Axloq falsafasi (etika)


Xushfe’llilik, shirinsuxanlilik, kamtarinlik, bosiqlik


Download 448.18 Kb.
Pdf ko'rish
bet18/40
Sana31.01.2024
Hajmi448.18 Kb.
#1828455
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   40
Bog'liq
Falsafa 6 mavzu

Xushfe’llilik, shirinsuxanlilik, kamtarinlik, bosiqlik singari axloqiy xatti–harakatlar 
me’yoriylik nuqtai nazaridan g‘oyat muhim. CHunki har bir jamiyat darajasi ma’lum ma’noda 
undagi fuqarolar muomala madaniyatining yuksakligi bilan ham belgilanadi. Zero, xushfe’l, 
shirinsuxan inson o‘zining har bir muvaffaqiyatsizligiga fojea sifatida qaramaydi, alam yoki 
g‘azab bilan yomon kayfiyatini boshqalarga o‘tkazishga intilmaydi; atrofdagi axloqiy muhitni 
buzmaydi. Natijada o‘ziga ham, o‘zgalarga ham ko‘tarinki kayfiyat, turli–tuman 
omadsizliklarning o‘tkinchiligini anglatuvchi hayotbaxsh bir umid bag‘ishlaydi. Jamiyat doimo 
o‘shanday odamlarni hurmat qiladi va ulardan o‘rnak olishga intiladi.
Xushfe’llilik, shirinsuxanlilik qay darajadadir ko‘proq ixtiyor bilan, kishining ma’lum bir 
insoniy tabiatga intilishi bilan bog‘liq bo‘lsa, bosiqlik, kamtarinlik, kamsuqumlik aksincha
ko‘proq iroda kuchi natijasida yuzaga keladi. Zotan insonning o‘z g‘azabini bosa bilishi, 
noroziligini barvaqt bildirmasligi; so‘zlagisi, biror–bir gap bilan o‘zini ko‘rsatgisi kelib qolganda 
o‘sha xohish–ixtiyorni to‘xtata olishi kuchli irodani talab qiladi. SHu bois muomalada bosiq, 
kamtarin, «etti o‘lchab bir kesish» tamoyili asosida ish ko‘rgan shaxslar oqil odamlar sanaladi va 
ular jamiyatda ham namunaviylik maqomiga noil bo‘ladilar.
Ayni paytda ba’zi bir odamlar guruhi uchun me’yorga aylanib qolgan illatlar ham borki, ular 
haqida to‘xtalib o‘tmaslikning iloji yo‘q. Ular ichidan eng keng yoyilgan, ma’lum ma’noda 
yuqumli ma’naviy kasallikka aylanib borayotgan ikkitasini – xudbinlik va shuhratparastlikni 
ko‘rib chiqaylik. 
Xudbinlik. U o‘z individual ehtiyojlarini hamma narsadan yuqori qo‘yadigan axloqiy sifat
illatni anglatuvchi tushuncha; biror – bir insonning moddiy–maishiy manfaatlarining 
boshqalarnikidan ustun qo‘yilishini bildiruvchi manfaatparastlikdan va o‘z shaxsini 


mutlaqlashtirishiga qaratilgan shaxsiyatparastlikning ba’zi unsurlaridan iborat salbiy xatti–
harakatlar majmuidir. 
U sharqona jo‘mardlik axloqiy tamoyili va insoflilik meyo‘rining aksi: agar jo‘mardlik, 
ko‘rib o‘tganimizdek, biror shaxs, jamoa yoki jamiyat baxti, farovonligi yo‘lida kishining hatto 
o‘ziga eng zarur bo‘lgan narsalardan ham voz kechishiga tayyor turishini anglatsa, xudbinlik o‘z 
manfaatlari yo‘lida, hech kimni, hech bir jamoani, hech qanday jamiyatni tan olmaydigan salbiy 
me’yor egasining bo‘rtib ko‘zga tashlanadigan xususiyati. 
Xudbinlikni inson shaxsining o‘ziga bo‘lgan muhabbati bilan chaplashtirmaslik lozim. Biz 
Imom G‘azzoliy muhabbatning besh turi haqida so‘z yuritib, insonning o‘ziga, o‘zining a’zolariga, 
salomatligiga bo‘lgan muhabbatini birinchi o‘rniga qo‘yganini yaxshi bilamiz. Uningcha, bu 
muhabbat Alloh, ota–ona, qarindosh–urug‘, do‘st–birodar, muhtoj–ehtiyojmandlar xizmatida 
bo‘lishga imkon yaratuvchi vosita hisoblanadi. Xudbinlik esa muhabbat hissiga emas, nafsga, 
hirsga, rujuga asoslanadi, o‘zini adolatsizlik, insofsizlik va berahmlik xislatlarida namoyon etadi. 
To‘g‘ri, hammaning ham qo‘lidan jo‘mardlik kelavermaydi, lekin insonning o‘ziga bo‘lgan 
muhabbati, boshqalarning ham o‘ziga shunday muhabbati borligini inkor etmasligi kerak. SHu 
qoida buzilgan joydan xudbinlik boshlanadi. 
Xudbinlik jinoyat emas, xudbin odam qonunni buzmaydi, aksincha doimo qonun oldida 
«toza», «faqat qonuniy haqi»ni qanday sharoitda bo‘lmasin – birovlarning fojeasi ustidami, o‘limi 
ustidami, – qat’i nazar, undirib oladi, xolos. Uning aqidasi: «Go‘zal bino qulasa–qulayversin, men 
o‘zimga tegishli yuzta g‘ishtni sug‘urib olishim kerak!» 
Shuni afsus bilan qayd etish kerakki, xudbinlik jamiyatda ko‘payib borsa–borayaptiki, 
kamaymayapti. Chunki qonunning mustahkamlanib borishi xudbin odamlar uchun qulaylik 
tug‘diradi: ular qonunning ruhini – mohiyatini bir chetga surib qo‘yib, uning jumlalaridan – 
shaklidan foydalanadilar. Avvalgi, an’anaviy urf–odatlar hukmron davrlarda xudbin odam 
jazolanishi – bir chetga chiqarib qo‘yilishi, jamoadan, mahalladan haydalishi mumkin edi. 
Endilikda bunday munosabat erkin shaxs huquqlarini poymol qilish, noqonuniy yondashuv deb 
hisoblanadi. Demak, xudbinlikni yo‘qotishning faqat bir yo‘li bor, u ham bo‘lsa jamiyatda axloqiy 
tarbiyani zamonaviy tarzda keng joriy etish. 

Download 448.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling