Axborotlarni himoyalash va antiviruslar haqida


Axborot bilan ishlashda axloqiy va huquqiy me’yorlar


Download 19.76 Kb.
bet2/4
Sana20.06.2023
Hajmi19.76 Kb.
#1627215
TuriReferat
1   2   3   4
Bog'liq
Qabul qildi axborotlarni himoyalash va antiviruslar haqida reja

Axborot bilan ishlashda axloqiy va huquqiy me’yorlar
Lotin tilidagi media (medium) so‘zi o‘zbek tilida vosita, vositachi, muhit ma’nolarini bersa ham, hozirgi kunda bu so‘z ingliz tilidagi mazmuniga mos radio, televideniye, mobil telefon va Internet vositalarini o‘z ichiga oluvchi «ommaviy axborot vositalari» kabi tushunilmoqda. Ma’lumki, ushbu vositalar orqali turli mazmunda juda katta hajmdagi axborotlar o‘tmoqda. Bu axborotlardan qaysi biri foydali, qaysi biri g‘arazli ekanini ajratib olish oson emas. Ayniqsa, Internet tizimida yoshlarning dunyoqarashiga, g‘oyaviy tarbiyasiga o‘ta salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi, odob­axloq va huquqiy me’yorlarning buzilishiga sabab bo‘ladigan ma’lumotlar ko‘p. Bunday ma’lumotlar sirasiga quyidagilarni kiritish mumkin: 
• yot, buzg‘unchi g‘oyalar (diniy ekstremizm, millatchilik, irqchilik, sadizm); • chet el yashash tarziga xos, lekin milliy mafkura va madaniyatimizga zid g‘oyalar, qarashlar (kiyinish, chekish, pirsing, tatuirovkalar va hokazo); • tekshirilmagan yoki soxta ma’lumotlar;
• axloqsiz voqealarni o‘z ichiga olgan axborot (rasm, video, hikoya)lar.
Shu sababli, Internet tarmog‘ida ishlaganda axloqiy va huquqiy me’yorlarga rioya qilgan holda ma’lumot yuborish, olinayotgan ma’lumotlarni milliy mafkuramiz, madaniyatimiz, qadriyatlarimiz, muqaddas urf­odatlarimizga zid, qonunlarimizga xilof emasligini aniqlay olish savodxonligiga ega bo‘lish muhimdir. Bunday savodxonlik media-savodxonlik deb ataladi. 
Yuqorida aytib o‘tilgan xavflardan ogohlantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov shunday deganlar: «… agarda kimda­kim bizning mustaqil taraqqiyot yo‘limizni, orzu­maqsadlarimizga erishish yo‘lini, yangi jamiyat qurish yo‘lini to‘smoqchi bo‘lsa, avvalo, hali suyagi qotmagan, mustaqil dunyoqarashi shakllanib ulgurmagan yoshlarimizning qalbi va ongining mo‘rtligidan foydalanib, ularning ma’naviyatini buzib, bizning azaliy tabiatimizni muqaddas odatlarimizga mutlaqo zid bo‘lgan g‘oyalar bilan chalg‘itib, o‘zining g‘arazli va jirkanch niyatlarini amalga oshirish yo‘lida qurol qilib olishga urinadi».



Download 19.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling