Axloqiylik mehvari


Axloqiylik – kishilar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatda butun jamiyat to‘g‘ri deb qabul qilgan xulq-atvor me'yorlariga og‘ishmay amal qilinishidir


Download 95.09 Kb.
bet2/3
Sana21.01.2023
Hajmi95.09 Kb.
#1107953
1   2   3
Bog'liq
Axloqiylik mehvari

Axloqiylik – kishilar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatda butun jamiyat to‘g‘ri deb qabul qilgan xulq-atvor me'yorlariga og‘ishmay amal qilinishidir.
Hech bir jamiyatda yolg‘onchilik, poraxo‘rlik, o‘g‘rilik kabi illatlar axloqan joiz deb hisoblanmaydi va bunday bo‘lishi mantiqan olganda ham imkonsizdir. Masalan, yolg‘onchilik axloqan to‘g‘ri amal sifatida butun jamiyat tomonidan ma'qullanmaydi. Zero, odamlar bir vaqtning o‘zida bir-birini aldashi va ayni damda aldanayotganini bilaturib biror ishga kirishishi inson tabiatga mos emas. Binobarin, kishilar istasalar-da, bu kabi amalni axloqiy me'yorga aylantira olmaydi. Demak, barcha jamiyatlarda dini va tilidan qat'i nazar, aql yordamida tushuntirib bersa bo‘ladigan umumiy, mushtarak axloqiy me'yorlar mavjud.
Bu o‘rinda biz axloqiy me'yorlar ilohiy ko‘rsatmalardan kelib chiqadimi (masalan, Xudo taqiqlagani uchun o‘g‘rilik gunohmi yoki bu ish jamiyatga zarar bergani sababli Xudo uni taqiqlaganmi?) yoki jamoa foydasini ko‘zlab qachonlardir ishlab chiqilgan qoidalar insoniyat taraqqiyoti mobaynida sekin-asta diniy qonunlar tusini olganmi degan falsafiy-tarixiy muammoni emas, umuman bugun din axloq nazoratchisi vazifasini qanchalik o‘tamoqda degan savol atrofida mulohaza yuritamiz. Biz quyidagi fikrlarni inkor etamiz:
Dindan tashqarida axloq bo‘lishi mumkin emas.
Dunyoviylik ma'naviy va axloqiy buzuqliklarning bosh sababidir.
****
Avvalo bugungi kunda qaysi mamlakat aholisi ko‘proq dindor va yana qaysilari dinga nisbatan befarq ekanini aniqlashtirib olsak.
Garchi bu borada qilinayotgan sotsiologik tadqiqotlar xulosalari nisbiy bo‘lsa-da, vaziyatni yetarlicha tasavvur qila olishimizga imkon beradi. Bunda global miqyosda omma fikrini o‘rganish salohiyatiga ega to‘rt tadqiqot markazi – Gallup (AQSh), Ipsos MORI (Britaniya), Pew Research Center (AQSh) hamda Yevropa Komissiyasining maxsus sektori tomonidan o‘tkaziladigan Yevrobarometr tadqiqotlari xulosalaridan foydalanamiz.
Gallupning 2009 yili 114 mamlakatda o‘tkazgan so‘rovi natijalariga ko‘ra, “Din sizning kundalik hayotingizda muhim o‘rin tutadimi?” degan savolga aksar musulmon davlatlari vakillarining 90 foizdan ortig‘i “ha” deb javob bergan bo‘lsa, Yevropa davlatlarida bu ko‘rsatkich o‘rtacha 25 foizni tashkil qilgan. (Bangladesh – 99% +; Niger – 99% +; Yaman – 99% ; Indoneziya – 99%; Malavi – 99%; Shri Lanka – 99%; Buyuk Britaniya – 27%; Gongkong – 24%; Yaponiya – 24%; Daniya – 19%; Shvetsiya – 17%; Estoniya – 16%.)
So‘rovda Italiya (72%), Singapur (70%) va AQShni (65%) istisno qilganda deyarli barcha demokratik rivojlangan davlatlarda dinga nisbatan e'tibor anchagina past natija ko‘rsatgan (Qarang: Gallup Poll – http://www.gallup.com/poll/142727/religiosity-highest-world-poorest-nations.aspx?version=print).
Ipsos MORI tomonidan 2010 yili 24 davlatda o‘tkazilgan nisbatan batafsil xulosalarga ega so‘rovda musulmon respondentlarlarning (Indoneziya, Saudiya Arabistoni, Turkiya) o‘rtacha 61 foizi, hindularning 33 foizi va nasroniylarning 24 foizi o‘zgalarga yordam berishda asosiy turtki diniy e'tiqod ekanini aytishgan: Indoneziya – 84%; Saudiya Arabistoni – 71%; Janubiy Koreya – 45%; JAR – 44%; Hindiston – 36%; Yaponiya – 15%; Belьgiya – 14%; Buyuk Britaniya – 14%; Vengriya – 14%; Frantsiya – 12%; Shvetsiya – 11% (qarang: Ipsos MORI – http://www.ipsos-mori.com/Assets/Docs/Events/ben-page-tony-blair-globalisation-development-and-role-of-religion-july-2011.pdf).
Din XXI asrda axloqiy va umuman ma'naviy qadriyatlar uchun birlamchi asos bo‘la oladimi?” degan savolga berilgan javoblarga e'tibor qarataylik: Saudiya Arabistoni – 92%; Indoneziya – 91%; Hindiston – 69%; Braziliya – 67%; JAR – 67%; Yaponiya – 29%; Ispaniya – 25%; Frantsiya – 24%; Belьgiya – 21%; Shvetsiya – 19%.
Pew Research Centerning ayni mavzuda 2007 yili 47 mamlakatda o‘tkazgan tadqiqotida “Xudoga bo‘lgan ishonch axloq uchun zaruriy asosmi?” degan savolga berilgan javoblar ham shunga o‘xshash natijani takrorlagan (Qarang: Pew Reseach Center http://pewglobal.org/files/pdf/258.pdf): Misr – 99%; Indoneziya – 98%; Iordaniya – 97%; Senegal – 91%;Bangladesh – 90%; Bolgariya – 24%; Buyuk Britaniya – 22%; Frantsiya – 17%; Chexiya – 14%; Shvetsiya – 10%.
Ipsos MORI tadqiqotchilari tomonidan “Muhim davlat xizmatida ishlash uchun mustahkam diniy e'tiqod zarurmi?” deya so‘ralgan musulmonlarning aksari ijobiy (Indoneziya 83%) javob bergan bo‘lsa, nasroniylarda aksincha holat kuzatilgan (Frantsiya 13%, Ispaniya 13%, Shvetsiya 5%). Yaponiyaliklar ham bu masalada nasorolardan qolishmas ekan. Ularning javoblari ham bor-yo‘g‘i 5 foiz natijani ko‘rsatgan.
Xulosalarni umumlashtirishdan avval Yevrobarometrning 2005 yilgi natijalariga ham bir qur nazar tashlasak, tasavvurimiz yanada oydinlashadi. “Siz Xudo yoki biror ruhiy kuchning mavjudligiga ishonasizmi?” degan savolga eng kam ijobiy javobni Shvetsiya (23%), Chexiya (19%) va estoniyalik (16%) respondentlar bergan bo‘lsa, eng yuqori natijani Malta (95%), Kipr (90%) va Gretsiya (81%) ko‘rsatgan. So‘rovda ishtirok etganlarning o‘rtacha 52 foizi Xudoning borligiga ishonishini, 27 foizi qandaydir ruhiy kuchning mavjudligini tan olishini aytgan bo‘lsa, 18 foizi ateist bo‘lib chiqqan.
Natijalarni shunday xulosalashimiz mumkin:
Dinga nisbatan befarqlik nasroniylar orasida kengroq tarqagan;
Musulmon mamlakatlari aholisining aksari o‘z diniga munosabatda boshqa din vakillariga qaraganda dindorroqdir;
Rivojlangan demokratik davlatlarda ateizm va agnostitsizm nisbatan ko‘proq uchraydi.
****
Endi masalaning ikkinchi tomoni – axloqiylik va undan kelib chiquvchi demokratik kayfiyat, inson qadr-qimmati va huquqlari, kishilar o‘rtasidagi o‘zaro ishonch va tolerantlik borasidagi ahvolga diqqat qarataylik. Bunda eng dindor va eng dinsiz mamlakatlardagi vaziyatni ko‘rib chiqamiz.
Har qanday davlatning taraqqiyoti, amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning samarasi qonun ustuvorligi qanchalik ta'minlangani bilan belgilanadi. Qolaversa, qonun ustuvorligi o‘sha mamlakat aholisining axloqi ko‘zgusi hamdir. Shu bois so‘z yuritayotganimiz davlatlarda ayni xususiyatlar qanchalik shakllangani din va axloq o‘rtasidagi munosabatni oydinlashtirishda benihoya muhimdir. Markazi AQShda joylashgan qonun ijrosi va ustuvorligi ta'minlanishi bo‘yicha global miqyosda monitoring olib boruvchi “Jahon adolat loyihasi” (World Justice Project) 2011 yil e'lon qilgan “Qonun ustuvorligi indeksi”ga nazar solsak, jahondagi eng dahriy mamlakatlardan biri bo‘lmish Shvetsiya hukumat faoliyatining ochiqligi, korrupsiya darajasining pastligi, inson huquqlarining ta'minlanishi, davlat boshqaruvi samaradorligi bo‘yicha peshqadam ekanini ko‘ramiz. Keyingi o‘rinlarni esa Norvegiya, Niderlandiya va Yangi Zelandiya egallagan. Aholisining 90 foizidan ko‘prog‘i dindor bo‘lmish Indoneziya (29), Bangladesh (48), Pokiston (63) bu sohada ancha ortda qolgan (World Justice Project. Rule of Law Index 2011 — https://worldjusticeproject.org/sites/default/files/documents/WJP_Rule_of_Law_Index_2011_Report.pdf). “The Econimist” haftanomasi har yili e'lon qiladigan “Demokratiya indeksi”ning 2010 yilgi sonida ham yuqoridagiga hamohang natija qayd etilgan: Norvegiya (1), Daniya (3), Shvetsiya (4) yuqori o‘rinlarni band qilgan bo‘lsa, Indoneziya (60), Bangladesh (83), Pokiston (103) quyida qolib ketgan (Democracy Index 2010. A Report from the Economist Intelligence Unit – http://graphics.eiu.com/PDF/Democracy_Index_2010_web.pdf). Qizig‘i shundaki, eng demokratik musulmon davlati Indoneziya ekan. Binobarin, undan yuqoridagi 59 mamlakat ichida birorta ham musulmon davlati yo‘q. Shtab-kvartirasi Berlinda joylashgan korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha monitoring yurituvchi “Transparensi interneyshnal” nodavlat tashkilotining 2011 yilgi hisobotida (Corruption Perception Index 2011) korrupsiya eng kam tarqalgan to‘rt mamlakat yana o‘sha eng dunyoviy davlatlar – Yangi Zelandiya, Daniya, Finlyandiya va Shvetsiya ekaniga guvoh bo‘lamiz (Transparency International
http://cpi.transparency.org/cpi2011/results). Musulmon davlatlaridan eng yaxshi natija Qatarga (22) nasib qilgan. Aholisi dindorroq davlatlar esa pastki o‘rinlarga tushib qolgan (Iordaniya 56, Saudiya Arabistoni 57, Malayziya 60, Turkiya 61, Indoneziya 100).
Yuqorida keltirilgan ko‘rsatkichlar hisobot e'lon qiluvchi tashkilotlar qo‘llagan mezonlarga bog‘liq bo‘lib, muayyan darajada nisbiy, albatta. Biroq ulardagi umumiylik e'tiborimizni tortmay qolmaydi. Keling, raqamlarning o‘zi bilan kifoyalanmay, real voqelikni kuzataylik.
2011 yil 11 martda yuz bergan zilzila va sunamidan keyin kelib chiqqan yadro inqirozi yapon millatining qanchalar birdam, mas'uliyatli, umuman olganda, axloqan yuksak millat ekanini butun dunyoga namoyish qildi. Yaponiya diniy bag‘rikenglik jihatidan havas qilarli mamlakatdir. Yaponlarning milliy dini shintoizmdan tashqari u yerda buddizm, konfutsizm va daoizm ham keng tarqalgan. Yaponlarning diniy e'tiqodi o‘ziga xos bo‘lib, ularda
«bir emas, bir necha ilohlar mavjud. Xudoning amriga itoatsizlik gunoh ekaniga urg‘u berishdan ko‘ra, poklanish rituallariga ko‘proq e'tibor qaratiladi. Bir kishi birdan ortiq dinga mansub marosimlarda qatnashaveradi. Axloqiy normalar dindan ko‘ra ko‘proq oilaviy hayot va falsafa bilan chambarchas bog‘liq. Axloqiy sifatlar va kamchiliklar ilohiy irodadan ko‘ra ko‘proq inson tabiati va uning nomukammalligi bilan izohlanadi.»

Download 95.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling