Axborotlarni izlash va ajratib olish fanidan mustaqil ish Mavzu


Download 443.32 Kb.
bet2/11
Sana11.09.2023
Hajmi443.32 Kb.
#1675707
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazm (1)

Internetga resurslarni joylashtirish va ko ‘chirib olish. Fayllarni ko ‘chirib olish. Internet sahifalarida nafaqat matnli, balki video, audioformatdagi foto va grafika ko‘rinishidagi cheklanmagan m a’lumotlar mavjud.Foydalanuvchilar ularni tomosha qilibgina qolmay, hatto o‘zlariga ko‘chirib olishi ham mumkin. Buning uchun brauzerga maxsus rukn orqali buyruq berish kifoya. Ammo biz yuqorida keltirib o‘tgan aksariyat brauzerlarda bunday imkoniyat biroz cheklangan.Masalan, «Internet Explorer»dagi ko‘chirish qismi u qadar qulayliklarga ega emas, «Opera»da esa bu xizmat biroz mukammallashgan.Bu brauzer istalgan faylni ko‘chirib olishdan avval, foydalanuvchidan saytni ochib berish yoki ko‘chirish zarurligi haqida ma’lumot so‘raydi. Berilgan buyruq asosida u birinchi holda saytni yuklab, yangi oynada ochib beradi, ikkinchi holatda esa uni qayerga va qaysi formatda saqlash kerakligi borasida m a’lumot so‘raydi. Foydalanuvchi buyrug‘iga ko‘ra, faylning ko‘chirilish jarayoni boshlanadi. Alohida oynada esa foizlarda faylni ko‘chirilish darajasi, bunga sarflangan vaqt va ulanish tezligi kabi axborotlarni kuzatish mumkin. Axborotni serverga joylashtirish bir necha usulda amalga oshiriladi. Masalan, «Plesk» tizimi, FTP mijoz dasturlari yoki webinterfeys orqali resurslarni Internetga joylashtirish mumkin. Bunda barcha yuklanayotgan ma’lumotlar server kompyuter xotirasidagi ajratilgan joyga joylashtiriladi. Biror ma’lumotni Internetdagi kompyuterga joylashtirish uchun foydalanuvchi, albatta, shu tizimda qayd qilingan bo‘lishi shart, aks holda yuklashga ruxsat berilmaydi. Ma’lumotlarni yuklab olish web-interfeys yoki maxsus dasturlar orqali amalga oshiriladi. Bunda ko‘rilgan web-saytdagi ma’lumotlarni Internet brauzerning saqlash amali yordamida yuklab olish mumkin. Agar fayl ko‘rinishidagi ma’lumotlarni yuklab olish kerak bo‘lsa,u holda fayllarni yuklab olishga mo‘ljallangan maxsus dasturlardan foydalaniladi.
Internetda manzil tushunchasi va Internet resurslari manzili.
Sahifa, fayl yoki boshqa resursning Internetda joylashishini aniqlovchi noyob manzil — URL deb ataladi. Internetdagi manzil, odatda, quyidagi elem entlardan tarkib topadi: resursdan foydalanish protokoli (masalan, http://, ftp://) va domen nomi (masalan, domain.uz). Internetdagi manzil, shuningdek, URL manzil deb ham ataladi. Kompyuter domen manzilining namunaviy ko‘rinishi quyidagicha: http://www.tuit.uz, http://www.aci.uz. Odatda, hujjatlarda manzilni anglatuvchi ma’lumotlarning tagiga chiziladi. Namunadan ko‘rinib turibdiki, kompyuter manzili bir necha qismdan iborat. O‘ng tom ondan manzilning birinchi qismi (namunada uz) domenning birinchi sathi deb qabul qilinadi, keyingisi (namunada tuit) — domenning ikkinchi sathi va h.k. Internetda manzillar ko‘p qavatli domen tizimida qurilgan. Birinchi sath domenlar umumjahon reja yoki geografik joylar bo‘yicha nomlanadi. Saytlar nomlari quyidagicha umumiy ko‘rinishda ifodalanadi: http://www. sayt nomi. sayt sohasi. davlat kodi. Yangi saytni tashkil qilishdagi tashkiliy masalalardan bin bu domen nomini tanlash va uni ro‘yxatga olishdir. Ushbu jarayon O‘zbekistonda ham nomarkazlashgan tartibda tashkil etilgandir. Ya’ni Internetning UZ hududida taqsimlangan ro‘yxatga olish tizimi amal qiladi. Unga ko‘ra, uch darajali o‘zaro aloqalar modeli tashkil etilgan.UZ domenining administ.rat.ori UZ domenining asosiy ro‘yxati (reyestr)ni boshqaruvchi davlat tomonidan vakolatlangan tashkilot bo‘lib, u UZ domenining rivojlanish yo‘nalishlarini ham belgilaydi.Milliy axborot resurslarining rivojlanishi va jahon axborot hamjamiyatiga kirib borishni hisobga olgan holda Internet tarmog‘i milliy segmentni rivojlantirish dolzarb masala hisoblanadi. 2000-yil 27-martda Internet manzillari va nomlarini belgilash Korporatsiyasi (ICANN) tomonidan imzolangan ccTLDuz ga hom iylik qilish kelishuviga ko‘ra, O ‘zbekiston Aloqa va axborotlashtirish agentligining UZINFOCOM Kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish va joriy etish markazi O‘zbekistonning yuqori darajali UZ (ccTLDuz) domen zonasining ma’muri etib belgilangan.Milliy axborot resurslarini rivojlantirish bo‘yicha hukumat qarorlari va chora-tadbirlar rejasini amalga oshirish natijasida UZ milliy domen hududidagi domen nomlarining soni yildan yilga ortmoqda. Jumladan, 2015-yil 4-dekabr holatiga ko‘ra, UZ milliy domen hududidagi domen nomlarining soni 25060 tani tashkil etadi, yil boshiga nisbatan bo‘lgan o‘sish 124 % ga teng.Ro‘yxatga oluvchi UZ domenlarini ro‘yxatga oluvchi yuridik shaxs bo‘lib, UZ domenining ma’muriyati bilan o‘zaro shartnoma asosida domenlarni ro‘yxatga olish va domen nomi haqidagi zarur ma’lumotlarni asosiy ro‘yxat (reyestr)ga kiritilishini ta’minlovchi xizmatni amalga oshiradi. Domen nomining ma’muriyati (sayt egasi) — yuridik yoki jismoniy shaxs bo‘lib, domen uning nomiga ro‘yxatga olinadi. Demak, mazkur uchlikdagi har bir a’zo o‘z vazifasi va o‘z vakolatlariga egadir.

Download 443.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling