Axloqiy tarbiyada xalq maqollaridan foydalanish


Axloqiy tarbiya haqida xalq maqollari


Download 31.93 Kb.
bet2/6
Sana28.03.2023
Hajmi31.93 Kb.
#1305101
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Axloqiy tarbiyada xalq maqollaridan foydalanish

Axloqiy tarbiya haqida xalq maqollari

Hozirgi paytda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev yosh avlodni komil inson qilib tarbiyalashga alohida e’tibor bermoqda.
O'zbekiston mustaqillikka erishgach, jamiyatning ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy va ma’naviy sohalarida katta islohotlaming sodir bo'lishi kelajak avlod tarbiyasi oldiga muhim vazifalarni qo'ymoqda. Bu, avvalo, kelajak avlodning ana shu o'zgarishlarga dadil moslasha oladigan yuksak bilim, mahorat, keng dunyoqarash va e’tiqodga ega bo'lishini talab etadi. Kishilik jamiyati el-yurtiga, vataniga sadoqatli, iymon-e’tiqodi butun, mard va jasur, malakasi yetuk, ma’naviyati yuksak insonlar bilan haqli ravishda faxrlanadi”,-degan edi. Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov “Sog'lom avlod uchun” ordenini topshirish marosimida. Farzandlarimizni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, milliy ong, milliy g'urur tushunchalarini singdirish uchun ular ma’naviy jihatdan sog'lom bo'lishlari zarur. Ma’naviy sog'lomlik esa jismoniy va ruhiy sog'lomlik bilan chambarchas bog'liq. Respublikamizda olib borilayotgan siyosatning va birinchi Prezidentimiz da’vatlarining mohiyatini ham ma’naviyati teran, boshqalar fikriga ergashmaydigan, iymon-e’tiqodi sof avlodni yetishtirish masalasi tashkil etadi. Zero, e’tiqodsizlik, turli yot oqim va mafkuralarga ergashish holati jamiyatni inqiroz sari yetaklaydi. Shu bois, birinchi Prezidentimiz deyarli barcha asarlarida yoshlar tarbiyasiga jiddiy yondoshish va ularni yot g'oyalardan muhofaza qilish lozimligini ta’kidlaydilar: “Takror aytishga to'g'ri keladi-ota-onalar, ustoz murabbiylar bu masalada xushyorlikni yo'qotmasligimiz, yoshlar tarbiyasida aslo beparvo bo'lmasligimiz zarur”
O'zbekiston Respublikasining «Ta’lim to'g'risida»gi (1997 yil, 29 avgust) Qonuni ta’limning barcha yo'nalishlarini isloh qilish va rivojlantirish uchun imkon yaratdi.
Ta’lim sohasidagi islohotlardan asosiy maqsadi ham xalqimiz ongi va shuurida saqlanib kelayotgan vatanga e’tiqodni yosh avlodga singdirish, ta’lim jarayonining barcha bosqichlarida mamlakatimiz kelajagini belgilay oladigan barkamol hamda vatanparvar shaxsni shakllantirishdan iborat.
Har bir maqolda hamisha «ta`lim ulushi» ibrat mavjud bo`ladi: maqol tagida ibrat tusidagi aniq ramzni tushuniladi, bu ibrat haetning turli ko`rinishlarini umumlashtirib, tugal jumla holiga kelgan bo`ladi. Maqollar mehnatkashlarning ko`plab ma`naviy ehtiejini qondiradi, ular aqliy bilim, ishlab chiqarish bilan bog`liq bo`lishi, odamiylik, ahloqiy fazilatlar va hoqazolarni anglatishi mumkin. Maqollar qadimiy e o`tmish hodisa bo`lmay, xalqning jonli ovozidir, xalq bugungi zarur bo`lgan va ertaga asqotadigan narsani xotirasida saqlaydi. Maqolda o`tmish to`g`risida gap ketsa, u hozir va kelajak nuqtai nazaridan baholanadi, hikmatlarda aks etgan o`tmishning xalq orzu-niyatlari, ezgu maqsadlariga qay darajada muvofiqligiga bog`liq ravishda qoralanadi eki ma`qullanadi. Maqolni butun xalq yaratadi, shu bois unda jamoatchilik fikri o`z ifodasini topadi. Unda xalqning hatega bergan bahosi, xalq zakovatining kuzatishlari jo etilgan bo`ladi. Yakka shaxs yaratgan yaxshi hikmat, agar u ko`pchilikning fikrini ifoda etolmasa, maqol bo`la olmaydi. Juda bo`lmaganda, umumxalq fikri va yakka shaxs fikri bir vaqtning o`zida enma en kelishi mumkin, xolos. Xalq maqollari eslab qolish uchun qulay shaklga ega bo`lib, etnopedagogik vosita sifatida ular ma`nosini kuchaytiradi.
Maqollar xotiraga mahkam o`rnashadi. So`z o`yinlari, so`zlarning turlicha jarangi, qofiyadoshligi, ohangdorligi, goho shu qadar jozibali bo`lidiki, kishi oson esda saqlab qoladi. Ayni holda she`riyat donolikni, tarbiya va uning hosilasi xulqni ifoda ebilish faoliyati tajribasini asrash va targ`ib qilish vazifasini ado etadi. Maqolning asil vasitasi tarbiyadir, ular qadim zamonlardan buen ta`lim vasitasi bo`li xizmat qilib kelmoqda. Bir tomondan, ular ta`lim g`oyasidan iborat, ikkinchi tomondan tarbiyaviy ta`sir ko`rsatib, ta`lim vazifasini bajaradi, xalq tasavvurlariga mos keluvchi tarbiya ta`sirining vositalari, uslublari tug`risida hikoya qiladi, shaxsning ijobiy eki salbiy jihatlarini baholaydi, shaxsning shakllanish maqsadlarini u eki bu tarzda aniqlab, tarbiyalanishga chorlaydi, o`zlarining tarbiyaichdek qutlug` vazifalarini mensinmaydigan katta eshdagi odamlarni qoralaydi va hoqazo. Maqollarning eng keng tarqalgan shakli o`gitdir. Ta`lim nuktai nazaridan o`gitlar uch toifaga bo`linadi: Bolalar va eshlarni yaxshi xulqli bo`lishga, shu jumladan, muloyim bo`lishga undaydigan tanbehlar. Katta eshdagi odamlarni o`ziga yarashadigan xulqu odobga o`rgatadigan tanbehlar Katta eshdagi odamlarni o`ziga yarashadigan xulqu odobga o`rgatadigan tanbehlar va nihoyat, tarbiya natijalarini aks ettiruvchi, ta`lim maslahatlaridan iborat o`ziga xos nasihatlar. Bu, ayniqsa, ta`lim tajribasini umumlashtirishning o`ziga xos shakli sanaladi. Maqollarda bolalarning tug`ilishiga, ularning xalq haetidagi o`rniga, tarbiya maqsadlari, vositalari va uslublariga, rag`batlantirish va jazolashga, o`qish mazmuniga,mehnat va ahloq tarbiyasiga, bolalarning ota-onalar fe`el atvoridagi fazilatlarni meros qilib olishiga, atrof muhit va jamoatchilik fikrlarining ta`siriga daxldor ta`lim g`oyalari o`z aksini topgan va h.k. Xalq va avlodlarning ta`lim mubohasasida kattayu kichik barcha xalqlar beistisno ishtirok etadi. Bolaning dunega kelishi uchun bayram, farzandsiz ikkin jonning yashashi dushvor. O`zbek maqollarida bolalar haqidagi yaxshi gaplar ko`n takrorlanadi: «O`g`il bilan qiz - bir juft qizil gul», «O`g`il bilan qiz - uyning mehmoni», «O`g`il bilan qiz - tun bilan kun», «O`qil oftob, qiz mohtob», «Bolalar osmondagi yulduzlar, qorong`u tunni erug` kunduz qiladi», «O`g`li yo`qning o`rni yo`q, qizi yo`qning qadri yo`q». Bolani har kim ham tug`adi, lekin tarbiya har kimning qo`lidan kelavermaydi. «Tug`ishga tug`ib, tarbiya qilolmaydi» ham ota, ham onaga tegishli bunday tanbehlar har bir xalqda uchraydi. Xalq tarbiyaning boshlanishi haqida muayyan fikrlarni aytadi: qancha erta boshlasa, Xalq tarbiyaning boshlanishi haqida muayyan fikrlarni aytadi: qancha erta boshlasa, shuncha yaxshi. Tarbiyani bola tug`ilishdan boshlagan yaxshi, chunki tarbiya bola tug`ishdan ham muhimroqdir. «Dunega keltirgan ota va ona emas, edirib-ichirgan, yaxshi tarbiya bergan ota va ona». Ota bilan ona faqat ota-onagina emas, tug`ilish bu boshlanishi, ota bilan ona eng avvalo tarbiyachilardir, faqat shundagina ular o`z vazifalarini tugal ado etgan hisoblanadilar. «Ona maktabi» otadan ko`ra muhimroqdir: «Otasi yaxshining bittasi yaxshi, onasi yaxshining hammasi yaxshi», «Ona miyasiga quyganni ota sug`urib ololmaydi». Xalq tafakkurida merosxo`rlik, meros va ota-onalar ta`lim faoliyatining natijalari uzviy bir butunlikda namoen bo`ladi. «Yaxshi xotinning bolalari ham yaxshi bo`ladi» (rus), «Aql katta bo`lganda kiradi, tarbiya tug`ilgandan boshlanadi» (o`zb), «Yaxshi go`shtning sho`rvasi totli, yaxshi odamning bolasi totli» (qir) va hoqazo. Lekin, bolaning o`z kilmishlari uchun shaxsan mas`ulligi ham inkor etilmaydi: «Ahmoq o`g`ilga ota ham aql bo`lolmaydi», «Ahmoq o`g`ilni ota ham yo`lga sololmaydi». Har bir xalqning milliy oʻzligini koʻrsatadigan qadimiy urf-odat va marosimlari, ezgulikni ulugʻlaydigan boqiy anʼanalari boʻladi. Xususan, bizning milliy qadriyatlarimiz ham maʼnaviyatimizning yuksalishiga, millat sifatida shakllanishimizga alohida hissa qoʻshib, asrlar davomida xalqimizga juda katta ruhiy-maʼnaviy quvvat baxsh etib kelgan. Ajdodlarimiz tafakkuri va dahosi bilan yaratilgan bu qadriyatlar tom maʼnoda maʼnaviy boyligimizdir. Dastavval ana shu bebaho tafakkur durdonalarining bugungi maʼnaviy-madaniy taraqqiyotimizda tutgan oʻrni xususida toʻxtalsangiz.
Darhaqiqat, har bir xalqning milliy oʻziga xosligini koʻrsatadigan anʼana va marosimlari, urf-odat va bayramlari bor. Asrlar boʻyi yaratilib, zukko xalqning yuksak ijodiy salohiyati tufayli sayqallanib kelgan ana shunday anʼanalar aslida oʻsha millatning oʻzligini, mentalitetini, milliy qiyofasini belgilaydi. Zero, bundan bir necha ming yillar muqaddam Zarautkamar va Sarmishsoy qoyatoshlariga gʻaroyib surat va chizgilarni muhrlab, asrlar davomida koʻngilday poyonsiz vatanimizning barcha soʻlim goʻshalarida “Alpomish”, “Goʻroʻgʻli” singari buyuk eposlarni kuylab kelgan zukko ajdodlarimiz bamisoli badiiy tafakkur sarchashmasidagi injularga qiyos qilsa arzigulik boy madaniy merosni yaratishgan.
Oʻzbek xalqining paydo boʻlish tarixi qanchalik qadimiy boʻlsa, uning milliy anʼanalari, urf-odatlari, marosimlari ham shunchalik uzoq tarixiy ildizga egadir. Ular xalqimizning maʼnaviy ehtiyojlari zamirida juda qadim zamonlardayoq paydo boʻlib, shakllangan va zukko ajdodlarimizning benazir ijodiy salohiyati tufayli asrlar mobaynida sayqallanib kelgan.

Download 31.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling