Axloqning paydo bo`lishiga oid diniy, ilmiy qarashlar


Download 25.81 Kb.
bet4/4
Sana29.09.2023
Hajmi25.81 Kb.
#1689956
1   2   3   4
Bog'liq
I topshiriq Sevara Falsafa

Axloqning vujudga kelishi borasidagi empirik fikrlar. Bu o‘rinda shuni alohida ta’kidlash kerakki, inson aynan hozirgi paytdagi ko‘rinishida yaratilgan degan gap haqiqatdan yiroq. U mohiyatan har tomonlama mukammallikka, komillikka qarab boruvchi, taraqqiyotining mohiyati tadrijiylik bilan belgilanadigan jonzotdir, uning jismoniy, aqliy va axloqiy taraqqiyoti o'zaro bog‘liqlikda rivojlanadi: vaqt mobaynida insonning ham ko‘rinishi, ham tafakkuri, ham axloqiy xatti-harakati o‘zgarib boradi. Shu jihatdan olib qaraganda, odamzodning xunuklikdan chiroylilikka nodonlikdan oqillikka, qo‘pollikdan noziklikka yo‘nalganligi tabiiy hol. Demak, uning axloqiy xatti-harakatlari tadrijiy tarzda noziklashib borgan. Biroq, bunday noziklashuv shaklan qo‘polroq bo‘lgan soddalikdan chekinib, botiniy qo‘pollikni zohiriy nazokat bilan yopishga, niqoblashga ham olib kelgan. Natijada insoniyat tarixi qanchalik ko‘p davrni o‘z ichiga olsa, axloqning xilma-xil ko'rinishlari shuncha ko‘payib borgan. Lekin ularning hammasi, zamonaviy axloq nazariyasiga ko‘ra, ikki katta guruh ostida voqe` bo`ladi, ya’ni axloqiy xatti-harakatlar asos-e’tibori bilan ikki turga bo`linadi. Ulardan biri - obro‘parvarlik (avtoritar) axloqi, ikkinchisi insonparvarlik (gumanitar) axloqi. Endi qisqacha ulaming mohiyati va sifatlari bilan tanishib chiqamiz.
«Obro‘parvarlik axloqiga ko‘ra, - deb yozadi Erix Fromm, - bir odam — obro‘ egasi inson uchun nima yaxshiligini belgilab beradi, o`zni tutish qonun-qoidalari va me’yorlarini ham o‘ylab topadi, o‘rnatadi. Insonparvarlik axloqi esa bu qonun-qoidalar va me`yorlarni o‘zi yaratishi, o`zi boshqarishi hamda ularga o‘zi amal qilishi bilan farqlanadi.
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-oktabrdagi 595-sonli “Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlari odob-axloqining yagona prinsiplari va qoidalarini belgilash, ularning o‘z xizmat vazifalarini vijdonan va samarali bajarishlari uchun shart-sharoitlar yaratish, davlat xizmatida suiiste’molliklarning oldini olish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlarining odob-axloq namunaviy qoidalari (keyingi o‘rinlarda Odob-axloq qoidalari deb ataladi) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Respublika davlat boshqaruvi organlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari ikki oy muddatda:
o‘z faoliyati xususiyatlarini hisobga olgan holda, Odob-axloq qoidalari asosida markaziy apparat, hududiy va tarkibiy bo‘linmalar xodimlari uchun majburiy bo‘lgan xodimlarning idoraviy odob-axloq qoidalarini ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar;
Odob-axloq komissiyasi to‘g‘risidagi nizomni va uning shaxsiy tarkibini tasdiqlasinlar;
ichki mehnat tartib-qoidalarini va boshqa idoraviy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Belgilab qo‘yilsinki, xodimlarning tasdiqlanadigan idoraviy odob-axloq qoidalari Odob-axloq qoidalari talablariga zid bo‘lishi yoki ulardan past darajadagi talablarni nazarda tutishi mumkin emas.
3. Xo‘jalik boshqaruvi organlariga Odob-axloq qoidalari asosida xodimlarning odob-axloq qoidalarini qabul qilish tavsiya etilsin.
4. Belgilab qo‘yilsinki, Odob-axloq qoidalari normalarining buzilishi qonunchilikka muvofiq intizomiy yoki boshqacha javobgarlikka tortish uchun asos bo‘lib hisoblanishi mumkin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga Adliya vazirligi, Mehnat vazirligi bilan birgalikda 2016-yil mobaynida ushbu qarorning qo‘llanishi monitoringini olib borish va tahlil qilish hamda, zaruriyat bo‘lganda, ularning yakunlari bo‘yicha Odob-axloq qoidalarini yanada takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritish tavsiya etilsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi R.V.Abduqodirov 10 kun muddatda, ushbu qaror talablariga qat’iy amal qilgan holda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati xodimlarining odob-axloq qoidalarini Vazirlar Mahkamasi Rayosatiga tasdiqlash uchun kiritsin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari va Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi zimmasiga yuklansin.
Qadimgi musulmon Sharqida axloqshunsolik ikki yo’nalish bo’yicha faoliyat ko’rsatgan: mashshoiygo’ylik va tasavvuf axloqshunosligi. O’rta asrlar musulmon Sharqida mashshoiygo’ylik yoki boshqacha qilib aytganda, arastuchilik oqimini buyuk arab mutafakkiri al-Kindiy boshlab bergan. Uning asoschisi Turkistonlik qomusiy alloma Abu Nasr al-Forobiy (870-950) hisoblanadi. Tasavvuf axloqshunosligining o’lkan nomoyandalaridan biri buyuk yurtdoshimiz Shayx Aziziddin Nasafiydir. (XIII asrning yarmi XIV asrning boshlarida yashab o’tgan). Axloqiy muammolarni o’zining «Zubdat ul-xaqoyiq» (Haqiqatlar qaymog’i), «Insoni komil» (Komil inson) kabi asarlarida bayon etgan Nasaflik bobokolonimiz Arastu izidan boradi, komil inson haqida fikr yuritadi. Uningcha, komil inson, eng avvalo yuksak axloq egasi: uning yerdagi vazifasi halollik va rostgo`ylikni qaror toptirish, yomon rasmrusumlarni yo’qotish, yaxshi, ezgulikka boshlaydigan qonun – qoidalarni joriy etish, odamlarni Xudo tomon da‘vat qilishdir. Bu darajaga yetishish uchun esa inson o’zini anglab yetishi kerak. Uning aytishicha o’zini anglamagan kishi hech narsani anglamay dunyodan o’tadi. O’zini anglash uchun inson xayrli so’z, xayrli ish, xayrli hulq, ma‘rifatli ish qilish kerak.
Kishilik jamiyatida axloqning o'rni bahstalab, ayni paytda, muhim ilmiy va amaliy mavzulardan biri bo'lib hisoblanib kelgan. Zero, axloq to'g'risida ko'plab ilmiy qarashlar shakllangan bo'lsada, bugungi kunda ham axloqning tugal konsepsiyasi vujudga kelgan emas. E’tiborli jihati shundaki, axloq eng qadimgi la’limotlardan sanalsada, u jamiyatda o'z ta’sir ahamiyatini yo'qotgan emas. Ayni paytda, axloqning maqsadi va vosita- lari ancha takomillashgan, murakkablashgan jihatlarini kuzatamiz. Bunday jihat va ulaming muammosi axloq konsepsiyasining shakllanishidagi nazariy asoslardan biri sifatida o'rganilib kelinmoqda. Ushbu shakllangan axloq konsepsiyasida ikki jihat -realizm va axloq dilemmasi o'zini namoyon qiladi. Jamiyat xohish-istaklari asosida qaror topgan ijtimoiy talablarning ijtimoiy ongda aks etishi hozirgi zamon axloq falsafasidagi realizm konsepsiyasidir. Hozirgi zamon axloq falsafasidagi realizm konsepsiyasi rivojiga fenomenologiya yo'nalishi vakillarining ta’limotlari sezilarli ta’sir ko'rsatgan. Fenomenologiya XX asr falsafasidagi yirik yo'nalishlardan biri bo'lib, fenomenlar yoki hodisalar nazariyasi sifatida talqin qilinadi. Fenomenologiya obyektga subyektning ehtiyojlari, talablari nuqtayi nazaridan yondashadi va “subyektsiz obyekt yo'q” degan subyektiv idealistik tamoyilga asoslanadi. Uning1 tanqidiy tig'i faqat tabiiy fanlar tomonidan ta’riflanilgan hodisalarni haqiqiydir, deb qarashga qarshi yo'naltirilgan. Bu oqim ilmiy ontologiyaga asoslangan bir o'lchamli standartlashtirishga, ya’ni tabiiy fanlargina narsalarni aslida qanday bo'lsa, shunday sharhlaydi, deb hisoblaydigan nazariyaga qarshidir. Bu qarashlami G'arbda shakllangan axloqga oid qarashlar bilan qiyoslaganimizda hozirgi zamon realistik axloq konsepsiyasining mohiyatini anglab yetishga imkon tug'iladi. Hozirgi rivojlangan G'arb sivilizatsiyasining asosi inson manfaatlari masalasi bilan bog'liq erkinliklarni himoya qilish zaminida qaror topdi. Shaxs erkini qonunlashtirish g'arbning madaniy jihatdan gullab-yashnashiga sabab bo'ldi. Savdosotiq rivojlandi, insonning yaratuvchilik qobiliyati keng namoyon bo'lib, ilm-fan taraqqiy topdi. Bu sivilizatsiya va uning rivojlanish tezligi sifat va salohiyatda ilg'orlikka intilayotgan barcha mamlakatlarga ta’sir qilmay qolmas edi. Bundan tashqari, XX asr boshlarida paydo bo'lib, keyinchalik birinchi jahon urushiga sabab bo'lgan dunyoni qayta taqsimlash, yer osti boyliklariga egalik qilish istagi dunyoni g'arblashtirish K'oyasini yangi asoslarda rivojlantirishni kun tartibiga qo‘ydi. Mu yerda diqqat bilan qaraganda, shu narsa ko'rinadiki, g‘arbiy cvropa xalqlari garchi inson erkinliklari uchun kurashlar olib I «organ, bu yo'lda ko'plab mamlakatlar hal etolmagan yutuqlarкп erishgan bo‘lsalar-da, bu yutuqlar aslida boylik va kuchqudratga asoslanadi. Erkinlikning boylik va kuch-qudratga ueoslanishi bizga ma’lumki, boshqa xalqlaming erkinliklarini (iyoq osti qilish, ularni iqtisodiy qaram qilish hisobiga bo‘ldi. Insonga erk berish, uni “ochish”, “kashf etish” g'oyalari zamirlda ayollar emansipatsiyasi uchun kurashga ulanib ketdi va bu XIX asr oxirlariga kelib yuqori darajaga ko'tarildi. Ammo hayot shuni ko'rsatadiki, erkinlik, bir tomondan in- *on rivoji uchun sharoit yaratib, iste’dodlar ro'yobga chiqib, llm-fan, texnik taraqqiyot gullagan, iqtisodiy o'sishga sabab bo'lgan bo'lsa, ikkinchi tomondan, ma’naviy qadriyatlarga bepisand qarash, an’analardan voz kechish axloqiy inqirozlar yuz berishiga olib keldi. Zero, inson hayotda yakka o'zi umrtfuzaronlik qila olmaydi, u jamiyat ichida faoliyat ko'rsatadi. lumiyat esa muayyan axloq-odob, qoida-udumlar, insoniy Inrtibotlarga bo'ysunish, burch va ma’suliyatni his etish, oila lha’ni, Vatan, millat sharafi uchun kurashishni talab qiladi. Inson butkul moddiy talablar quliga aylansa, uning hayvondan farqi yo'q. Hamma narsani moddiy ta’minot, boylik bilan o'lchash falsafasi ayrim g'arb xalqlari madaniyati va ina’naviyatida bugungi kunda ko'plab buzilishlarga olib keldi. Ushbu salbiy jarayon uch yuz yil davomida ijtim oiy va ilmiy lexnik taraqqiyotni nazarda tutib qonunlashtirilgan erkinliklar, kuch-qudrat va har qanday (hatto tana go'zalligini ham) moddiy boylikning odob-axloq va ma’naviy go'zallik xislatlaridan ustunligini namoyish qilish oqibatida kelib chiqdi. lismoniy va aqliy kuch, sifat insonlarda barcha muammolurni hal etish vositasiga aylanib bordi. Lekin odob-axloq, ma’naviyat inson ruhiyatiga tegishli xususiyatlar bo'lib, erkinliklami qonunlashtirishda ular borgan sari o'z o'rinlarini yo'qota bordilar. Oqibatda XX asrning ikkinchi yarmida ma’naviy qadriyatlarga begona avlod vujudga keldi. O'zlarining | asosiy maqsadlarini sivilizatsion yetakchilikka, ya’ni asosan siyosiy, harbiy, iqtisodiy va madaniy yo‘lboshchilikka qaratgan evropa sivilizatsiyasi erkinliklarning ma’naviy sifatiga yetarlicha e’tibor qarata olmadi (bu holat hozir ham davom yetmoqda). Ma’naviyatdagi bu oqsoqlik uzoq yillar davom etgan texnokratik dunyoqarash soyasida yashirinib keldi. Ko'p asrlar davomida diniy an’analar va u belgilagan qoidalar bag*rida yashagan yevropa sivilizatsiyasi taraqqiyot yo'lin i! boylik va kuch-qudratga bo'lgan intilishni qanoatlantirishda deb bildi va insonga barcha sharoitlar, imkoniyatlarni ana shu asosda yaratib berishga urunishni uni «m a’naviy va’zlar»danl xalos qiluvchi vositaga aylantirib bordi. Ma’naviy-axloqiy qadriyatlardan begonalasha borish, XXl asrning 60-70-yillariga qadar ayollar erkinliklari, ulaming] huquqlarini erkaklar bilan tenglashtirishga urunish g'arbda yuksak darajaga ko'tarildi. Ayollar huquqlarining kengaytirilishiga faqat ular tomonidan olib borilgan kurashlargina sabab bo'ldi, deyish xato bo'lar edi. Bunga ularda ham erkaklar kabi barcha sohalarda yaratuvchanlik qobiliyati, turli yo'nalishlardagi mehnat majburiyatlarini eplay olish salohiyati mavjudligini isbotlovchi uzoq davom etgan kuzatishlar, ijtimoiy tadqiqotlar natijalari ham sabab bo'lgan edi. Shu ma’noda ayollarga moddiy ishlab chiqarishda erkaklar barobarida turish va shu orqali jamiyatda o'z o'mini bel- ! gilashga ruxsat etildi. G'arb buni hozirga qadar ayollar huquqlarini muhofaza qilish sifatida talqin etib kelmoqda va bu talqinni boshqa hududlarga eksport qilishga urinmoqda. G'arb jamiyati maqsadlarining tubida yotgan ma’naviyatga befarqlik, loqaydlik xuddi ana shu - ayollar erkinliklarini yaratish bilan yuzaga chiqib qoldi. Ayollar emansipatsiyasi, birinchi navbatda, oila va nikoh tushunchalari ildizlariga bolta urdi. Oila va nikoh qadriyatlari Yevropada ayollar ozodligini bo'g'uvchi, cheklab turuvchi vosita sifatida tanazzulga
Download 25.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling