Axloq falsafasi (etika)


Download 448.18 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/40
Sana31.01.2024
Hajmi448.18 Kb.
#1828455
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40
Bog'liq
Falsafa 6 mavzu

Фромм Э. Человек для себя. Минск, «Харвест», 2004. С. 18. 


manfiylik o‘rtalig‘ida yuzaga keladigan musbat hodisadir. Chunonchi, adolat – zulm bilan 
mazlumlikning, saxiylik – isrofgarchilik bilan baxillikning, iffat – qizg‘anchiqlik bilan rujuning 
o‘rtalig‘i sifatida voqe bo‘ladi. 
Yaxshilik va yomonlik. Ezgulik va yovuzlik haqida gap borganida, yaxshilik va yomonlik 
nima, bu ikki juftlik mazmunan bir emasmi, degan savol tug‘iladi. Bu tabiiy. Chunki hozirgacha 
bizga ma’lum o‘zbek tilidagi barcha axloqshunoslikka doir adabiyotlarda ezgulik va yovuzlik 
mezoniy tushunchalar sirasiga kiritilmagan, u bor–yo‘g‘i yaxshilik va yomonlikning sinonimi 
tarzida taqdim etib kelingan. To‘g‘ri, yaxshilik tushunchasining ko‘pgina unsurlari ezgulikdan, 
ezgulikning ba’zi unsurlari yaxshilikdan joy olishini inkor qilish mumkin emas. Ularning ziddida 
ham shunday «singishib ketish» mavjud. Lekin bunday dalillar aslo mazkur ikki juftlikni 
aynanlashtirishga asos bo‘la olmaydi. 
Adolat. Axloqshunoslikning yana bir asosiy tushunchasi – adolat. Uning ezgulik va yovuzlik 
hamda yaxshilik va yomonlikdan asosiy farqi shundaki, adolatning o‘zi biror–bir qadriyatni 
anglatmaydi, lekin qadriyatlar orasidagi nisbatni belgilaydi, ularni baholash maqomiga ega. Shu 
bois unda jamiyatni tartibga soluvchilik xususiyati bor; unda ham axloqiy, ham huquqiy talablar 
mujassamlashgan. Uni ma’lum ma’noda axloq sohasidagi miqdor o‘lchovchi ham deyish mumkin: 
u talab bilan taqdirlashni o‘lchab turadigan tarozidir. Adolat bor joyda ijtimoiy jabrga, beboshlikka 
yo‘l yo‘q. 
Shafqat. SHafqat istilohi xozirgacha axloqshunoslikka doir asosiy o‘quv adabiyotlarda va 
ilmiy tadqiqotlarda asosiy mezoniy tushuncha sifatida taqdim etilmaydi. Vaholanki shafqatning 
ildizi inson shaxsiga bo‘lgan muhabbatga borib taqaladi, u ham muhabbat kabi qamrovli hissiyot. 
Agar muhabbat mehrga asoslansa, shafqat muruvvat bilan bog‘liq. Lekin u ayni paytda 
muruvvatdan jiddiy farq qiladi. Muruvvat bir insonning ko‘p xollarda o‘ziga aloqasi yo‘q boshqa 
bir insonga achinish hissi orqali yordamga qo‘l cho‘zishi bo‘lsa, shafqat kishining o‘ziga aloqador 
odamga, aybdor, gunohkor, ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy jazolanishga loyiq kimsaga 
kechirimlilik orqali insonparvarlik ko‘rsatishdir. 
Shafqat hissi shafqatga muhtoj kishi o‘rniga xayolan o‘zini qo‘yib fikr yuritish orqali 
vujudga keladigan, o‘zga bir inson iztiroblarini engillatishga qaratilgan axloqiy hodisa. Masalan: 
ro‘zg‘orinni zo‘rg‘a tebrayotgan qo‘shningizning kasbiy xizmat yuzasidan ham, biror bir 
jamiyatga a’zoligi jihatidan ham, biznesdagi hamkorlik masalasida ham sizga aloqasi yo‘q, 
shuningdek, u sizga do‘st yoki dushman sifatida ham aloqador emas. Siz unga ehson qilib, og‘ir 
sharoitdan chiqib olishiga iqtisodiy yordam berdingiz, bu – muruvvat. Boshqa bir holatda, deylik 
jang maydonida sizga butunlay begona, buning ustiga safdoshingizga o‘ldirgan dushman askarini 
mag‘lub qildingiz. Endi oldingizda ikki yo‘l bor: xohlasangiz, uni o‘ldirishingiz, o‘ch olib 
g‘azabingizni bosishingiz, xohlasangiz, g‘azabingizni bosib, u dushman, lekin men kabi odam, uni 
ham menga o‘xshab bu maydonga jang qilish uchun yuborganlar, uni o‘ldirganim bilan biror ulkan 
o‘zgarish ro‘y bermaydi, deb asir olgansiz, hayotini saqlab qolgansiz, bu – shafqat. G‘azab 
insondagi hayvoniy xislat bo‘lsa, shafqat insoniylik belgilaridan biridir. 
Ba’zan burch tufayli odamlar o‘z sevgisidan, jon–dilidan sevgan kishisidan, hatto aka–ukasi, 
opa–singlisi yoki farzandidan kechishga ham majbur bo‘ladilar. Xullas, burch axloqshunoslik 
mezoniy tushunchalari ichidagi eng «qattiqqo‘l», eng «shafqatsizi». 

Download 448.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling