Ikkinchi ilmiy yondashuv «axborotlashgan portlash» nazariyasiga asoslanadi.
Bu nazariyaga muvofiq, jamiyat qabul qila oladigan axborotning miqdoran oshishi iqtisodiyot taraqqiyotining sifat ko‘rsatkichlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi va bu o‘z-o‘zidan axborotlashgan jamiyatni shakllantiradi.
Bunday konsepsiya yapon olimlari T. Umesao, YU. Xayoshi va YU. Ito-arning ilmiy-tadqiqot ishlarida yoritilgan.
Uchinchi yondashuvga ko‘ra axborotlashgan jamiyatning asosiy xususiyatlaridan biri — bu AKT’ning barcha sohalarda keng tarqalishidir. Bunday nazariya yevropalik iqtisodchilar E. S. Daff, S. Nor va A. Minkalarga tegishlidir.
O‘zbek olimlaridan professor A. M. Qodirov axborotlashgan jamiyat yaralishi zaminida quyidagi jarayonlar yotadi deb hisoblaydi :
texnika va texnologiyalarning tez almashinuvi;
AKTning keng qo‘llanilishi natijasida mehnat unumdorligining oshishi;
mintaqaviy mehnat taqsimotida tarkibiy o‘zgarishlarning amalga oshirilishi;
nazariy bilim va ta’lim rolining oshishi;
transport va telekommunikatsiya infratuzilmalarining takomillashishi;
Internet bilan bog‘liq biznesni tashkillashtirish yangi shakllarining paydo bo‘lishi (virtual firmalar, internet-kommersiya, internet banking va boshqalar);
autsorsingning keng tarqalishi.
Axborotlashgan jamiyat shakllanishining asosiy mezonlarini
AKT, axborotlashgan mahsulot va xizmatlarning YaIM’dagi ulushining ortishi.
2. Barcha tarmoq va sohalarda AKTning keng qo‘llanilishi.
3. Jamiyat hayotida axborot, bilim va AKT ahamiyatining oshishi.
4. Telefon, radio, TV, Internet, an’anaviy va elektron OAVdan keng foydalanish orqali jamiyatning «axborotlashishi».
5. Insonlarning axborot mahsulotlari va xizmatlariga bo‘lgan talabini qondirish maqsadida ularning jahon axborot-resurslariga kirishishini ta’minlovchi global axborot makonining yaratilishi.
6. Axborotlashgan mahsulot va xizmatlarni ishlab chiqishda bandlar sonining ortishi va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |