Axloq falsafasi (etika)


Download 448.18 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/40
Sana31.01.2024
Hajmi448.18 Kb.
#1828455
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40
Bog'liq
Falsafa 6 mavzu

Qadr–qimmat. Qadr–qimmat tushunchasi inson o‘z qadrini, bu dunyoda uning hayoti oliy 
qadriyat ekanligini, o‘z shaxsi oldida o‘zi ma’sul ekanligini anglashi uchun xizmat qiladigan 
hissiyot. U nomus, g‘urur tushunchalari bilan bog‘liq, bir tomondan insonning o‘z qadrini har 
qanday holatda ham erga urmasligini taqozo etadi. Masalan, iste’dodli, vijdonli, ziyoli odam biror 
bir shaxsiy ishini hal qilishi uchun nokas boyvachchaga yoki to‘pos rahbarga yalinsa, garchand 
o‘z maqsadiga etsa ham, bu o‘zi tomonidan o‘z qadrini erga urishdir. Pirovard natijada o‘zini 
kamsitilgan his qiladi, bundan afsus bilan yashaydi. 
Ideal. Bir qaraganda, idealda ham baholash xususiyati mavjuddek tuyuladi. Lekin aslida u 
qiyoslashga asoslanadi. Antiqa tomoni shundaki, idealda nomavjud, xayoldagi insonga 
voqelikdagi real, mavjud inson, hayotdagi hodisalar qiyoslanadi, ya’ni bor narsa yo‘q narsa bilan 
o‘lchanadi. Zero, ideal hayotda mavjud bo‘lishi mumkin emas – bu hammaga ayon gap. Buning 
ustiga, ideal, yirik ma’noda, hozirgi zamonda ham, kelajakda ham bo‘lmaydi, uning mavjudlik 
sharti – o‘tgan zamon. Shunday qilib, idealga intilish shaxsning o‘z zamonasidagi odatiy sharoitga 
sig‘maslik, uni tezroq kengaytirish uchun qilingan xatti–harakatidir. Bu xatti–harakat uchun 
namunani inson, hozirgina aytganimizdek, kelajakdan topolmaydi, chunki namuna tarixiylikni, 
tajribaviylikni talab etadi; axloqiy idealga aylangan shaxs tarixiy tajribadagina mavjud bo‘ladi va 
muayyan zamonga kelib, u ma’lum ma’noda mubolag‘aviy hamda afsonaviy ta’rif–tavsif bilan 
boyitiladi, ya’ni ideallashtiriladi. Bunga ideal odil podsho No‘shiravon odil yoki ideal sahovat 
egasi, jo‘mard inson Hotam Taiy Yamaniy siymolari yorqin misol bo‘la oladi. 
Hayotning ma’nosi. Mashhur alloma Majididdin Xavofiy, yashash uchun ovqatlanurlar, 
ovqatlanish uchun yashamaslar, degan hikmatni ko‘p takrorlar ekan. Xo‘sh, aslida inson nima 
uchun yashaydi? Yashashdan maqsad nima? Inson hayotining ma’nosi nimada? 
Har bir inson o‘z umri mobaynida ana shu savollarga javob topishga urinadi va hayotining 
ma’nosini o‘ziga xos tarzda tushunadi. Shu bois hayotning ma’nosi axloqshunoslikning ancha 
murakkab tushunchalaridan hisoblanadi. 
Avvalo shuni aytish joizki, hayotning ma’nosini yashashdan maqsad degan tushuncha bilan 
qorishtirib yuborish hollari ko‘p uchraydi. Vaholanki, ularni aynanlashtirish mumkin emas, chunki 
hayotning ma’nosi maqsadga nisbatan juda qamrovli tushuncha, o‘z ichiga o‘nlab, balki yuzlab 
maqsadlarni oladi, aniqrog‘i, u muayyan maqsadlar tizimidan tashkil topadi. Shu bois kimningdir 
biror–bir ezgu maqsadi amalga oshmay qolsa, uning hayotini «ma’nosiz» deb bo‘lmaydi. 
Baxt. Hayotning ma’nosi ideal bilan bog‘liq bo‘lgani kabi baxt atamasini ham hayotning 
ma’nosi tushunchasidan ajratib olingan holda tahlil etish mumkin emas. Zero, baxt inson o‘z 


hayoti ma’nosini qay darajada tushungani va shu ma’nodan umri mobaynida qoniqish hosil qilib 
borishidan iboratdir. Har bir insonda qoniqish hissi undagi maqsadlarning takomilga etganidagina 
ro‘y beradi. Faqat bu takomilga etish jarayoni bir umr davom etadi. SHu ma’noda buyuk ajdodimiz 
Abu Nasr Forobiy: «Baxt – har bir inson intiladigan maqsad, zotan u muayyan komillikdir», – 
deganida ko‘p jihatdan haq edi.
3
Faqat bu qoniqish ham davomiylik tabiatiga ega ekanini unutmaslik lozim, uni lazzat bilan 
aynanlashtirish to‘g‘ri emas. Lazzat oniylik xususiyatiga ega, o‘zini faqat jarayondagina namoyon 
etadigan hodisa va u moddiy hayotdagi real, ammo o‘tkinchi ehtiyojlardan kelib chiqadi. Masalan, 
gastronomik yoki shahvoniy lazzatni olib ko‘raylik: deylik, siz kabobni xush ko‘rasiz va 
lazzatlanib eya boshlaysiz, lekin bir oz muddat o‘tgach, to‘yasiz, boshqa egingiz kelmay qoladi; 
shahvoniy lazzat ham shunday. Baxt esa ma’naviy ehtiyoj bilan bog‘liq, unda maqsadlarga birin–
ketin erisha borish, qoniqish jarayoni, boya aytganimizdek, bir umr to‘xtamaydi va doimo lazzat 
va zavqni o‘z ichiga oladi. 

Download 448.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling