Axborotlashgan jamiyat hayoti
Axborot qarama-qarshiliklari va urushlari
Download 74.5 Kb.
|
1 2
Bog'liqAXBOROTLASHGAN JAMIYAT HAYOTI
- Bu sahifa navigatsiya:
- A d a b i yo t l a r
Axborot qarama-qarshiliklari va urushlari. Insoniyat tarixida ko’p sonli davlatlararo, dinlararo, millatlararo qarama-qarshiliklar bo’lgan.Afsuski, zamonaviy jamiyat ham ushbu qusurdan holi emas. Axborotlashgan jamiyatlarda qarama-qarshiliklarning an’anaviy turlariga yangi axborot texnologiyalari vositasida vujudga kelgan turlari qo’shildi.”Axborot qarama-qarshiligi” tushunchasi 80-yilar o’rtalarida paydo bo’ldi. Ushbu termin ommaviy axborot vositalarida 1991 yilda Iroqqa qarshi AQSh va uning ittifoqdoshlari tomonidan otkazilgan “Sahrodagi bo’ron” operatsiyasidan keyin keng yoritila boshladi. Bu erda birinchi marta axborot texnologiyalaridan jang xarakatlari vositasi sifatida foydalanildi.”Axborot qarama-qarshiligi” termini ochiq yoki maxfiy ko’rinishdagi material sohada manfaat ko’rish maqsadida tomonlarning bir-biriga informatsion ta’sir o’tkazish ma’nosini anglatadi.Axborot qarama-qarshiligi asosida psixologik va dunyoqarash faktorlari yotadi; uning metodologiyasi axborot texnologiyalariga tayanadi. Bunday qarama-qarshilikda infomatsion ta’sir ob’ektlari sifatida axborot infrastrukturasi va dushman psixologiyasi xizmat qiladi.Informatsion qarama-qarshilik qarshi tomon davlat boshqaruvi tizimi, uning harbiy-siyosiy boshqaruvi , ommaviy axborot vositalari , jamoatchiligi, alohida shaxslariga nisbatan kompleks ta’sir o’tkazishni o’z ichiga oladi. Dezinformatsiya, axborotlarni yashirish, haddan ziyod ortiqcha ma’lumot tarqatish – bu axborot qarama-qarshiligi usullarining to’la bo’lmagan ro’yxatidir. Sistemali tarzda tashkil qilingan informatsion ta’sir qarshi tomonning informatsion ta’sir o’tkazayotgan tomon uchun foydali bo’ladigan qaror qabul qilishiga olib keladi.Bunga qarshi tomon axborot tizimlariga ta’sir ko’rsatish va shu bilan birga o’z axborot xavfsizligini mustahkamlash yo’li bilan erishiladi.Axborot qarama-qarshiligi og’ir ko’rinishi - axborot urushi hodisasidir.Axborot urushlarining asosiy ob’ektlari sifatida quyidagilarni keltirish mumkin:
Davlat organlari tomonidan foydalaniluvchi aloqa va axborot-hisoblash tarmoqlari; Askarlarni boshqarish masalalarini hal etuvchi informatsion infrastruktura; Banklar, transport, sanoat korxonalarini boshqaruvchi informatsion va boshqaruv strukturalri; Ommaviy axborot vositalari; Buzilishi raqibga zarar keltirishi mumkin bo’lgan ixtiyoriy boshqa axborot tizimlari. Oxirgi yillar tajribasi texnologik jihatdan rivojlangan mamlakatlarning harbiy kelishmovchiliklarda informatsion urushning barcha usullaridan foydalanayotganlarini ko’rsatmoqda. Axborot texnologiyalarbning hayotning barcha sohalariga ommaviy tadbiq etilishi XX asr oxiri – XXI asr boshlarida insoniyatning yangi jamiyat formatsiyasi bo’lmish “Axborotlashgan jamiyat” ning boshlang’ich bosqichiga qadan qo’yishiga olib keldi.Rivojlangan axborotlashgan jamiyat yangi texnologiyalar, axborot resurslari va ularni qayta ishlash vositalariga ega bo’lib, o’zidan oldin mavjud bo’lgan jamiyatdan iqtisodiyoti, ijtimoiy sohasi, madaniyati, ta’lim tizimi, maishiy va boshqaruv sohalari jihatidan katta farq qiladi. Insoniyat oldidagi muhim vazifa ushbu farqlarning odamlar uchun foydali bo’lishiga erishishdan iborat. A d a b i yo t l a r 1 . Симонович С. и др. Специальная информатика. Учебное пособие. М. “АСТ-ПРЕСС”, 1998г. 2. Сеннов А. Access 2003. Практическая разработка баз данных. Учебнqй курс. М. “ПИТЕР”, 2005г. 3. www.ziyonet.uz 4. www.nur.uz Download 74.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling