Axborotni himoyalashning kriptografik usullari
Download 31.24 Kb.
|
1-ma'ruza..
1-mavzu. “Axborotni himoyalashning kriptografik usullari” faniga kirish Reja:
Kriptografiya tarixi va asosiy tushunchalari. Konfedensiallik. Butunlik. Klassik simmetrik shifrlash tizimlari. Sezar shifri, oddiy o‘rniga qo‘yish va Vijener shifrlari. Kriptografiya (yunoncha κρυπτός (kryptós) - "mahfiy," γράφω (gráfo) - "yozish" soʻzlaridan tashkil topgan) ochiq maʼlumotlarni shifrlashni usullarini oʻrganadi. Dastlabki tizimlashgan kriptografik uslublar eramiz boshida, Yuliy Sezarning ish yuritish yozishmalarida uchraydi. U, biror ma’lumotni maxfiy holda biror kishiga etkazmoqchi bo‘lsa, alifboning birinchi harfini to‘rtinchi harfi bilan, ikkinchi harfini beshinchisi bilan va hokazo tartibda almashtirib matnni asl holatidan shifrlangan matn holatiga o‘tkazgan. Axborotni muxofaza qilish masalalari bilan kriptologiya (kryptos- maxfiy, logos-ilm) fani shug‘ullanadi. Kriptologiya maqsadlari o‘zaro qarama-qarshi bo‘lgan ikkita yo‘nalishiga ega – kriptografiya va kriptotahlil. Kriptografiyaning ochiq ma’lumotlarni shifrlash masalalarining matematik uslublari bilan shug‘ullanishi to‘g‘risida yuqorida aytib o‘tildi. Kriptotahlil esa shifrlash uslubi (kaliti yoki algoritmi)ni bilmagan holda shifrlangan ma’lumotni asl holatini (mos keluvchi ochiq ma’lumotni) topish masalalarini echish bilan shug‘ullanadi. Hozirgi zamon kriptografiyasi quyidagi to‘rtta bo‘limni o‘z ichiga oladi: Simmetrik kriptotizimlar. Ochiq uslubga yoki yana boshqacha aytganda ochiq kalitlar algoritmiga asoslangan kriptotizimlar. Elektron raqamli imzo kriptografik tizimlari. Kriptotizimlar uchun kriptobardoshli kalitlarni ishlab chiqish va ulardan foydalanishni boshqarish. Kriptografik uslublardan foydalanishning asosiy yo‘nalishlari: maxfiy ma’lumotlarni ochiq aloqa kanali bo‘yicha muhofazalangan holda uzatish, ularning haqiqiyligini ta’minlash, axborotlarni (elektron hujjatlarni, elektron ma’lumotlar jamg‘armasini) kompyuterlar tizimi xotirasida shifrlangan holda saqlash va shu kabi masalalarning echimlarini o‘z ichiga oladi. Ta’kidlash joizki, kriptografiya uzoq vaqt davomida davlat organlari aloqa tarmoqlarida almashinadigan ma’lumotlar muhofazasining ta’minlanishida qo‘llanib kelindi. Kompyuter tarmoqlari va elektron hujjat almashinuvi texnologiyalarining rivojlanishi, moliya, bank ishlari, savdo-sotiq kabi sohalarda qo‘llanilishi axborot muhofazasining kriptografik usullarini umumjamiyat faoliyatining turli sohalariga keng kirib borishiga sabab bo‘ldi. Haqiqatan ham, aloqa tarmoqlarida axborotni muhofaza qilinishini kriptografik usulda ta’minlash umumjamiyat taraqiyotining rivojlanish bosqichlari bilan bog‘liq bo‘lgan uzoq tarixiy manbalariga ega bo‘lib, uning umuminsoniyat jamiyatiga xizmat qilmasligi (ya’ni kriptografik usullarni keng omma tomonidan foydalanilishining cheklanishi) taajjublanarli holat bo‘lar edi. Download 31.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling