Axborotlarni stenografik himoyalash
Download 437.65 Kb.
|
Stenografiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Stenografiyaning
AXBOROTLARNI STENOGRAFIK HIMOYALASH Zamonaviy kompyuter stenografiyasi Ruxsat etilmagan kirishdan axborotni ishonchli himoyalash muammosi eng ilgaritdan mavjud va hozirgi vaqtgacha hal qilinmagan. Maxfiy xabarlarni yashirish usullari qadimdan ma’lum, inson faoliyatining bu sohasi stenografiya degan nom olgan. Bu so‘z grekcha Steganos (maxfiy, sir) va Graphy (yozuv) so‘zlaridan kelib chiqqan va «sirli yozuv» degan ma’noni bildiradi. Stenografiya usullari, ehtimol, yozuv paydo bo‘lishidan oldin paydo bo‘lgan (dastlab shartli belgi va belgilashlar qullanilgan) bo‘lishi mumkin. Masalan: Steganografiyaning birinchi qo'llanilishi miloddan avvalgi 440 yilga to'g'ri keladi, o'shanda qadimgi Yunonistonda odamlar yog'ochga xabarlar yozib, uni mum bilan qoplagan, bu esa qoplama vositasi sifatida xizmat qilgan. Rimliklar ko'rinmas siyohlarning turli shakllaridan foydalanganlar, bu yashirin xabarlarni ochish uchun yorug'lik yoki issiqlik ishlatilgan. Ikkinchi jahon urushi paytida nemislar mikronuqtalarni taqdim etdilar, ular to'liq hujjatlar, rasmlar va rejalar bo'lib, ular nuqta o'lchamiga kichraytirilgan va oddiy qog'ozga biriktirilgan. Axborotni himoyalash uchun kodlashtirish va kriptografiya usullari qo‘llaniladi. Kodlashtirish deb axborotni bir tizimdan boshqa tizimga ma’lum bir belgilar yordamida belgilangan tartib bo‘yicha o‘tkazish jarayoniga aytiladi. Kriptografiya deb maxfiy xabar mazmunini shifrlash, ya’ni malumotlarni maxsus algoritm bo‘yicha o‘zgartirib, shifrlangan matnni yaratish yo‘li bilan axborotga ruxsat etilmagan kirishga to’siq quyish usuliga aytiladi. Stenografiyaning kriptografiyadan boshqa o‘zgacha farqi ham bor. Ya’ni uning maqsadi — maxfiy xabarning mavjudligini yashirishdir. Bu ikkala usul birlashtirilishi mumkin va natijada axborotni ximoyalash samaradorligini oshirish uchun ishlatilishi imkoni paydo bo‘ladi (masalan, kriptografik kalitlarni uzatish uchun). Download 437.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling