Axloq falsafasi (etika)


Download 448.18 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/40
Sana31.01.2024
Hajmi448.18 Kb.
#1828455
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   40
Bog'liq
Falsafa 6 mavzu

Ziyolilik. Ziyolilik tamoyili hozir biz anglaydigan tushuncha ma’nosida nisbatan uzoq 
tarixga ega emas. U jadidchilik harakati bilan birga yuzaga keldi desak, xato qilmagan bo‘lamiz. 
Lekin bu tamoyilning inson faoliyatidagi dastlabki unsurlari O‘rta asrlar va undan keyingi 
davrlardagi ma’rifatparvarlar hayotida shakllanganini e’tirof etmoq lozim. Ya’ni, u insoniyat 
jamiyatidagi madaniy va intellektual – aqliy taraqqiyot bilan bog‘liq. Shu bois uni inson paydo 
bo‘lganidan ancha keyin vujudga kelgan axloqiy hodisa deb talqin etish maqsadga muvofiq. XX 
asr allomalaridan biri, buyuk olmon faylasufi, «Frankfurt maktabi»ning namoyandasi Teodor 
Adorno Ikkinchi jahon urushidagi genotsiddan so‘ng, ziyolilik – axloqiy kategoriya, degan fikrga 
kelganida mutlaqo haq edi. 
Shuni alohida ta’kidlash joizki, ziyolilik axloqiy tushuncha – tamoyil sifatida murakkab va 
ko‘pyoqlamalik tabiatiga ega. Ba’zilar ziyolilik deganda oliy ma’lumotli kishiga xos bo‘lgan 
fazilatni tushunadilar. Vaholanki, ziyolilik tamoyili tabaqa yoki guruhga mansublik ma’nolarini 
anglatmaydi. Oddiy fermer – dehqon ham, haydovchi ham, farrosh ham ziyolilik tamoyili bilan 
ish ko‘rishi va atrofdagilar tomonidan: «Ha, falonchimi, juda ajoyib, ziyoli odam–da», degan 
yuksak ijtimoiy bahoga loyiq bo‘lishlari mumkin. Bunda u odamning kasbidan qat’i nazar, ham 
bilim, ham fahm–farosat, ham oliy maqsadlar egasi ekani tushuniladi. Shunday qilib, ziyolilik 
asosida insonning ma’naviy–ma’rifiy yuksakligi, qalbidagi ichki nur, atrofni ham nurlantira 
oladigan ziyosi bilan belgilanadigan xatti–harakatlar yotadi. 
Ziyolilik tamoyiliga hukmron–ma’muriy doiralar va xalq tomonidan o‘ziga xos 
munosabatlar mavjud. Chunonchi, birinchi toifadagilar ko‘p hollarda ziyolilikka umumiy tarzda 
ijobiy munosabatda bo‘ladilar, lekin masala muayyan ziyoli shaxslarga borib taqalganda
manfaatlar to‘qnashuvi ro‘y beradi: ziyolilar hukmronlar toifasini ziyolilik tamoyili asosida 
yashashi va ish yuritishini talab qiladi, bu esa ularga, tabiiyki, yoqmaydi, buni hokimiyat ishlariga 
aralashish deb ijirg‘anadilar, turli bahonalar topib, zimdan ziyolilarga qarshi kurashadilar. Bunga 
Lev Tolstoydek buyuk, pokiza insonning cherkov tomonidan la’natlanishi yoki norasmiy 
Turkiston Ligasining rahbari, istiqlol fidoyisi, mard sarkarda, haqiqiy ziyoli, chor armiyasi 
general–mayori Jo‘rabek Qalandarqori o‘g‘liga suiqasd uyushtirilishi – Qorasuvdagi o‘z yozgi 
bog‘ida sirli ravishda o‘ldirilishi hodisalari yaqqol misol bo‘la oladi. Mustamlakachilikka va 
totalitar tuzumlarga asoslangan mamlakatlarda ziyolilik tamoyiliga sodiq kishilar to‘g‘ridan–
to‘g‘ri, ochiq qatag‘on qilinadilar. Bunga misol qilib, Fitrat, Qodiriy, Cho‘lpon kabi jadidlarni va 
Stalin–Gitler konslagerlarida halok bo‘lgan minglab ziyolilarni keltirish mumkin. 
Ziyolilik tamoyiliga oddiy fuqarolarning munosabatida esa ikki xil yondashuv ko‘zga 
tashlanadi. Ularning faol va ilg‘or qismi, millatning o‘zagini tashkil etadigan ko‘pchilik odamlar 


ziyolilarga havas bilan qaraydilar, ziyolilarning xatti–harakatlarini nafaqat ma’qullaydilar, balki 
o‘z farzandlari va yaqinlariga namuna qilib ko‘rsatadilar. Ammo oddiy aholilik majburiyatidan 
boshqa narsani bilmaydigan, tarixdan «omma» deb atalib kelinadigan ijtimoiy qatlam kishilari, 
ularning ma’lumotlari oliu yoki o‘rtaligidan qat’i nazar, ziyolilarga istehzo bilan, «hokimiyat bilan 
o‘ynashgan esi pastlar» deb qaraydilar. Ana shu xudbin va mahdud «omma» qaysi erda kamayib 
borsa, o‘sha jamiyatda taraqqiyot yuksak darajaga ko‘tariladi. Zero, ziyolilik keng ma’nodagi 
fidoyilikdir. Shu bois mustaqilligimizning ilk kunlaridanoq bizda ziyolilik tamoyilini har bir 
fuqaroga singdirish uchun muntazam kurash olib borilmoqda. Uni singdirish esa ma’naviyatni 
yuksaltirish orqali ro‘yobga chiqadi.

Download 448.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling