Axborotni himoyalashning kriptografik usullari
Download 31.24 Kb.
|
1-ma'ruza..
Asosiy tushunchalar
Axborot muhofazasining kriptografik uslublari ochiq ma’lumotlarni o‘zgartirib, faqat kalit ma’lum bo‘lgandagina uni asl holatiga qaytarish imkoniyatini beradi. Shifrlash va deshifrlash masalalariga tegishli bo‘lgan, ma’lum bir alifboda tuzilgan ma’lumotlar matnlarni tashkil etadi.
- o‘ttiz oltita belgidan (harfdan) iborat o‘zbek tili alifbosi; - o‘ttiz ikkita belgidan (harfdan) iborat rus tili alifbosii; - yigirma sakkizta belgidan (harfdan) iborat lotin alifbosi; - ikki yuz ellik oltita belgidan iborat ASSII va KOI–8 standart kompyuter kodlarining alifbosi; - binar alifbo, ya’ni 0 va 1 belgilardan iborat alifbo; - sakkizlik va o‘n oltilik sanoq tizimlari belgilaridan iborat alifbolarni keltirish mumkin.
Kriptotizimlar ikki qismga bo‘linadi: simmetrik va asimmetrik - ochiq kalitli. Simmetrik kriptotizimlarda shifrlash uchun ham va deshifrlash uchun ham bir xil kalitdan foydalaniladi. Ochiq kalitli kriptotizimlarda ikkita kalitdan foydalaniladi -– o‘zaro matematik jihatdan bog‘liq bo‘lgan ochiq va yopiq kalitlardan. Bunda ma’lumotlar ma’lumot yuborilayotgan shaxsning hammaga ma’lum bo‘lgan ochiq kaliti bilan shifrlanadi va faqat ma’lumot yuborilayotgan shaxsning o‘zigagina ma’lum bo‘lgan yopiq kalit bilan deshifrlanadi. Kalitlarni taqsimlash va boshqarish – kriptobardoshli kalitlarni ishlab chiqish (yoki yaratish), ularni saqlash, hamda kalitlarni foydalanuvchilar orasida muhofazalangan holda taqsimlash jarayonlarini o‘z ichiga oladi. Elektron raqamli imzo - elektron matnga ilova qilinadigan kriptografik almashtirishdan iborat bo‘lib, shu matn jo‘natilgan shaxsga qabul qilingan elektron matnning va matnni raqamli imzolovchining haqiqiy yoki nohaqiqiyligini aniqlash imkonini beradi. Kriptobardoshlilik - shifrlash kaliti noma’lum bo‘lgan holda shifrlangan ma’lumotni deshifrlashning qiyinlik darajasini belgilaydi. Kriptobardoshlilikni belgilovchi bir nechta ko‘rsatkichlar mavjud, bulardan: - deshifrlash uchun qidirilayotgan kalitlarning mumkin bo‘lgan barcha imkoniyatlari soni; - deshifrlash uchun zarur bo‘lgan o‘rtacha vaqt. Axborotni muhofaza qilish maqsadida shifrlash sifati kalitning maxfiy saqlanishi va shifrlashning kriptobardoshlilik darajasiga bog‘liq. Bugungi kunda axborot xavfsizligini ta'minlaydigan uchta asosiy tamoyil mavjud: axborotning konfedensialligi. Axborot va uning tashuvchisining holatini belgilaydi va unda axborot bilan ruxsatsiz tanishishning yoki uni ruxsatsiz hujjatlashtirishning (nusxa ko'chirishning) oldini olish ta'minlangan bo'ladi; ma'lumotlar butunligi - axborotni yo'qotilishiga olib keluvchi buzilishlardan, shuningdek ma'lumotlarni mualliflik huquqi bo'lmagan holda hosil qilish yoki yo'q qilishdan himoya qilish; foydalanish huquqlariga (mualliflikka) ega barcha foydalanuvchilar axborotdan foydalana olishliklari. Download 31.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling