Axloq falsafasi (etika)


Download 448.18 Kb.
Pdf ko'rish
bet14/40
Sana31.01.2024
Hajmi448.18 Kb.
#1828455
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   40
Bog'liq
Falsafa 6 mavzu

 
Axloqiy me’yorlar 
Inson hayotida axloqiy me’yorlar ham katta ahamiyatga ega. Ular tamoyillarga nisbatan 
ancha sodda, umumlashmagan, tor qamrovli. Ularni kundalik hayotimizda muayyan axloqiy 
fazilatlarni aks ettirgan tushunchalar va tamoyillarning amalga oshish murvatlari ham deyish 
mumkin, ular axloqiy talablarning eng oddiy, lekin keng tarqalgan shakli sifatida ro‘yobga chiqadi. 
Halollik, rostgo‘ylik, hayolilik, insoflilik, xushmuomalalik, boodoblik, kamtarlik singari 
me’yorlar ayniqsa diqqatga sazovor. 
Halollik. Halollik vijdon, adolat va burch kabi axloqshunoslik mezoniy tushunchalari bilan 
bog‘liq, insoning o‘zgaga munosabati o‘ziga munosabatidek sof, pokiza bo‘lishini talab qilidigan 
axloqiy me’yordir. Dastavval u diniy tushuncha sifatida vujudga kelib, har bir musulmonning 
emak–ichmagi, jinsiy va iqtisodiy xatti–harakatlari sifatini belgilab beruvchi shar’iy me’yor bo‘lib 
amal qilgan, uning ziddi – harom diniy nuqtai nazardan salbiy hisoblangan xatti–harakatlarga 
nisbatan qo‘llanilgan. M., bismil qilingan hayvon yo parranda go‘shti – halol, o‘laksa go‘shti – 
harom, nikohdagi jinsiy aloqa – halol, zino – harom, mehnat haqi – halol, o‘g‘rilik bilan topilgan 
mol – harom v.h. 
Ko‘rib o‘tganimizdek, har bir diniy e’tiqodning asosida axloqiylik yotadi va u ko‘p hollarda 
ibodatdan baland qo‘yilgan: solih bandalar, «Qur’on»da aytilganidek, eng avvalo go‘zal axloq 
egalaridir. Shu boisdan keyinchalik halollik nisbatan tor shar’iy qobiqdan chiqib, asta–sekinlik 
bilan shaxs hayotidagi eng qamrovli axloqiy me’yorga aylandi, teran ma’naviylik kasb etgani 
holda, kundalik hayotdagi insoniylikni belgilaydigan umuminsoniy fazilat bo‘lib qoldi. M., hozirgi 
kunda ixtisoslashgan mehnat taqsimotining takomillashuvi, ilm–fan taraqqiyotining yuksalishi 
natijasida biz kasbiy halollik, ilmiy halollik, iqtisodiy halollik v.b. haqida gapirishimiz mumkin. 
Insoniyat jamiyatida haromlik yoxud nopoklikning halollikka nisbatan kam uchramasligi 
doimo axloqshunoslarni tashvishga solib kelgan. Chunonchi, imom G‘azzoliyning harom eyish 
haqida to‘xtalib, mana bunday deyishi bejiz emas: 
«…Xohi zulm bilan olingan bo‘lsin (kuch ishlatib, xoinona undirish va bosqinchilik–
o‘g‘rilik yo‘llari bilan olish); xoh zavq va o‘yin yo‘li bilan olinsin (qimor va shunga o‘xshash 
narsalar bilan bo‘lganiday); xoh hiyla va nayrang yo‘llari bilan olinsin (tovlamachilik va 
aldamchilik, tarozidan urish kabi); o‘z moli va boyligini harom ishlarga (ichkilikbozlik, qimor, 
fohishabozlik) xarjlashi – hammasi harom eyishga kiradi»
9

Afsuski, G‘azzoliy sanab o‘tgan holatlarni atrofimizda ko‘p ko‘ramiz. Chunki nopok yo‘l 
tutish oson, lekin halollikka erishish qiyin. Buning sababi shundaki. halollikning mavjudligi 
fidoyilik axloqiy tamoyili va rostgo‘ylik axloqiy me’yori bilan shartlanadi; doimo halollik qilish 
yoki halol yashashi uchun kishi albatta nimalardandir kechishi, kimlargadir qarshi borishi, faqat 
rost gapirishi, so‘z bilan ish birligiga erishishi kerak. SHu bois halol inson jamoatchilik o‘rtasida 
obro‘ga ega, hurmatga sazovor bo‘ladi. Qaysi jamiyatda halol fuqarolar ko‘paysa, o‘sha erda baxt 
va farovonlik hukm suradi.
9
Ғаззолий Абу Ҳомид. Мукошафат ул-қулуб. Т., «Адолат», 2002, 336-б. 


Halollika birinchi bo‘lib to‘xtalishimizning sababi shundaki, mustamlakachilik davrida, 
ayniqsa, sho‘rolar hukmronlik qilgan chorakam bir asr vaqt mobaynida yolg‘on, aldov, nopoklik, 
haromxo‘rlik, munofiqlik singari illatlar xalqimizga shu qadar ustalik bilan singdirildiki, hozirgi 
paytda ko‘pchilik odamlar halollik, rostgo‘ylik ustidan hatto kuladigan bo‘lib qolganlar. So‘z bilan 
ish birligi yo‘qolgan, qog‘ozdagi chiroyli gaplar hayotga to‘g‘ri kelmaydi. Lekin bularning 
hammasi, afsuski, odatiy holdek qabul qilinadi. Shu bois mustaqilligimizning dastlabki 
kunlaridanoq bu illatlarga qarshi kurash boshlandi. Hozirgi kunda davlatimiz milliy–ma’naviy 
qadriyatlarni tiklashni, odamlarni halol, insofli, adolatli bo‘lishga chaqirishni o‘z ichki 
siyosatining muhim qismi deb bilgan holda ish tutmoqda. Zero, ko‘z o‘ngimizda nopoklik yolg‘on, 
aldov, ikkiyuzlamachilik nimaligini deyarli bilmaydigan jamiyatlar, millatlar gullab–
yashnamoqda. Yaponiya, Olmoniya, Fransiya, AQSH, Buyuk Britaniya singari mamlakatlar 
shular jumlasidan. SHu o‘rinda quyidagi misolni keltirib o‘tish maqsadga muvofiq. 
Falsafa jamiyati a’zolari bilan muloqot–uchrashuvga kelgan bir taniqli olim va jamoat arbobi 
qiziq voqeani so‘zlab bergan edi. Olimning hikoya qilishicha, Finlyandiyada u bilan birga Rossiya 
Jamoat televideniesi xodimini o‘z mashinasida olib yurgan fin fuqarosi yonilg‘i quyish 
nuqtalaridan birida to‘xtab, sakson litr benzin oladi va borib egasiga shuncha benzin olganini aytib, 
haqini to‘laydi. Uning qancha yonilg‘i quyib olganini kuzatishni xayoliga ham keltirmagan 
yonilg‘i quyish shaxobchasi xo‘jayini pulni olib, ishini davom ettiraveradi. Mashina yo‘lga 
tushganda, sobiq Sho‘rolar Ittifoqi hududidan kelgan mehmonlar hayratlanib so‘rashadi: «Nega 
xo‘jayin sizni benzin quyayotganingizda kuzatib turmadi?» U esa tushunmay elkasini qisadi: 
«Nimaga kuzatib turishi kerak?» Mehmonlar tushuntirishmoqchi bo‘lishadi: «Axir, siz sakson 
litrga haq to‘lab, yuz litr benzin quyib olishingiz mumkin edi–ku!» U yana hayron qoladi: «Nega 
yuz litr olishim kerak ekan, menga faqat sakson litr zarur!». Mehmonlar yana tushuntirishga 
harakat qilishadi: «Siz kam pul to‘lab, ko‘p benzin olishingiz mumkin edi, nega unday 
qilmadingiz?» Mezbon esa yana elka qisadi: «Nega men kam pul to‘lashim kerak – sakson litr 
zarur edi, sakson litr oldim, tavba, buning nimasi tushunarsiz?!», deydi. Xullas, ikki birday kishi 
harom yo‘l bilan ortiqcha benzin quyib olish mumkinligini Finlyandiya fuqarosiga tushuntira 
olmaydilar; harom va yolg‘on nimaligini bilmaydigan mezbon bular meni kalaka qilyapti degan 
xayolga borib, asabiylasha boshlaganidan keyingina mehmonlar gapni boshqa yoqqa buradilar. 
Qanchalik achchiq bo‘lmasin, bu – bor gap, haqiqat. Zero, birinchi Prezident Islom Karimov 
nutqlaridan birini «Halollik va fidoyilik faoliyatimizning asosiy mezoni bo‘lsin» deb, boshqa bir 
suhbatini esa «Adolat har ishda hamrohimiz va dasturimiz bo‘lsin» deb atagani bejiz emas; hozirda 
halol, rostgo‘y, insofli, fidoyi insonlardan iborat bo‘lgan fuqarolar jamiyatini qurish – faqat 
axloqiy muammo emas, balki kelajagi buyuk davlatimizning mohiyatini anglatuvchi ijtimoiy–
siyosiy YAngilanishdir. 

Download 448.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling