Axloqshunoslikning asosiy mezoniy tushunchalari, tamoyillari va me’yorlari


Download 110.54 Kb.
bet4/5
Sana14.12.2022
Hajmi110.54 Kb.
#1005387
1   2   3   4   5
Bog'liq
Axloqshunoslikning asosiy mezoniy tushunchalari, tamoyillari va

Eng ma’lum va mashhur tamoyil, bu vatanparvarlik. U insonning o‘z Vataniga muhabbatini, uni asrab- avaylashga bo‘lgan ishtiyoqini anglatuvchi axloqiy tushuncha. Uni ko‘pincha Vatan dushmanlariga qarshi ma’naviy-mafkuraviy qurol sifatidagina talqin etadilar. Aslida esa u eng awalo, o‘z vatandoshlari erkini asrash uchun kurash, inson ozodligi yo‘lidagi xatti-harakatlardir. Vatan himoyasi, bu — inson himoyasi, millat himoyasi. Lekin bu himoya, yuqorida aytganimizdek, faqat jang maydonida emas, balki barcha sohalarda ham namoyon bo‘lishi mumkin.

  • Eng ma’lum va mashhur tamoyil, bu vatanparvarlik. U insonning o‘z Vataniga muhabbatini, uni asrab- avaylashga bo‘lgan ishtiyoqini anglatuvchi axloqiy tushuncha. Uni ko‘pincha Vatan dushmanlariga qarshi ma’naviy-mafkuraviy qurol sifatidagina talqin etadilar. Aslida esa u eng awalo, o‘z vatandoshlari erkini asrash uchun kurash, inson ozodligi yo‘lidagi xatti-harakatlardir. Vatan himoyasi, bu — inson himoyasi, millat himoyasi. Lekin bu himoya, yuqorida aytganimizdek, faqat jang maydonida emas, balki barcha sohalarda ham namoyon bo‘lishi mumkin.
  • Yana bir muhim axloqiy tam oyil, bu millatparvarlik. U, ma’lum ma’noda, vatanparvarlik tamoyilining yanada muayyanlashgan shakli. Zero, millatni sevish keng ma’noda Vatanm sevish degani. Vatansiz millatning bo‘lishi yoki rasmana erkin va baxtli yashashi mumkin emas.
  • Fidoyilik, ziyolilik, mehnatsevarlik, tinchlikparvarlik, mardlik, mehmondo’stlik kabilar ham axloqshunoslikning asosiy tamoyillaridan hisoblanadi.

AXLOQIY ME’YORLAR

Inson hayotida axloqiy me’yorlar ham katta ahamiyatga ega. Ular tamoyillarga nisbatan ancha sodda, umumlashmagan, tor qamrovli. Ularni kundalik hayotimizda muayyan axloqiy fazilatlarni aks ettirgan tushunchalar va tamoyillarning amalga oshish murvatlari ham deyish mumkin, ular axloqiy talablaming eng oddiy, lekin keng tarqalgan shakli sifatida ro'yobga chiqadi. Halollik, rostgo‘ylik, hayolilik, insoflilik, xushmuomalalik, boodoblik, kamtarlik singari me yorlar ayniqsa diqqatga sazovor.

    • Halollik vijdon, adolat va burch kabi axloqshunosiik mezoniy tushunchalari bilan bog‘liq, insonning o‘zgaga munosabati o‘ziga munosabatidek sof, pokiza bo‘lishini talab qiladigan axloqiy me’yordir. Dastawal u diniy tushuncha sifatida vujudga kelib, har bir musulmonning yemak-ichmagi, iqtisodiy xatti-harakatlari sifatini belgilab beruvchi shar’iy me’yordir.

Halollik
    • Rostgo‘ylik yoki to‘g‘ri so'zlilik insonning haqiqatga intilishi bilan bog‘liq, haqiqat esa doimo sinfiylik-tabaqaviylik, partiyaviylik-mafkuraviylik va tarixiylik-davriylikdan yuqori turadi. Haqiqatning ifodaviy shakllaridan biri rostgo'ylikdir.

Rostgo’ylik
    • Bu me’yor xulqiy go‘zallikning asosiy belgilaridan hisoblanadi. U, garchand, bir qarashda, uyat hissi bilan о xshash bo lsa- da, aslida o‘zini ko‘proq andisha va iboga yaqin fazilat tarzida namoyon qiladi, unda axloqiy mohiyat estetik xususiyat — nafosat bilan uyg‘unlashib ketadi.

Hayolilik
    • Insoflilik ham halollik kabi vijdon tushunchasi bilan bog‘liq, ma’lum ma’noda halollikka o'xshab ketadi. Lekin bu yuzaki taassurot. Chunki, halollik o‘z haqi va haqqini, ya’ni moddiy va ma’naviy huquqini o‘zgalarning haqi va haqqiga xiyonat qilmagan holda ajratib yashashni anglatadi. Insoflilik esa ijobiylikda halollikdan ham bir qadam oIg‘a tashlangan holatdir: unda kishi o‘z halol haqi va haqqidan o‘zganing hisobiga kechadi.

Insoflilik

Download 110.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling