Axborotlarni elektron vositalar orqali uzatish kompetensiyasi
Axborotlarni elektron vositalarda qayta ishlash va saqlash kompetensiyasi
Download 154.39 Kb.
|
7-sinf-yillik konspekt(1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Axborotlarni elektron vositalar orqali uzatish kompetensiyasi
Darsning turi:aralash dars. Darsda qo`llaniladigan metodlar:Muzyorar,aqliy hujum,savol-javob,bahs-munozara. Darsning jihozi: Darslik, kompyuter, sinf doskasi, bo`r. Darsning borishi: I.Tashkiliy qism: a) Salomlashish. b) Davomatni aniqlash. c)O`quvchilarning va sinfning darsga tayyorgarligini tekshirish II.O`tilgan mavzuni mustahkamlash: Bunda o`quvchilar bilan savollar beriladi. III.Yangi mavzu bayoni : Viruslarni quyidagi alomatlar bo’yicha sinflarga ajratishimiz mumkin: Virusning joriy qilinish muhiti Virusning yuqish usuli Virusning ob’yektini buzish imkoniyati Virusning tarqalish algoritmining xususiyatlari Viruslar matnli, ma’lumotli, jadvalli fayllarni o’zgartirish mumkin. Ayrim viruslar fayllarni shikastlaydi va shikastlangan fayl virus nusxasini saqlaydi. Bunday viruslar fayl viruslari deb ataladi. Ular quyidagilar: com va exe kengaytgichli fayllarni operatsion tizim yuklovchisini qurilma drayverlarni shikastlovchi viruslarga ajratiladi Shikastlangan dastur ishlashi bilan virus o’z ishini boshlaydi. Agar virus xotirada bo’lsa, u fayllarni shikastlashni davom ettiradi. Agarda u autoexec.bat yoki config.sys dan chiqariluvchi faylni zararlantirgan bo’lsa, u qattiq diskdan OT yuklagandan o’z ishini qayta boshlaydi. Operatsion tizim yuklovchisini shikastlovchi viruslar botli viruslar deyiladi va OT yuklanganda o’z ishini boshlaydi va kompyuter xotirasida qoladi. Qurilma drayverlarini shikastlovchi viruslar kamdan-kam uchraydi. Viruslarning quyidagi turlari mavjud: Komponyon-viruslar (componion) fayllarni o’zgartirmaydilar. Ular EXE faylga mos yo’ldosh fayl yaratadilar va bu fayl COM kengaytmaga ega bo’ladi. Masalan, XCOPY EXE-XCOPY COM, bu faylga mos buyruq berilganida DOS dastlab COM kengaytmali faylni ishga tushuradi. Chuvalchangsimon viruslar (черви Worm)-komponyon viruslar kabi bo’lib, ular kompyuter tarmoqlari orqali tarqaladilar. Ular kompyuter tarmoq bo’yicha ma’lum kompyuter manzilini hisoblab, o’sha adresga tarqaladilar. Bunday viruslar odatda tizimli diskda ishchi soha fayli yaratib, unga o’z ma’lumotlarini yozib qo’yadilar. Parazit tipdagi viruslar-diskda yoki xotiradagi faylga suqulib kirib, ularning parametrlarini o’zgartirib yuboradilar (yoki kamaytirish yoki oshirish hisobiga). “Talaba” viruslari-eng sodda viruslar. “Stels” viruslar ko’rinmaydigan viruslar-DOS murojaatini ilg’ab olib, virus yuqqan dasturlarda diskdagi boshqa virus yuqmagan ma’lumotlarni ko’rsatib bekinadilar. Bunday viruslarni aniqlash va yo’qotish ma’lum muammolar tug’diradi. Polimorf viruslar (o’z ko’rinishini doimiy ravishda o’zgartirib turuvchi viruslar-makro-viruslar)-makro til imkoniyatlaridan foydalanib tarqaladilar, ular ko’pincha matn muharriri, elektron jadval va shu kabi dasturlar tashkil etgan fayllarga tarqalib, ularga suqulib kiradilar. Rezidentli virus kompyuterda ishlash seansi davrida doimiy ravishda operativ xotiraga o’rnashib qoladi va unga yuklangan fayllarga o’tib ularga yuqadi (OT modullari, buyruqlari va shu kabilar). Norezident viruslar xotiraga yuqmay, vaqtning ayrim oralig’ida faol bo’lib, o’sha paytda boshqa ob’yektlarga yuqadi, ba’zi viruslar operativ xotirada o’zlarining rezident dasturlarini qoldiradilar. Lekin ular orqali virus tarqalmaydi. Buzish imkoniyati bo’yicha: zarari yo’q viruslar (ular kompyuterga zararsiz lekin xotira hajmini kamaytiradi); unchalik xavf tug’dirmaydigan viruslar xotirani kamaytirish, tovush yoki grafik effekt ko’rsatish; xavfli viruslar (oqibatda kompyuter ishi qiyinlashadi); o’ta xavfli viruslar (ma’lumot buzilishi, hattoki qurilmalar ishdan chiqishi mimkin). Viruslarning yuqqanligini quyidagi alomatlardan bilish mumkin. kompyuter dasturlarining odatdagidan ko’ra sekinroq ishlashi, fayllar sig’imlarining o’zgarishi, tashqi xotirada ajoyib-g’aroyib nomli begona fayllarning paydo bo’lishi, OX (OZU) ga murojaat qilish uchun kerakli sig’imning yetmasligi, to’satdan ijro etiladigan tovushli yoki grafik tasvir effektining paydo bo’lishi. Viruslardan himoyalanishda maxsus dasturlardan foydalanish zarur bo’ladi. Bu dasturlarni bir necha turga ajratish mumkin: Revizor dasturlar-dastlab dastur va diskning tizimli sohasi haqidagi ma’lumotlarni xotiraga oladi, so’ngra ularni dastlabkisi bilan solishtiradi. Mos kelmagan hollar haqida foydalanuvchiga ma’lum qiladi. Doktor revizorlar-revizor va doktorning aralashmasi bo’lib, fayl va diskning tizimli sohasidagi o’zgarishlarni nafaqat aniqlaydi, balki ularni dastlabki holatga qaytarishga harakat qiladi. Filtr dasturlar-rezident dasturlar kompyuterning tezkor xotirasida rezidentday joylanadi va viruslar tomonidan zararni ko’paytirish va ziyon yetkazishni oldini oladi va bu haqda foydalanuvchiga ma’lum qiladi. Hozirgi kunda viruslarga qarshi kurashuvchi antiviruslar ko’p bo’lib, masalan: AIDSTEST, Doctor Web, ADINF, SHERIF, Norton, Kasperskiy . IV.O`tilgan mavzuni mustahkamlash: Savollarga javob berish. Virus nima-? Kompyuter viruslarining turlari-? Kompyuter viruslardan qanday saqlanish mumkin-? Qanday antivirus dasturlar bor -? Kompyuter viruslarining harakatlanish fazalari bu -? Parazit tipdagi viruslar bu -? Polimorf viruslar-? Chuvalchangsimon viruslar (черви Worm) bu -? V.Darsni yakunlash va o`quvchilarni baholash.Darsda faol ishtrok etgan o`quvchilarni baholash va rag`batlantirish,mavzu bo`yicha o`quvchilarni fikr-mulohazalarni tinglash,savollarga javob berish va yakun yasash VI.Uyga vazifa: 16- darsni takroran o`qib mavzuni puxta egallab kelish. O’.T.I.B.D.O’: B.R.Sirojeva Sana:_______________ Dars reja Fan: INFORMATIKA va AT.Sana:7a(I)______(II) ______,7b(I)______(II) ______,7v(I)______(II) ______,7g(I)______(II) ______,7d(I)______(II) ______: Mavzu: 17-dars. Takrorlashga doir topshiriqlar. Maqsad: 1.Ta`limiy: O`quvchilar bilimini nazorat qilish. .O`tilgan mavzular bo`yicha masalalar yechish. 2.Tarbiyaviy: O`quvchilar bilimini nazorat qilish.. O`tilgan mavzular bo`yicha takrorlash va o`rgatish. 3. Rivojlantiruvchi: O`quvchilar bilimini nazorat qilish. O`tilgan mavzular bo`yicha bilimlarni rivojlantirish.
Download 154.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling