Axloq falsafasi (etika)


Download 448.18 Kb.
Pdf ko'rish
bet19/40
Sana31.01.2024
Hajmi448.18 Kb.
#1828455
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   40
Bog'liq
Falsafa 6 mavzu

Shuhratparastlik. SHuhratparastlik – shon–shuhrat ketidan quvadigan va bu yo‘lda har 
qanday axloqsizlikdan qaytmaydigan insonlar toifasining xususiyati. Shuhratparast odam o‘z 
nomining doimo atrofdagilar va jamiyat diqkat markazida turishiga, mashhurlikka, shov–shuvga, 
maqtovga ichki bir tiyiqsiz ehtiyoj sezadi. Bu ehtiyoj oxir–oqibat uni jamiyatning axloqiy – 
ijtimoiy talablari bilan ham, individ sifatidagi o‘z biologik va ma’naviy–intelektual imkoniyatlari 
bilan ham mutlaqo hisoblashmaydigan ijtimoiy nafs bandasiga aylantirib qo‘yadi. 
Shuhratparastlikning axloqiy illat sifatidagi xatarli tomoni shundaki, u ravnaq topib borish 
xususiyatiga ega: dastavval kishi o‘z «men»ining boshqa «men»lardan kam bo‘lmasligini talab 
qiladi, keyin asta–sekin o‘z «men»ining barcha «men»lardan baland turishini xohlab qoladi va 
nima qilib bo‘lsa ham shu xohishni amalga oshirishga intiladi. Natijada u mavjud veqelikni
atrofdagilarning o‘ziga bo‘lgan asl munosabatini real baholay olmaydi; qaerda uni «ko‘tar–
ko‘tar» qilib maqtashsa, o‘sha erga o‘zini uradi, hayotda asl insoniy vazifasini bajarishdan 
chalg‘iydi, tuzatib bo‘lmas xatolarga yo‘l qo‘yadi. SHuhratparastlikka yorqin misol, 
umumbashariy timsol sifatida, odatda salkam 2,5 ming yildan buyon Herostratning nomi 
keltiriladi: u abadiy shuhrat qozonish uchun olamning etti mu’jizasidan biri – Efes shahridagi 
Artemida ibodatxonasida o‘t qo‘ygan. Uning nomi hozirgacha taajjub, hayrat, ayni paytda nafrat 
va la’nat bilan tilga olinadi. 
Shuhratparastlik ham xuddi xudbinlik kabi zamonaviy jamiyatda avj olgan illatlardan 
hisoblanadi. Agar xudbinlikning keng yoyilishiga ma’lum ma’noda shaxs erkinligining qonuniy 
muhofazasi, ba’zi, demokratik tamoyillar yo‘l ochib bersa, shuhratparastlik uchun zamonaviy 
ommaviy axborot vositalari ko‘k chiroq vazifasini o‘taydi: Nitsshe aytganidek, hozirgi paytda har 
qanday kichkinagina «men», yo‘lini topib, sahnadan, sahifadan yoki ekrandan o‘zi haqida 
jahonga jar solish huquqiga va imkoniga ega. Matbuot va so‘z erkinligidan «o‘ziga xos» 
foydalanadigan, «mashhurlar» haqidagi shov–shuvlar bilan shug‘ullanadigan o‘nlab gazetalar, 


ko‘rsatuv va eshittirishlar shuhratparastlarning yomg‘irdan keyingi qo‘ziqorinlardek paydo 
bo‘lishini ta’minlamoqda. Misol tariqasida ko‘pchilik ommaviy axborot vositalarida aslida horijiy 
mualliflar musiqalarini, qo‘shiqlarini noqonuniy o‘zlashtirgani – o‘g‘irlagani (plagiat) uchun 
jazolanishi kerak bo‘lgan shuhratparast «san’atkorlar»ning ko‘klarga ko‘tarilishini keltirish 
mumkin. SHuhratparstlikning bunday keng yoyilishiga qarshi faqat axloqiy tarbiya vositasida 
kurashish qiyin, shu sababli ularga nisbatan axloqiy yo‘l bilan birga ichki va xalqaro huquq 
me’yorlaridan ham unumli foydalangan holda ish ko‘rish maqsadga muvofiqdir.
Shunday qilib, uch bob mobaynida, qisqacha bo‘lsa–da, axloqshunoslikning asosiy 
tushunchalarini, axloqiy tamoyillar va me’yorlar nima ekanini, ularning shaxs hamda jamiyat 
axloqiy hayotida naqadar muhim o‘rin tutishini ko‘rib chiqdik. Pirovard natijada quyidagicha 
xulosa chiqarish maqsadga muvofiq deb o‘ylaymiz: agar axloqshunoslikning mezoniy 
tushunchalari bir–biriga bog‘liq bo‘lsa, axloqiy tamoyillarning bog‘liqligi yanada mustahkamroq 
– ular biridan ikkinchisiga o‘tib turish xususiyatiga ega; axloqiy me’yorlar esa bir–biri bilan shu 
darajada chambarchaski, ba’zan birini ikkinchisidan aniq ajratish qiyin, zero ular xulq va odob 
doirasidagi axloqiy amaliyotlardir. 
Ixtiyor erkinligi va axloqiy tanlov 
Ixtiyor erkinligi to‘g‘risida fikr yuritishdan oldin erkinlikning o‘zi haqida mulohaza qilib 
ko‘rish lozim bo‘ladi. Chunki «erkinlik» atamasi bir tomondan, sodda, aniq hammaga tushunarli 
so‘z, ikkinchi tomondan esa o‘ta murakkab, tumanli, o‘zgarib turuvchi tushuncha; u hammani, 
ayniqsa yoshlarni ohanrabodek o‘ziga tortadi. «Aslida esa tarixda erkinlik nomi ostida ko‘p ulug‘ 
ishlar amalga oshirilgan, lekin aynan shu nom bilan qanchadan–qancha gunohlar qilingan. Har bir 
kishining xayoliga kelganida yuragi dukillab urib ketadigan shu nom bilan qanchadan–qancha 
jinoyatu nodonliklar, ehtiros aldoviyu so‘qirliklar o‘zini bezadi va bezamoqda»
11
. V.Vindelband 
fikrini davom ettirib, erkinlik atamasining mazmuni siyosat va falsafa olamida hozirgacha turli xil 
bo‘lib kelayotgannini, «haqiqiy erkinlik» tushunchasi esa nimani anglatishi hali ham ayon 
emasligini aytib o‘tadi. Bunday «tushunmovchiliklar»ning sababi, bizningcha, shundaki, inson 
erkinligi hech qachon yolg‘iz, alohida olingan erkinlik bo‘lolmaydi, u, Sartr aytganidek, 
erkinliklar ro‘parasidagi erkinlik. Aynan shuning uchun ham u hech qachon mutlaqlik kasb 
etolmaydi, uni doim zamon, makon, inson va narsalar erkinligi – boshqa erkinliklar cheklab turadi; 
inson butunlay erkinlikka erisholmaydi, faqat nimadandir, qaysidir bir narsadangina erkin, ozod 
bo‘lishi mumkin. M., sport musobaqalarida universitet sharafini himoya qilish uchun boshqa 
shaharga borgan talaba darslarga qatnashish majburiyatidan ozod qilingan, lekin u darslarga 
nisbatan erkinlikka ega bo‘lgani holda, butunlay erkin emas – sport musobaqalarida qatnashish 
majburiyatini olgan. Shunday qilib, bir erkinlikning qo‘lga kiritilishi ikkinchi erkinlikdan – sport 
musobaqalarida qatnashmaslik erkinligidan voz kechishga olib keladi. Demak, bir tomondan 
erkinlik zaruriyatsiz, zaruriyat esa erkinliksiz mavjud emas, ikkinchi tomondan, shuning uchun 
ham, har qanday erkinlik cheklangan holdagina voqe bo‘ladi. 
Mantiqsizlik deganimizning ma’nosi shundaki, ixtiyor – xohish, istak demakdir, iroda esa 
o‘sha xohish, istakni bosib turuvchi, uning amalga oshishiga yo‘l qo‘ymaydigan kuch, ya’ni 
ixtiyor g‘ildirak bo‘lsa, iroda – tormoz. M., siz chekishni tashladingiz, lekin juda bo‘lmaganda, 
«bir tortib» qo‘yishni nihoyatda xohlaysiz, shunda iroda vositasida bu xohishdan voz kechsangiz
irodali odam deb atalishga loyiqsiz, akasincha esa, siz irodasiz insonsiz. Demak, ixtiyor – erkinlik, 
iroda – zaruriyat sifatida namoyon bo‘ladi. To‘g‘ri, «ixtiyor» va «iroda» so‘zlari bir mazmunni 
anglatadigan holatlar ham mavjud. Lekin ular juda kam, sanoqli, faqat mislsiz qudratning 
xohishigina bir vaqtning o‘zida iroda bilan mustahkamlanadi, bunda iroda xohishning yuksak 
darajasi sifatida talqin topadi. Bunday talqin to‘rt narsaga xos: gap Xudo, xalq, ota–ona, podsho 
haqida borgandagina biz «Xudoning xohish–irodasi», «xalqning xohish – irodasi» v.h. deyishimiz 
mumkin xolos. Boshqa barcha hodisalarda ixtiyor bilan iroda bir–biridan muxtor tarzda va bir–
birining ziddi sifatida namoyon bo‘ladi. SHunday qilib, falsafa va axloqshunoslikdagi eng 
11

Download 448.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling