Axloqning paydo bo`lishiga oid diniy, ilmiy qarashlar
Download 25.81 Kb.
|
I topshiriq Sevara Falsafa
Talab va ehtiyoj - murakkab, ko’p qirrali hodisadir. Insonning talab-ehtiyojlarining kelib chiqishi va shakllanishi sabablari ijtimoiy taraqqiyot bilan bevosita bog’liqdir. Muayyan talab va ehtiyoj bo’lmasa, inson axloqining ham muayyan shakli vujudga kelmaydi. Talab-ehtiyojlar insonni axloqqa undaydi, axloq esa yangi-yangi talab-ehtiyojlarni keltirib chiqaradi. Inson talab - ehtiyojlarining eng oliy sifatlari axloqiy eqtiyojlardir. Shunday ekan, axloqiy ehtiyojlarda barcha moddiy va ma’naviy ehtiyojlar jamlangan, deyish mumkin.
Axloqiy madaniyat va munosabat, faoliyat va ijod, ong va g’oya, did va baho kabi qator tushuncha va kagegoriyalarni axloq ehtiyoji, degan tushuncha yordamisiz to’g’ri va to’liq tushuntirib bo’lmaydi. Umumbashariyliq ko’pqirraliq yaxlitliq beg’arazliq milliylik va baynalmilallik hozirgi istiqlol davrida axloqiy ehtiyojlarning mushtarak tamoyillaridir. Axloqiy faoliyat esa shaxsning shakllanishi, kamol topishiga sabab bo’ladi. Shu tarifa axloq inson faoliyati shakllarining, insoniylik ya’ni komillik mezoniga aylanib boradi. Insonning axloqi uning ongi, bilimi va badiiy didiga bevosita bog’lik. Etika fani axloqning kelib chiqishi va mohiyatini, kishining jamiyatdagi axloqiy munosabatlarini o’rganadi. Axloqni umumiy tushuncha sifatida olib, uni doira shaklida aks ettiradigan bo’lsak doiraning eng kichik qismini odob, undan kattaroq qismini xulq eng qamrovli qismini axloq egallaydi. U o’zining tarixiy taraqqiyotida quyidagi vazifalarni bajargan: -umuminsoniy madaniyat tizimida insonning tabiiy hislatlarini; -jamiyatda yashovchi har bir shaxsni har tomonlama kamol toptiruvchi ma’naviy-ijtimoiy omillarini; -kishilarning ichki tuyg’ularini, hissiyotlarini o’stirib, umuminsoniy moddiy va ma’naviy qadriyatlarni anglab etish, ularni asrash va kelgusi avlodga etkazib berishni; -oila va kundalik turmushda mavjud bo’lgan oilaviy burch, o’zaro hurmat, sadoqat, or-nomus kabi an’analarni avloddan-avlodga o’tkazish asosida davom ettirish vazifasini; -adolatli jamiyat qurish va unda boy-badavlat, tinch-totuv, baxtli yashash g’oyasi va boshqalar. Bu o’rinda shuni alohida ta’kidlash joizki, axloqiy tarbiya natijasida odoblilik - yuksak axloqiylikka aylangani kabi, axloqiy tarbiya yo’lga qo’yilmagan joyda shaxs vaqti kelib, odobsizlikdan - axloqsizlikka o’tishi mumkin. Inson o’z tajribasi orqali erishgan donishmandlik namunalarini hikmatlar, naqllar, matal-maqollar tarzida bayon etadi, boshqalarni ahloqiy qonun-qoidalarga o’rgatadi. Aflotun, Arastu, Epikur, Stisteron, Seneka, Avgustin, Forobiy, Ibn Sino, Iazzoliy, Nasafiy, Spinoza, Kant, Gegel, Shopengauer, Feyerbax, Kerkegor, Nistshe singari buyuk faylasuflar yaratgan axloq nazariyasiga doir ta’limotlar bilan birgalikda «Patanjali», «Kutadg’u bilig», «Qobusnoma», Sa’diyning «Guliston», Jomiyning «Bahoriston», Navoiyning «Mahbub ul-qulub», Montenning «Tajribanoma», Laroshfukoning «Hikmatlar», Gulxaniyning «Zarbulmasal» kabi amaliy axloqqa bag’ishlangan asarlarida axloq to’g’risida batafsl to’xtalib o’tiladi. Download 25.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling