Mexanika (MD) fani bo’yicha asosiy tushinchalar va ta’riflar


Download 401.88 Kb.
bet1/43
Sana27.01.2023
Hajmi401.88 Kb.
#1132792
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43
Bog'liq
Mexanika


Mexanika (MD) fani bo’yicha asosiy tushinchalar va ta’riflar
Кurs haqida umumiy ma’lumotlar bilan tanishish. Mashina detallari fanining tarixi, vazifasi va mashina detallariga qo’yi­ladigan asosiy talablarni o’rganish. Mashina dеtallarining ishchanlik qobiliyati va hisoblash mezonlarini o’rganish hamda detallarga ta’sir etadigan yuklanish, ularda hosil bo’ladigan kuchlanishlar bilan tanishish.
Mashina - bir qancha detallardan tuzilgan bo’lib, ma’lum ish bajarish, quvvatni bir turdan boshqa turga aylantirish, foydali qarshilikni engish, dasturlangan nazorat yoki akliy faoliyat uchun mo’ljallangan mexanizmdir.
Har bir mashina uch guruh mexanizmdan tuzilgan: harakatlantiruvchi, uzatuvchi va ijro
Detal - mashinaning bir xil materialdan tayyorlangan va ayrim bo’laklarga ajralmaydigan qismidir (val, gayka, shponka va boshqalar).
Mexanizm - ko’zda tutilgan harakatni uzatish uchun sun’iy yo’l bilan biriktirilgan oddiy zvenolarning tizimidir (kulisali, kulachokli, friksion, krivoshipli, richagli va boshqalar).
Uzel - mashinaning ma’lum bir vazifani bajarish uchun mo’ljallangan va bir nechta detaldan tuzilgan qismidir (reduktor, mufta, podshipnik va boshqalar).
Detallarning konstruktsiyasiga nisbatan qo’yiladigan asosiy talabalar

  • yuqori unumdorlik;

  • ishonchlilik va umrboqiylik;

  • boshqarishning va xizmat ko’rsatishning oddiyligi;

  • mashinani loyihalashga va uni tayyorlashga sarflangan mablag’ning tezda o’zini qoplashi;

  • o’lchamlarining kichikliga;

yaxshi tashqi ko’rinishga ega bo’lishi
Mashina detallariga esa ularning ish sharoitidan kelib chiqib quyidagi asosiy talablar qo’yilishi mumkin:

  • lozim bo’lgan mustah­kamlik, bikrlik, ustuvorlik, issiqbardoshlik, titrashga va yeyilishga chidamlilik, zanglashga moyil emaslik, ishchan­lik qobiliyatining mezonlariga javob berishi;

  • arzon va serob materialdan tayyorlanishi mumkinligi;

  • rasmi oddiy, ishlanishi qulay bo’lgan konstruksiyaga ega bo’lishi;

  • yuqori ishonchlilikka ega bo’lishi.


Download 401.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling