Mustaqil ish kafedra nomi: Ijtimoiy fanlar Mavzu: Ahloqshunosliknimg asosiy qoida va tushunchalari Bajardi


Download 39.18 Kb.
bet1/3
Sana25.02.2023
Hajmi39.18 Kb.
#1229562
  1   2   3
Bog'liq
2 5201893298892973293



Samarqand iqtisodiyoti va servis istituti Servis fakulteti TFT-422 guruh

MUSTAQIL ISH
Kafedra nomi: Ijtimoiy fanlar
Mavzu: Ahloqshunosliknimg asosiy qoida va tushunchalari

Bajardi: Ergasheva. M
Qabul qildi: Aliqulov.Q



  • Ahloqshunosliknimg asosiy qoida va tushunchalari



  • Reja:



  • Kirish.

  • Ahloqshunoslik fanining kelib chiqish tarixi, etika tushunchasi.

  • Ahloqshunosli fanining asosiy mezoniy tushunchalari va fanlar bilan aloqadorligi.

  • Ahloqshunoslikning o’ziga xos hususiyatlari va asosiy vazifalari.

  • Xulosa.

  • Foydalanilgan adabiyotlar.


Kirish

  • Ahloqshunoslik fanining kelib chiqish tarixi, etika tushunchasi

Siz axloq, xulq, odob haqida bog‘chada ham, maktabda ham, oilada ham, ma’raka-yig‘inlarda ham ko‘p eshitgansiz, radio-televideniye, matbuot doim axloq to‘g‘risida gapiradi. Hadislar-u rivoyatlar, mashhur imom-xatiblarning va’zlari-yu she’r-u romanlar, masal-u matallar —hammasi bitta narsaga qaratilgan: inson bolasi yuksak axloq egasi bo‘lmog‘i lozim. Xo‘sh, axloq o‘zi nima? Axloq–kishilarning bir-birlariga, oilaga, jamiyatga boʻlgan munosabatlarida namoyon boʻladigan xatti-harakatlari, xulq-atvorlari, odoblari majmui. Huquqdan farqli ravishda axloq talablarini bajarish-bajarmaslik maʼnaviy taʼsir koʻrsatish shakllari (jamoatchilik tomonidan baho berish, qilingan ishni maʼqullash yoki qoralash) bilan belgilanadi. Axloqshunoslik hamma davrlarda ham yuksak ahamiyat kasb etib kelgan fan. Faqat zulm va zo‘ravonlik, adolatsizlik va huquqsizlikka asoslangan totalitar tuzumlardagina u yolg'onga bo‘ysundirilgan, soxtalashtirilgan hamda shu yo‘l bilan ahamiyati pasaytirilgan. Mamlakatimiz mustaqillikka erishishi sharofati bilan yana axloqshunoslik ko‘z yuksak mavqeyini egallab bormoqda. Ushbu darslikning vujudga kelishi va chop etilishi ham buning bir isbotidir. Ahloqshunoslik fani esa bir necha ming yillik tarixga ega bolgan qadami ya fan hisoblanadi. U bizda ‘’ ILMI RAVISH ,, ‘’ ILMI AHLOQ ,, ‘’AHLOQ ILMI,, ‘’ ODOBNOMA ,, singari nomlar bilan atab kelingan. Yevropada esa ‘’ ETIKA ‘’ nomi bilan mashhur bo’lib biz ham yaqin yaqingacha shunday atar edik. Etikaga doir dastlabki tushunchalar shumerliklarning „Me“ qonunlar majmuida uchraydi. Undagi „ Namlul“ tushunchasi insonparvarlik, ezgulik maʼnolarini anglatgan. Bobil podshosi Xammurapi qonunlarida, „Pxatoten oʻgitlari“, „Misr mayyitlar kitobi“, Avesto kabi qadimiy yodgorliklarda axloqiy tamoyillar va meʼyorlar qonunlar, eʼtiqodiy daʼvatlar shaklida berilgan, U dastlab manzildoshlik, yashash joyi keyinchalik esa odat, fel, fikrlash tazi singari ma’nolarni anglatgan bo’lib, yunoncha ‘’ Ethos ,, so’zidan oligan. Bu so’zning aynan yunon tilidan olingani bejizga emas chunki uni birinchi bo’lib yunon faylasufi Arastu ilmiy muomalaga kiritgan. Arastu fanlarni tasniflash jarayonida ularni uch guruhga bo’ladi: birinchi guruh - amaliy fanlar, ikkinchi guruh – nazariy fanlar, uchunchi guruhga esa – ijodiy fanlarni kiritadi. Shunday qilib, yunonlar ahloq haqidagi talimotni fan darajasiga ko’targanlar. Biroq bizda milliy–mintaqaviy, ahloqiy qadriyatlarimizning, dastlabki axloqiy kitob ,,Avesto “ buning yorqin dalilidir . Axloqning shakllanishida va uning ijtimoiy oʻrnida dinning ahamiyati katta. Dinning asosiy maqsadlaridan biri, insonga yomonlikning zararlarini bayon qilish hamda yomon yoʻlga kirib ketganlarni toʻgʻri yoʻlga daʼvat etishdir. Dinlarda toʻgʻri yoʻlga chorlash, umuman yaxshilik va yomonlik tushunchasi turlicha boʻlishi, hatto bir-biriga zid kelishi mumkin. Zardushtiylikning muqaddas kitobi Avestoda yaxshilik va ezgulik xudosi Ahuramazda bilan yomonlik va yovuzlik xudosi Axramanyu oʻrtasidagi kurash abadiy davom etadi, axloq bu kurashning ifodasidir, degan gʻoya ilgari suriladi. Xristianlik, yahudiylik va boshqa dinlarda ham yaxshilik va yomonlikning oʻz ifodasi bor. Islomda, uning muqaddas kitobi Qur’oni Karimda axloq masalasiga alohida eʼtibor berilgan. Qur’oni Karim bajarishga buyurgan yaxshi xulqlarga insonlar amal qilishsa, oʻzlari uchun katta baxtga sazovor boʻladilar. Qur’oni Karimda toʻgʻri yoʻlga yurishlik istiqomat (oʻzini oʻzi isloh qilish) tushunchasida ifodalangan. Qur’onda istiqomatda boʻlganlarga, yaʼni oʻz-oʻzini isloh qilganlarga katta vaʼdalar berilgan. ,,Axloq”-arabchadan olingan bo’lib, insonning muomala va ruhiy xususiyatlari majmuini, fe’lini, tabiatini anglatadigan ,,Xulq” so’zining ko’plik shaklidir. Atoqli faylasuf Erkin Yusupovning: «Umuman, axloq ijtimoiy munosabatlar zaminida alohida shaxs sifatida mavjud bo‘lgan insonlarning o‘z-o‘zini idora qilish shakllari va me’yori, o‘zaro muloqot va munosabatlarda ularga xos bo‘lgan ma’naviy kamolot darajasining namoyon bo'lishidir», — degan ta ’rifi ham diqqatga sazovor.
,,Ahloq” iborasi esa ikki xil manoga ega: umumiy tushuncha sifatida u fanning predmetini anglatsa, muayyan tushuncha sifatida inson fe’l atvori va xatti harakatining keng qamrovli qismini bildiradi. Ahloq barcha odamlar uchun birdek taaluqli hisoblangan, ijtimoiy talablar hamda ehtiyojlarning munosabatlar ko’rinishidan iborat bo’lgan ixtiyor ekanligining xatti harakatlar jarayonida ichki iroda kuchi tomonidan oqilona cheklanishini taqazo etuvchi manaviy tushuncha.
Etika - axloq haqidagi ilmiy nazariyadir. Etika - falsafiy fan. Etika fanining predmeti axloq uning kelib chiqishi va mavjudlik qonunlaridir. U axloqning sifat chegaralarini ifodalaydi, axloq va odobni tahlil qiladi, insonni malum tamoyillarga ko’ra tarbiyalash to’g’risidagi malakani shakillantiradi. Etikaning boshqa ijtimoiy - gumanitar fanlar-filosofiya, milliy istiqlol g’oyasi, asosiy tushuncha va tamoyillar, sotsiologiya, sotsial psixologiya, pedagogika, huquqshunoslik tarix, adabiyot, etnografika, etika hamda hokazolar bilan aloqasi ham mavjud. Etikaning kategoriyalari axloqning eng muhim jihatlari va unsurlarini ifidalovchi tushunchalar ekanligi. Etika kategoriyalarining ijtimoiy tabiati va ularning ahloqiy takomil jarayonida mazmunan boyib borishi. Etika kategoriyalar tizimi: yaxshilik va yomonlik kategoriyalari, adolat, burch, or – nomus, vijdon, hayotning umumiy yo’nalishi, uning o’z oldiga qo’ygan asosiy vazifalaridan iboratdir. Insoniyat taraqqiyotida axloq muhim oʻrin tutadi. Sharqning buyuk mutafakkirlari insonni axloqiy kamol toptirish, uni har tomonlama rivojlantirish, maʼnaviy qiyofasini shakllantirish jamiyat taraqqiyotining muhim omillaridan biri, deb qarashgan. Inson axloqiy, umuman maʼnaviy va maʼrifiy jihatdan kamol topishi jarayonida turli tarixiy bosqichlardan –johillik, nodonlikdan ilmga, yovuzlikdan ezgulikka, vahshiylikdan insoniylikka oʻtarkan, jamiyat ham shu tariqa rivojlanadi. Ikki muqobil ibtido –yovuzlik va ezgulik, jaholat va kamolatning oʻzaro kurashi inson va jamiyat taraqqiyotini belgilagan, inson aql-zakovat sohibi sifatida oʻzini anglashiga olib kelgan. Bu ikki muqobil kuch kurashi jamiyatdagi mavjud ijtimoiy munosabatlarda ifodalansa, insonga nisbatan uning ichki olamiga xos nafs bilan qalb, aql bilan aqlsizlik oʻrtasidagi kurashda ifodalanadi. Axloq muayyan jamiyat va davrda oʻzgarishlarga uchrashi, rivojlanishi, soʻnishi mumkin. Har bir xalqning yoki millatning oʻziga xos axloqi bilan bir qatorda, umumbashariy axloq meʼyorlari ham bor. Bunday axloq meʼyorlari jamiyatning umumiy taraqqiyotiga samarali taʼsir koʻrsatadi.

  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling