Bioinformatika va biomexanika
Download 44.38 Kb.
|
2- mustaqil ta\'lim
- Bu sahifa navigatsiya:
- Borliq tushunchasi.
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI FARG‘ONA FILIALI “Bioinformatika va biomexanika” fanidan 2-Mustaqil ta’lim Bajardi: Oqbo`tayev M 716-19 KI MAVZU: BORLIQ TUSHUNCHASI VA UNING TURLARI. MATERIYA VA UNING MAVJUDLIK SHAKLLARI. Reja: Borliq tushunchasi va uning turlari. Materiya va uning mavjudlik shakllari. Fazo va vaqtning xususiyatlari o’rganish. Materiya va uning mavjudlik shakllari. Xulosa Adabiyotlar ro`yxati Borliq tushunchasi. Faylasuflar qadim zamonlardan buyon «borliq» va «yo`qlik» haqida baxs yuritishgan. Ular borliqning vujudga kelishi, mohiyati, xususiyatlari va shakllari haqida ko`plab asarlar yozishgan. Хush, borliq nima? Bu savol bir qarashda juda oddiy ko`ringani bilan unga shu chokkacha barcha kishilarni birday kanoatlantiradigan javob topilgani yo`q. Bu holat borliqka turlicha nuqtai nazarlardan qarashlarning mavjudligi bilan izohlanadi. Masalan, ayrim faylasuflar borliqni moddiylik, moddiy jismlar bilan bog`lab tushuntirishadi. Ularning nuqtai nazarlaricha, borliq – ob’ektiv realliknigina qamrab oluvchi tushunchadir. U holda fikr, inson tafakkuri, uy-xayollarimiz borliq tushunchasidan chetda qolar ekanda, degan savolga ular, bunday tushunchalar ob’ektiv reallikning xosilasidir, deb javob berishadi. Falsafaning borliq haqidagi ta’limotni izohlaydigan qismi — ontologiya deb ataladi. (Bu tushunchani falsafada birinchi bor Х. Volf qullagan). Olam va borliq masalalarini falsafaning ana shu soxasi o`rganadi. Yo`qlik xech nima demakdir. Хamma narsani xech narsaga aylantiruvchi, hamma narsaning ibtidosi ham, intixosi ham yo`qlikdir. Bu ma’noda yo`qlik cheksizlik, nixoyasizlik va mangulik bilan birdir. Yo`qlik chekingan joyda borliq paydo bo`ladi. Demak, borliqning bunyodkori ham, qo`shandasi ham yo`qlikdir. Borliq yo`qlikdan yo`qlikkacha bo`lgan mavjudlikdir. Yo`qlikni xech narsa bilan kiyoslab bo`lmaydi. Fanda yo`qlik nima, degan savolga javob yo`q. Download 44.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling