Axloqiy tarbiyada xalq maqollaridan foydalanish


Ta’lim-tarbiya jarayonida xalq og’zaki ijodidan foydalanish


Download 31.93 Kb.
bet3/6
Sana28.03.2023
Hajmi31.93 Kb.
#1305101
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Axloqiy tarbiyada xalq maqollaridan foydalanish

2. Ta’lim-tarbiya jarayonida xalq og’zaki ijodidan foydalanish
Ta’lim-tarbiya berish jarayonida xalq og’zaki ijodidan foydalanish ham juda samarali o’rin egallaydi. Xalq poetik ijodini o’rganish, ayniqsa ijtimoiy fanlar yuzasidan olib boriladigan ilmiy – tadqiqotlar uchun bebaho qiymatga ega. Chunki “Xalq og’zaki ijodini bilmaguncha mehnatkash xalqning xaqiqiy tarixini bilish mumkin emas”. Shunday ekan, xalq og’zaki ijodini o’rganish boshqa ijtimoiy fanlar kabi pedagogika tarixini o’rganish uchun ham g’oyat muhim ahamiyatga ega. Chunki “Xalq pedagogikasi asta-sekin xalq ommasi ichida tarkib topa boradi va xalq ijodining topishmoq, matal, maqol, ertak, doston va qo’shiq kabi yodgorliklarida aks ettiriladi”.
Xalq ommasining turmush faoliyat jaroyonida to’plangan tarbiya borasidagi tajriba va bilimlar yig’indisi xalq pedagogikasining mazmuni ifodalaydi. Ya’ni xalq pedagogikasi – mehnatkash xalq va xalq donishmandlarining zamon yoshlarini kutilgan maqsadga muvofiq kishilar qilib yetishtiradigan tarbiyaning maqsad va vazifalariga bo’lgan qarashlari hamda xalq ommasi tomonidan ta’lim-tarbiya ishlarini amalga oshirish bobida qo’llanib kelingan usul vosita , ko’nikma va malakalar birligi ifodalovchi tajribalar asosida to’plangan bilim va ma’lumotlar yig’indisidir. Boshqacha qilib aytganda, xalq pedagogikasi xalq ommasining og’zaki tarzda yaratgan avloddan avlodga o’tib kelayotgan tarbiya haqidagi ma’lumotlar – pedagogik ijodlari yig’indisidir. Biroq bu pedagogik ijodlar yig’indisi pedagogika fani ilmiy pedagogika bo’la olmaydi. U pedagogika fanining predmeti , muhim tekshirish obe’ktidir. Badiy adabiyotda bo’lganidek , fol’klor asarlari ham tuzilishi va g’oyaviy-badiiy hususiyatlariga ko’ra , o’zaro o’xshash hamda farqli tomonlarga ega bo’lib, muayyan guruxlarni tashkil etadi. O’zbek fol’klori asarlari, avvalo ikki katta guruhga bo’linadi : 1.Urf – odat va marosimlar bilan bog’liq asarlar. 2.Turli urf – odat va marosimlar bilan bog’liq bo’lmagan janrlari. Birinchi guruhga: a)mehnat qo’shiqlari;b)mavsum qo’shiqlari; v)marosim qo’shiqlari; g) olqish, afsun va qarg’ishlar; d)aytimlar kiradi. Ikkinchi guruhga: epik , lirik, dramatik va kichik janrlarni o’z ichiga oladi. Har bir janr o’z navbatida yana ichki turlarga bo’linadi.Maqol hayotiy foqelarni badiiy uydirmalar vositasida hikoya qiluvchi realistik xarakerdagi og’zaki ijod turlaridan bo’lib, g’oyaviy – tematik jihatdan rang- barangdir. Maqollar tarixiy voqealar va ayrim shaxslar bilan bog’liq bo’lgan hodisalarni, ijtimoiy hayot va turmush, geografik joylar – sahro, ko’l, cho’l, dengiz, shaxar, qishloq, saroy va boshqalarning barpo bo’lishi hamda vayron qilinishi haqida hikoya qilishi mumkin.

Download 31.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling