Axloqiy tarbiyada xalq maqollaridan foydalanish


Tarbiyaviy tadbirlarda maqollarning pedagogik ahamiyati


Download 31.93 Kb.
bet5/6
Sana28.03.2023
Hajmi31.93 Kb.
#1305101
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Axloqiy tarbiyada xalq maqollaridan foydalanish

3. Tarbiyaviy tadbirlarda maqollarning pedagogik ahamiyati
Maqol xalqning ko‘p asrlar mobaynida ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayotda to‘plagan tajribalari, kuzatishlari asosida yuzaga kelgan ixcham, chuqur mazmunga ega bo‘lgan, og‘zaki ijod janrlaridan biridir. Asrlar davomida og‘izdan-og‘izga o‘tib kelgan maqollar, xalqimizning dunyoqarashi, jamiyatga bo‘lgan munosabati, tarixi va ruhiy holatini ifodalaydi.
Dunyoda o‘z maqollariga ega bo‘lmagan xalqning o‘zi yo‘q. Chunki har bir xalq hayotiy tajribalarini maqollar shaklida avlodlarga qoldiradi. Shuning uchun ham turli xalqlar og‘zaki ijodida mazmun va shakl jihatidan bir-biriga yaqin, hamda hamohang maqollar ko‘p uchraydi. Maqollar chuqur va mukammal mazmunga ega bo‘lib, ularda mehnatkash xalqning donoligi, milliy an’anasi, uzoq asrlik hayotiy tajribasi kasb etib turadi. Rus yozuvchisi Tolstoy "Har bir maqolda men shu maqolni yaratgan xalq siymosini ko‘raman" deb yozadi. 8
Maqollar ota-bobolarimizning uzoq yillar davomida ko‘rgan kechirganlari, tajribalari asosida yuzaga kelgan xulosaviy ibratli so‘zlaridir. "Maqol" arabcha "so‘z" degan ma’noni anglatadi. Maqollarda fikr aniq, xulosa tugal, ifoda lo‘nda bo‘lishi kerak. Va albatta ibratli fikr aytilish talab etiladi, bu ibratli fikr hukm shaklida bo‘lishi kerak. Xalq maqollari - boyligimiz. Ota-bobolarimizning bizga qoldirgan tarbiyaviy ulkan xazinalaridandir. Maqollarni o‘qib o‘rganishimiz, nafaqat yod olishimiz, ko‘nglimiz to‘rida saqlab unutmasligimiz lozim. Undan unumli foydalanishimiz, har bir gapirayotgan gapimizni ta’sirchanligini oshirib, sermazmunligini ta’minlaydi. Maqollarda ko‘pincha so‘zlar ko‘chma ma’noda ishlatilgan bo‘ladi. Ularni o‘z ma’nosida tushunsak kutilgan ma’no chiqmay qoladi. Masalan, "O‘ylamay qilingan ish, boshga keltirar tashvish" maqolidagi so‘zlar o‘z ma’nosida qo‘llangan. Lekin, "Bir kun tuz ichgan joyingga, qirq kun salom qil", "Ari chaqdi deb arazlama boli bor", "Basharang qiyshiq bo‘lsa, oynadan o‘pkalama", kabi maqollardagi so‘zlar o‘z asl ma’nosida emas, ko‘chma ma’noda qo‘llangan.
Maqol xalq hayoti, orzu intilishlari va dunyoqarashini, ko‘p asrlik tajribalarida sinovdan o‘tkazib aks ettirishi tufayli, kundalik turmushimizda katta g‘oyaviy- tarbiyaviy ro‘l o‘ynaydi. Chunki maqolda aks etgan voqea -hodisa yo keskin tasdiq etiladi, yo inkor qilinadi.
Demak, har bir maqol kishiga izchil g‘oyaviy yo‘nalish beradi, undagi fikrlarning yuksalishiga ko‘mak beradi. Xaql maqolida shu xalqning tarbiyaviy qarashlari aks etgan ekan, bola tarbiyasida ham ijobiy o‘shish jarayonlarini yuzaga chiqaradi. Farzand adolat va ozodlik, tinchlik va hurlik, mardlik va bahodirlik, ezgulik, insonparvarlik do‘stlik va mehnatsevarlik tushunchalarini o‘z ong-u shuuridan o‘tkaza boradi. Xalqning orzu umidlari vatanparvarlik, insonparvarlik xislatlari, ilm-u hunar, mehnatsevarlik, odob-axloqqa ezgulikka chorlaydigan, xullas insonni kamolotga yetaklaydigan barcha ijobiy fazilatlarni, maqollar o‘z ta’siri ostida birlashtirgan bo‘ladi. Shu sababdan ham maqollarning tarbiyaviy ahamiyati benihoya kattadir.
Vatan haqidagi maqollarni eshitib, vataniga iliq mehr bilan qarashga o‘rganadi. Vatan ostonadan boshlanadi. Biz oila ostonasida qadam qo‘yib, ulg‘ayar ekanmiz, oilada vatan hissini tuya boshlaymiz. Maqollarimizda esa vatanga muhabbat, uni sevish va qadrlash bosh mavzu hisoblanadi. Chunki xalq hamma vaqt o‘z vatanini sevgan, ardoqlagan va uning dushmanlariga qarshi kurash olib borgan.
Ona yurtng omon bo‘lsa, rang-u ro‘ying somon bo‘lmas; Baliq suv bilan tirik, odam el bilan; Vataning tinch sen tinch; el boshiga tushgani, er boshiga tushgani; Oz uyim - o‘lan to‘shagim; O‘zga yurtning gulidan, o‘z yurtingning cho‘li yaxshi kabi maqollarda vatanparvarlik g‘oyalari o‘z ifodasini topgan. Ushbu maqollarni tinglagan, yod olgan uning mag‘ziga yetgan farzand vatanga mehr hislari uyg‘ona boshlaydi.
O‘zbek xalqi ta’lim-tarbiya sohasida o‘ziga xos dorilfunun yaratgan. Hatto hozirgi o‘zbek xalqi yashab turgan zaminda zardushtiylik dini keng yoyilgan davrda ham ilg‘or pedagogik mafkura hukm surgan. Bu zardushtiylik dinining muqaddas kitobi
«Avesto»da ham o‘z ifodasini topgan. Biroq islomgacha bo‘lgan tarbiyashunoslik, ilm-fan, adabiyot, madaniyat bizgacha yetib kelmagan. Chunki arab istilochilari tomonidan barcha manbalar, asarlar yoqib yuborilgan. Islomgacha va islomdan keyingi pedagogik qarashlarni, milliy ta’limga oid an’analarni, qadriyatlarni - xalq pedagogikasini o‘rganish, uni hayotga tadbiq etish, ta’lim-tarbiya jarayonida qo‘llash, bugunning muhim dolzarb vazifasidir.
Ma’orif tizimining, biz pedagoglarning hozirgi kundagi vazifamiz - milliy qadriyatlar, xalq pedagogikasi an’analarini zamon talablari bilan uyg‘unlashtirgan holda ta’lim-tarbiya sohasiga tatbiq etish, eng yaxshi tomonlaridan unumli foydalanishdir.
Birinchi navbatda o‘z pedagogikamizni - o‘zbekona, lekin zamon bilan hamnafas, hamohang ta’lim-tarbiya usullarini yaratmog‘imiz kerak. Buning uchun o‘tmishda unutilgan ulkan sarchashmalar - xalq pedagogikasini puxta, atroflicha o‘rganmog‘imiz va uni bugungi kun pedagogikasiga asos qilib olmog‘imiz lozim. O‘zbek xalqi nafaqat ilm-u fan, madaniyat sohasida, balki axloq- odobga oid qarashlari, pedagogika fanlari bo‘yicha o‘rnak bo‘larli sermazmun xazina - manbaga ega.
Darhaqiqat, bugungi kunda ta’lim-tarbiya tizimida berilayotgan tarbiyaning bosh maqsadi - yoshlar ongiga milliy mafkurani singdirish bo‘lsa, milliy mafkuraning asosiy mohiyati esa, xalq pedagogikasining mazmunini tashkil etuvchi xalqimizning azaliy an’analariga, udumlariga, tiliga, diniga mos g‘oyalar asosida yoshlar ongiga kelajakka ishonch, mehr-oqibat, insof, sabr-toqat, adolat, ma’rifat tuyg‘ularini singdirishdan iborat. Zotan, xalqni ezgulikka chorlovchi, uni jipslashtiruvchi, uyushtiruvchi bunday asosiy g‘oyalar va tuyg‘ularning ildizi milliy an’analarimiz, milliy qadriyatlarimizga borib taqaladi. Masalan, milliy mafkuramiz ham xuddi ana shu qadriyatlar, odatlar, ya’ni xalq pedagogikasi zaminida shakllanadi.
Ulug‘ bobolarimiz yaratgan barcha moddiy va ma’naviy boyliklar, barcha ezgu insoniy fazilatlar, o‘zimizga xos urf-odatlarimiz va qadriyatlarimizni e’zozlash, davlatimiz tomonidan qabul qilinayotgan qonun va me’yoriy hujjatlarimizning asosini tashkil etadi. Bunday go‘zal insoniy fazilatlar, odatlar va qadriyatlarimizning xazinasi, manbai - xalq pedagogikasi, ya’ni xalqimizning o‘z tarixiga ega tarbiya tajribasidir. Ta’lim-tarbiya sohasida qabul qilinayotgan barcha davlat hujjatlarida ana shu munosabatlar yaqqol ko‘zga tashlanib turadi. Xalq doimo bolalarda to‘g‘ri xulq-atvorni tarbiyalash to‘g‘risida g‘amxo‘rlik kilgan va tarbiyalash usullarini o‘zi o‘ylab topgan. Odatda xalqning dono fikrlarini esda saqlab qoluvchi, avloddan-avlodga o‘tkazuvchilar - keksalar bo‘lgan. Qariyalar kishilarning turmush tajribalaridan bahramand bo‘lib, donolik darajasiga ko‘tarilgan, xalq orasidan chiqqan «pedagoglar»dir. Ular yosh avlodga va yosh ota-onalarga o‘z nasihatlari va maslahatlari bilan ta’sir ko‘rsatganlar. Xalqning yuksak orzulari, maqsadlari, e’tiqod, fikrlarini o‘zlarida aks ettirishgan. Shunday qilib, tarbiyachi-enagalar xalq orasida eng yaxshi pedagoglar vazifasini o‘taganlar. O‘zbek xalqining asrlar mobaynida to‘plagan xalq og‘zaki ijodi xazinasi g‘oyat boydir. U xalqimiz ma’naviy madaniyatining oltin xazinasi hisoblanadi.
Keksa avlod vakillari hayot tajribalari asosida to‘plangan, shakllangan dono fikrlarini quyi avlodlarga og‘zaki hikoya, ertak, afsona, rivoyat, topishmoq, matallar shaklida singdirishga, hikmatlari bilan xalq qalbiga kirib borishga intilgan. Xalq ertaklari, topishmoq va matallar orqali bolalarni ota-onalarining, kattalarning maslahatlariga diqqat-e’tibor bilan quloq solishni o‘rgatgan, ertak qahramonlaridan namuna olishga undagan.

Xulosa
Xulosa qilib shuni aytganda ertaklar faqat bolalargagina ta’sir ko‘rsatib qolmasdan, balki ota-onalarning o‘ziga ham, ularning hayot tarziga, qarash va ishonchlariga, axloqiy qiyofalariga ham ta’sir etadi. Xalq xotirasida saqlanayotgan, avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan eng yaxshi ertak va dostonlar, maqol va matallar ashula va topishmoqlar bolalarni tarbiyalaydi, yaxshilikka, mehnat qilishga va haqgo‘ylikka undaydi. Xalq og‘zaki ijodida inson hayotining hamma qirralari aks etgan. Ularda ota-onalarning bolalarni tarbiyalash, parvarish qilish borasidagi yo‘l-yo‘riq va usullari ham o‘z ifodasini topran. Shuning uchun ham hozirgi paytda tarbiyaga ta’sir ko‘rsatuvchi xalq og‘zaki ijodiga bo‘lgan e’tibor kuchayib bormoqda.
Shuni esdan chiqarmaslik kerakki, xalq donishmandligi, an’analar avlodlardan-avlodlarga o‘tish jarayonida shakl jihatidan o‘zgarishlarga uchraydi, lekin o‘z mazmuni, tarbiyaviy ta’sirini yo‘qotmasdan hozirgi va kelgusi avlodlarga xizmat qiladi. Xuddi shu ma’noda xalq pedagogikasini ilg‘or tarbiya g‘oyalari bilan uyg‘unlashtirish, oilaviy tarbiyada qo‘llanilgan an’analarni yildan- yilga shakllanib borayotgan yangilari bilan boyitish, tuzumimiz uchun sadoqatli yoshlarni voyaga etkazish davrimizning eng muhim muammolaridan biridir.
Masalan, xalqimizning qadimdan amal qilib kelayotgan odob- axloq qoidalariga ko‘ra nonga hurmat ulug‘langan va non ushog‘i bexosdan yerga tushib ketsa, «yomon bo‘ladi» deb, uni qo‘lga olib ko‘zga surib o‘pib, chetga olib qo‘yilgan.
Suvga tuflash «gunoh» bo‘ladi, «yomon bo‘ladi» deb tushuntirishgan. qadimda hovuzlarning suvi haftalab, oylab toza turgan. Biror kishi uni «harom» qilishga botinolmagan. Bolalarga bu
«yomon bo‘ladi» iborasi orqali yetkazilgan.
Qozonga mushuk yoki it, sutga sichqon tegsa o‘sha idishlar
«harom» hisoblanib, toza suvda yaxshilab yuvilgan. Kechqurun qozon yuvuqsiz qolsa «harom» bo‘lgan. Kechasi uy supurilmagan, supurgi yotqizib qo‘yilgan. Ikki qo‘lini orqaga tirab chalqancha yotish, barmoqlarni zanjir qilish, oyoqlarni chalishtirib, ko‘pchilik oldida uzatib o‘tirish odobsizlik hisoblangan.


Download 31.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling