Axloqning paydo bo`lishiga oid diniy, ilmiy qarashlar
Avestoning axloq to‘g‘risidagi ta’limoti
Download 25.81 Kb.
|
I topshiriq Sevara Falsafa
2. Avestoning axloq to‘g‘risidagi ta’limoti
Qadimgi Turon va Erondagi axloqiy tafakkur taraqqiyoti zardushtiylik dinining vujudga kelishi bilan bog’liq. Qadimgi Xorazmda yaratilgan, «Avesto» deb atalgan muqaddas kitobda asosiy axloqiy fazilatlar va illatlar sanab o’tiladi, talqin etiladi. Unda zardushtiylik ilohiy Axuramazda - ezgulik, Ahriman esa yovuzlik timsoli sifatida namoyon bo’ladi, ezgulik va yovuzlik, yorug’lik va zulmat, hayot va mamot o’rtasidagi abadiy kurashning ibtidosi aks etadi. Zardushtiylik dinini ma’lum ma’noda axloqiy e’tiqod, uning muqaddas kitobi «Avesto»ni qadimgi ajdodlarimiz amal qilgan axloqiy tushunchalar va ko’rsatmalar majmui deyish mumkin. Buni ushbu din payg’ambari Zardushtning «Avesto»dagi «Asha al- qovi»dan joy olgan quyidagi so’zlaridan yaqqol ko’rish mumkin: «Axuramazda — eng loyiq haqning irodasi ro’yobga chiqib, Ahriman daf bo’lsin. ezgu o’y, ezgu so’z va ezgu ishlarni oqlayman. O’zimni butkul ezgu o’y, ezgu so’z va ezgu amallarga baxshida qilaman, barcha qabih o’y, yomon so’z va yomon ishlardan tiyaman. Haqiqat - oliy ne’mat...». «Avesto»dagi talqinlar insonning real hayoti bilan bog’liq ekanligi, undagi ezgulik ruhi — yaratuvchiliq ijodkorlik quvvati sifatida, yomonlik esa buzish va buzg’unchilik kuchi tarzida namoyon bo’ladi. Ahuramazda kiyofasidagi bu ezgulik - hayot ramzi, erni inson, hayvonot va nabotot bilan boyitadi, inson ularni sog’liq, kuch-qudrat, baxt, shodlik, umid, ishonch, go’zalliq farovonlik yordamida munavvar qiladi. Ahriman «qiyofasidagi yovuzlik esa qurg’oqchiliq ocharchilik, kasallik, jisman va ruhan halokat singari ofatlarni keltirib chiqaradi. Shuni alohida ta’kidlash joizki, «Avesto»da inson oliy jonzot tarzida talqin etiladi. Ayni paytda eru ko’kdagi barcha ne’matlarni sevish, ardoqlash insonning muqaddas burchi hisoblanadi. Ozodalik, tozalik gigienik tushunchadan axloqiy va ilohiy tushuncha darajasiga ko’tariladi. Suvni, atrof-muhitni toza tutish, jonivorlarga inson shafqatli bo’lishi kerakligi ko’rsatiladi. Bularning hammasi «Avesto»da ekologik axloqning dastlabki kurtaklari ham borligini tasdiqlaydi. Xullas, «Avesto» ajdodlarimizning axloqiy-estetik qomusi, qadimiy urf-odatlarimizning o’ziga xos, abadiyatga daxldor majmui sifatida qimmatlidir. Qadimiy ona sayyoramizdagi hayot uch olamdan iborat, deb qabul qilingan. Bular - nabobot, hayvonot va bashariyat olami. Ularning o’zaro munosabatlari zaminimizdagi hayotning asosiy omili hisoblanadi. Har uchalasiga ham paydo bo’lish, rivojlanish, o’zini muhofaza qilish, nasl qoldirishga intilish instinkti berilgan va hayotining bir kunmas-bir kun o’lim bilan nihoya topish qismati belgilangan. Chunonchi, o’simlik urug’dan paydo bo’ladi, rivojlanadi, singan shoxlari o’rnini sirach chiqarib, davolaydi – muhofaza qiladi, urug’ini qoldirib, bir kun quriydi. Hayvon shu xususiyatlar bilan birgalikda sezish a’zolari va qobiliyatiga hamda muayyan darajada idrok etish hislatiga ega. Insonda esa bulardan tashqari mulohaza qilish, fikrlash qobiliyati va uyat hissi, bir so’z bilan aytganda, aql bor. Uni imom G’azzoliy oltinchi sezgi yoki ikkinchi yurak - yurak ichidagi yurak deb ataydi. Ana shu aql ixtiyor erkinligi esa axloqni taqozo etadi. Xulosa qilib shuni ta’kidlash mumkinki, qadimgi ajdodlarimiz axloqni odamni baxtga erishtiruvchi vosita deb bilganlar, uning aniq dunyoviy asoslarini topishga uringanlar. Ularning axloqiy ta’limotlari asosida O’zbekiston xalqlarining yangicha mazmundagi ma’naviy-ahlokiy dunyosi shakllanadi va qaror topadi. Binobarin, O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining asosini xilma-xil shakllardagi mulklar tashkil etayotgan bir vaqtda uni rivojlantirishning ma’naviy-axloqiy negizlarini umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik, xalqimizning ma’naviy merosini mustahkamlash insonning o’z imkoniyatlarini erkin namoyon qilishi va vatanparvarlik tashkil etadi. Axloq - oliy mavjudotga ato etilgan buyuk ne’mat. Shu bois o’zimiz-o’zimizni va iloji bo’lsa, o’zgalarni ham axloqiy tarbiyalash barchamizning muqaddas burchimizdir. Qadimiy ona sayyoramizdagi hayot odatda uch olamdan iborat deb qabul qilingan. Bular — nabotot, hayvonot va bashariyat olami; ularning o'zaro munosabatlari zaminimizdagi hayotning asosiy omili hisoblanadi. Har uchalasiga ham paydo bo‘lish, rivojlanish, o‘zini muhofaza qilish, nasl qoldirishga intilish instinkti berilgan va hayotining bir kunmas-bir kun o‘lim bilan nihoya topish qismati belgilangan. Chunonchi, o'simlik urug‘dan paydo bo‘ladi, rivojlanadi, singan shoxlari o'rnini sirach chiqarib davolaydi — muhofaza qiladi, urug‘ini qoldirib, bir kun quriydi. Hayvon shu xususiyatlar bilan birgalikda sezish a’zolari va qobiliyatiga hamda muayyan darajada idrok etish xislatiga ega. Insonda esa bulardan tashqari mulohaza qilish, fikrlash qobiliyati va uyat hissi, bir so‘z bilan aytganda, aql bor. Uni Imom G‘azzoliy oltinchi sezgi yoki ikkinchi yurak, yurak ichidagi yurak deb ataydi. Ana shu aql ixtiyor erkinligini ixtiyor erkinligi esa axloqni taqozo etadi. Bu fikrni yoyibroq tushuntirish uchun insonning paydo bo‘lishi tarixiga nazar tashlamoq joiz. Avvalo, shuni aytish kerakki, insonning paydo bo‘lishi eng bahsli muammolardan biri hisoblanadi. Bu borada bir-biriga qarama-qarshi ikki qarash mavjud. Biri — diniy, ikkinchisi — dahriycha qarash. Diniy- e’tiqodiy nuqtayi nazardan odamni Xudo yaratgan. Dahriycha qarash esa buni inkor etib, odamni tabiat yaratgan, u tabiatning bir qismi degan g‘oyani ilgari suradi. Ular orasida ingliz tabiiyotshunosi Charlz Darvin (1809—1882) fikrlari alohida e’tiborga molik. Download 25.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling