Yuqorida aytib o’tilganlardan tashqari axloqshunoslikning quyidagi mezoniy tushunchalari ham mavjud: Yuqorida aytib o’tilganlardan tashqari axloqshunoslikning quyidagi mezoniy tushunchalari ham mavjud: - shafqat;
- nomus;
- qadr-qimmat;
- ideal;
- hayotning ma’nosi;
- baxt;
- o’lim va o’lmaslik
Asosiy mezoniy tushunchalar singari axloqiy tamoyillar ham axloqiy anglash shakllaridan hisoblanadi. Ularda axloqiy talab nisbatan umumiy tarzda ko‘zga tashlanadi. Ular jamiyat tomonidan shaxsga qo‘yiladigan talab shaklida namoyon bo'lib, insonning axloqiy mohiyatini, uning hayoti mazmunini, odamlar bilan o‘zaro aloqalaridagi asosiy jihatlarni belgilab beradi. Natijada tamoyillar, inson xatti- harakatining umumiy yo‘nalishini ko'rsatgan holda, ko‘pgina axloqiy me’yorlar uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Axloqiy tamoyillarning eng qadimiy va eng muhimlaridan biri — insonparvarlik. U — insonning yuksak ijtimoiy vazifasini belgilaydigan va barqaror etadigan g‘oyalar, qarashlar va e’tiqodlar majmui, shaxs erki, qadr-qimmati, uning baxtli bo‘lish huquqini talab etish imkonining mavjudligiga yengilmas ishonch. U umuminsoniy qadriyatlar sirasiga kiradi. - Axloqiy tamoyillarning eng qadimiy va eng muhimlaridan biri — insonparvarlik. U — insonning yuksak ijtimoiy vazifasini belgilaydigan va barqaror etadigan g‘oyalar, qarashlar va e’tiqodlar majmui, shaxs erki, qadr-qimmati, uning baxtli bo‘lish huquqini talab etish imkonining mavjudligiga yengilmas ishonch. U umuminsoniy qadriyatlar sirasiga kiradi.
- Agar insonparvarlik tamoyili shaxsning barcha insoniy haq-huquqlari himoyasida tursa, ya’ni, ancha keng qamrovli va umumiy intilish bo'lsa, erkparvarlik tamoyili uning m a’lum m a’noda muayyanlashgan bir qismi hisoblanadi. Erkparvarlik insonning eng oliy huquqi — erkin, ozod yashash huquqini himoya qilishi bilan muhimdir. Zero, erksiz inson - asir, erksiz millat - qul, erksiz mamlakat - mustamlaka. Erkparvarlik, awalo, o‘z millati, o‘z Vatani erki uchun, qolaversa, boshqa millatlar va vatanlar erki uchun kurashni hayotining maqsadi qilib qo'ygan insonlar tamoyilidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |