Axloqshunoslik fanida qo’llaniladigan barcha tushunchalarni uch guruhga bo’lish maqsadga muvofiqdir: - Birinchisi – axloq ilmining mezonini ifodalovchi tushunchalar;
- Ikkinchisi – axloqiy tamoyillar;
- Uchinchisi – axloqiy me’yorlar.
Axloq ilmining mezonini ifodalovchi tushunchalar. - Muhabbat bosh mezoniy tushunchadir. Na ezgulikni, na yaxshilikni, na vatanparvarlikni, na insonparvarlikni muhabbatsiz tasavvur etib bo’lmaydi. U me’yorlar, an’analar, qonunlarga bo’ysunmaydi. Lekin yuksak axloqiylik ifodasi tarzida insonga yuksak mas’uliyat yuklaydi, uni jasoratga chorlaydi. U insonni tashqi olam bilan bog’laydigan, uni yolg’izlikdan olib chiqadigan buyuk kuch sanaladi.
- Muhabbat ham ko’pgian axloqshunoslikdagi tushunchalar singari “juftlik” xususiyatiga ega. Uning ziddi – nafrat. Nafrat tushunchasi muhabbat singari keng qamrovli emas. U aksil muhabbat tarzida namoyon bo’ladi, obyektdan chetlashishni, undan begonalashishni taqozo etadi.
Asosiy tushunchalar orasidagi yana bir juftlik ezgulik va yovuzlikdir. Ezgulik axloqshunoslikning eng muhim kategoriyalaridandir. U insonga eng kuchli ma’naviy lazzat bagishlaydigan, uni ijtimoiy shaxsga aylantirib, haiqiqy baxtga olib boruvchi fazilat. Yovuzlik esa ezgulikni inkor etgan holda unga qarshi yuradi. U insooni tubanlikka olib boradi. - Asosiy tushunchalar orasidagi yana bir juftlik ezgulik va yovuzlikdir. Ezgulik axloqshunoslikning eng muhim kategoriyalaridandir. U insonga eng kuchli ma’naviy lazzat bagishlaydigan, uni ijtimoiy shaxsga aylantirib, haiqiqy baxtga olib boruvchi fazilat. Yovuzlik esa ezgulikni inkor etgan holda unga qarshi yuradi. U insooni tubanlikka olib boradi.
- Axloqshunoslikning yana bir asosiy mezoniy tushunchasi – adolat. Uning ezgulik va yovuzlik hamda yaxshilik va yomonlikdan asosiy farqi shundaki, adolatning o ‘zi biror-bir qadriyatni anglatmaydi, lekin qadriyatlar orasidagi nisbatni belgilaydi, ularni baholash maqomiga ega. Shu bois unda jamiyatni tartibga soluvchilik xususiyati bor.
- Yana bir muhim mezoniy tushuncha — burch. Burch, mohiyatan, jamiyat, davlat va shaxslarga nisbatan muayyan individdagi munosabat, ular oldidagi majburiyat.
- Axloqshunoslikning nihoyatda ta’sir doirasi keng tushunchalaridan biri vijdondir. Vijdon — Zigmund Froyd ta’biri bilan aytganda, a’lo men, men ustidan nazorat o‘matib, uni boshqarib turuvchi ikkinchi bir, yuqori darajadagi men. Agar uyat hissi insonning tashqi, jamiyatga bog‘liqligidan kelib chiqsa, vijdon uning ichki o‘z-o‘ziga bog‘liqligini namoyon etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |