlar zarur. XULOSA Yurtimizda barcha savdo tashkilotlarining o’z ma’lumotlar ba’zasi bo’lib bu ba’zalar bilan shug’ullanuvchi o’z mutaxasislaridan juda yaxshi malaka talab qiladi. Ma’lumotlar ba’zasini to’g’ri ishga tushirish buxgalteriya ish faoliyatida juda ham muhim. Bu o’z navbatida shu tashkilotdagi qaysi mahsulot yaxshi sotilayotgani, qaysi mahsulot yaxshi sotilmayotganligi haqida statistika yuritib mavsumga oldindan tayyorgarlik ko’rish imkonini beradi. Ma’lumotlar ba’zasi har xil platformalar sosida tuziladi bularga misol: MS access, PosetgreSQL, mongoDB, mySQL va shu kabi SQL oilalari va noSQL oilalari kiradi. Bu ba’zalarni o’z o’rnida veb dastur yordamida ma’lumot qo’shish va o’chirish bu tashkilotga juda qulay yengillik beradi. Ma’lumotlar ba’zasi o’z o’rnida maxsus serverlarda quriladi shu yerda saqlanadi. Va bu serverni ishga tushirgan tashkilotlarga ma’lumotlarni saqlaganliklari uchun haq to’lanadi. Umuman malumotlarni saqlash maxsus tillar yordamida bajarilib saralab ishga tushiriladi. Bu esa xaridorlarga mahsulot haqida kengroq va to’liqroq ma’lumot berilishni ta’minlaydi. FOYDALANILDAN ADABIYOTLAR https://tami.uz/matnga_qarang.php?id=933 https://www.postgresql.org/ https://uz.wikipedia.org/wiki/Ma%CA%BClumotlar_bazasi WWW.LEX.UZ Ma’lumotlar ba’zasi (Sh.Nazirov, A.Ne'matov, R.Qobulov, N.Mardonova) MA’LUMOTLAR BAZASI XAVFSIZLIGI (S.K.GANIYEV, A.A. GANIYEV, D.Y. IRGASHEVA) TDTU “AVTOMATLASHTIRISH BOSHQARISH TIZIMLARI VA LOYHALASH” fanidan ma’ruzalar matni Download 1.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling