Axborotlashgan jamiyat va media maydon tushunchasi
Download 115.34 Kb.
|
5-Mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mediamakonda axborotni taqdim etish
- Denotatsiya va konnotatsiyalar
O‘qitish natijalari
Ushbu modulni o‘rganish natijasida quyidagi bilimlarga ega bo‘lish mumkin: – medialarda axborotni taqdim etish usullari; – yangilikni tanlash va uning «anatomiyasi» mezonlari; – reklamada tasvirning o‘rni va ahamiyati; – kino, televidenie va musiqiy videolarda bayonning tahlil usullari; – Internetdan olingan axborot ishonchliligini baholash usullari; – muvaffaqiyatli intervyu olish va maqola yozish metodikasi. Mediamakonda axborotni taqdim etish Medialar axborotni turli uslubda taqdim etishi mumkin. Bizni o‘rab turgan madaniy muhit timsol va tasvirlarga juda boy: har kuni medialar tomonidan veb-saytlar, kino, yangiliklar va kitoblar orqali taqdim etiladigan axborot bilan to‘qnash kelamiz. Aksariyat hollarda bizning tanlovimiz beixtiyor bo‘ladi. Reportyor, muallif, tele- va videotasvirchilar, noshir va kinoprodyusserlar aniq hodisa yoki aniq bir masalaga bag‘ishlangan axborotni taqdim etish uchun tasvir, ovoz va matndan foydalanadi. O‘z taxminlarini tayyorlash va ilgari surish asnosida ular vaqt, makon, resurs va h.k.ning yetishmovchiligi bilan bog‘liq muammolarga duch keladi. Shunday qilib, ular taqdim etishga harakat qilayotgan xabarning mazmuniga qarab, aksariyat hollarda asosiy qahramonlarning irqi, jinsi, yoshi yoki ijtimoiy kelib chiqishi bilan bog‘liq bo‘lgan detallarni nazarda tutgan holda voqelarni “tasavvur etish” zarur bo‘ladi. Jamoatchilik e’tiboriga havola etiladigan kontent, shubhasiz, medialarda faoliyat yuritayotgan insonlar tomonidan tanlanadi. Ularning tanlovi esa sub’ektivlikdan holi emas. Bu, o‘z navbatida, yorliqlar “yopishtirilishi”ga, ma’lum bir tasavvurlarning jurnalist yoki muallifning o‘zi xoxlamasa-da, asoslashga olib keladi. Bundan tashqari, ba’zida o‘quvchi yoki tomoshabin tasvir yoki matndan unga muallif singdirmagan mazmunni ham chiqarib olishi mumkin. Denotatsiya va konnotatsiyalar Garchi hammamiz umumiy denotatsiyalarga (ma’lum bir hodisaning mazmuniga mos tasavvurlarga) ega bo‘lsak-da, reprezentatsiyalar (ya’ni, taqdim etilgan xabarlar) aniq belgilangan chegaralarga ega bo‘lmaydi. Denotatsiyalar tasvirdagi insonlarni, atrof-muhitni taniganimizda yoki bizda ma’lum bir hodisa bilan bog‘liq tasavvurlar paydo bo‘lganda yuzadagi mazmunni vizual anglash jarayonida hosil bo‘ladi. Konnotatsiyalar esa aksincha, matnni o‘qish mobaynida yoki tasvirni tomosha qilayotgan shaxsning madaniy va individual o‘ziga xosligi bilan bog‘liq bo‘ladi. Umuman olganda, ular resipientning u yoki bu mediamatn tomonidan yuzaga keltirilgan tasavvurlaridir. Masalan, “kuz” so‘zi xotirjamlik, sokinlik, hayotiy kuchga to‘liqlik, tabiatning sehrli holati, ertakona yangi yil oldi kayfiyati va boshqa hislarni uyg‘otishi mumkin. Shu bilan birga ushbu so‘z yaqinlashib kelayotgan kasallik, ma’yuslik, siqilish, namgarchilik bilan bog‘liq tuyg‘u va hislarni ham uyg‘otadi. Bu hol so‘zning konnotatsiyasi bilan bog‘liq. Ba’zida konnotatsiyalar denotatsiyaga nisbatan ko‘proq kuchga ega bo‘ladi. Amalda esa konnotatsiya va denotatsiya bir biridan ajramaydi. Demak, tasvirlarning konnotatsiyasini anglab yetishni o‘rganishimiz mumkin. Vizual savodxonlik nafaqat denotatsiya mazmunini ko‘rish, balki konnotatsiyalarning yuzaga kelishi mexanizmlarini ham tushunish imkonini beradigan ko‘nikma hisoblanadi. Konnotatsiyalar aksariyat hollarda, masalan, reklamada qo‘llaniladigani kabi ma’lum bir kompozitsiya yoki ranglar vositasida yashashga da’vat etishi ham mumkin. Shu bois bo‘lg‘usi jurnalistga axborotni vizual qabul qilish asoslari borasida bilim va tasavvurlarni berish ham juda muhim. Bu esa yosh mutaxassislarga axborotning tasavvuriy-kodli qatorini anglash imkonini beradi. Jumladan, ushbu omil dizayner va sahifalovchilarning gazeta, jurnal, veb-nashr va boshqa OAVning ranglar siyosatini belgilab olishida juda qo‘l keladi. Download 115.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling