Axborotli-kompyuter tarmoqlari
ALOQA KANALLARIGA MUROJAAT QILISH USULLARI
Download 127.5 Kb.
|
1404120026 50648
- Bu sahifa navigatsiya:
- Markazlashtirilgan murojaat qilish
- Determinirlangan murojaat qilish
- Markazlashtirilgan murojaat qilishda
ALOQA KANALLARIGA MUROJAAT QILISH USULLARI
Ma’lumotlarni uzatish uchun monokanaldan (monochannel — bir vaqtning o’zida bir nechta abonentlar ishlatadigan aloqa kanal i, masalan, shinali va ilmoqdi topologiyali tarmoqlarda) foydalanadigan lokal hisoblash tarmoqlari uchun mijozlarning bu kanalga murojaat qilish masalasi juda dolzarb hisoblanadi. Murojaat qilishning samarali bo’lishi uchun maxsus mexanizm — murojaat qilish usullari lozim. Monokanalga samarali murojaat qilishni tashkil еtish uchun chastotali yoki vaqt bo’yicha modulyaciya bosh tamoyillari ishlatiladi. Oddiy tarmoqlarda vaqt bo’yicha modulyaciyalash, ya’ni monokanal bo’yicha uzatilayotgan axborotlarni vaqt bo’yicha ajratish tamoyili еng ko’p qo’llaniladi. Vakt bo’yicha ajratishga asoslangan murojaat qilish usullarining bir necha guruhlari mavjuddir: • markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan; • determinirlangan va tasodifiy. Markazlashtirilgan murojaat qilish tarmoqni boshqarish markazidan, masalan, serverdan boshqariladi. Markazlashtirilmagan murojaat qilish tarmoqning barcha ishchi stanciyalari tomonidan bajarishga qabul qilingan bayonnomalar asosida, markaz tomonidan biror-bir boshqaruvchi ta’sirlarsiz ishlaydi. Determinirlangan murojaat qilish monokanalning еng to’liq ishlatilishini ta’minlaydi va har bir ishchi stanciyaga aniq bir vaqt ichida monokanalga murojaat qilishga kafolat beradigan bayonnomalar bilan tasvirlab chiqiladi. Tasodifiy murojaat qilishda stanciyalarning monokanalga murojaat qilishi istalgan vaqtda bajarilishi mumkin, lekin har bir shunday murojaat qilishda ma’lumotlarni samarali uzatishni amalga oshirish imkoniyatiga kafolat yo’qdir. Markazlashtirilgan murojaat qilishda har bir mijoz monokanalga quyidagi tartibda murojaat qilish huquqiga еga bo’lishi mumkin: • oldindan tuzilgan jadval bo’yicha — kanal vaqtini statik bo’lib chiqish; • еlektron kommutator bilan beriladigan aniqlangan vaqt oraliqlari (masalan, har 15 sekundda) orqali qatiy pakt bo’yincha kommutaciyalash — kanal vaqtini dinamik determinirlashgan bo’lib chiqish; • tarmoq markazidan ishchi stanciyalarining, murojaat qilishning kerakligini aniqlash borasidagi so’rovini bajarish jarayonidagi amalga oshiriladigan moslashuvchan vaqt bo’yicha kommutaciyasi bo’yincha — kanal vaqtini dinamik soxta tasodifiy bo’lib chiqish; • maxsus paket — marker ko’rinishidagi vakolatni olganda. Birinchi ikki usul kanalning samarali yuklanishini ta’ninlamaydi, negaki murojaat qilish mumkin bo’lganda ba’zi bir mijozlar qiymatlarni uzatishga tayyor bo’lmasliklari mumkin va kanal ular uchun ajratilgan vaqt oraliqda bo’sh turib qoladi. Download 127.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling