Axmadqulov Zokirjon Farxodjon-o’g’li


Download 1.67 Mb.
bet2/19
Sana13.11.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1771574
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi n

43

II.

Ishlab chiqarishni avtomatlashtirish................................................

46

2.1.

Texnologik jarayonni avtomatik boshqarish.........................................

46

III.

Iqtisodiy samaradorlik ko’rsatkichlari............................................

50

3.1.

Ish vaqti fondini rejalashtirish.............................................................

51

IV.

Mehnat muhofazasi va atrof muxitni muhofaza qilish.......................

55




Xulosa......................................................................................................

65




Foydalanilgan adabiyotlar.................................................................

68




Ilovalar………………………………………………………………….

70



KIRISH
Ayni vaqtda mamlakatiniz bosib o’tgan taraqqiyot yo’lining chuqur tahlili, bugungi kunda jahon bozori kon’yunkturasi keskin o’zgarib, globallashuv sharoitida raqobat tabora kuchayib borayotgani davlatimizni yanada barqaror va jadal sur’atlar bilan rivojlantirish uchun mutlaqo yangicha yondashuv hamda tanoillarnini ishlab chiqish va ro’yobga chiqarishni taqozo etmoqda (Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами, 2017 й., 6-сон, 70-модда).
Ushbu qonun xujjatlarida keltirilgan manbalarga asoslanib Markaziy Qizilqum fosforitlari Afrika-Arab xududlardagi yirik fosforit konlariga o’xshash donador turlarga kiradi. Fosfat xom ashyosi zahirasi 100% P2O5 hisobida 40,5 tonnani tashkil etib, O’zbekiston Respublikasini fosforli o’g’itlarga bo’lgan talabini 95 yildan ortiq qondira oladi [1].
Shuni alohida aytish joizki, Qizilqum fosforitlari tarkibidagi asosiy komponent hisoblanmish fosfor bo’yicha past navli rudalarga tegishlidir. Ruda tarkibida ko’p miqdorda karbonatli birikmalar (kalsiy moduli – CaO:P2O5=2,85), gilli minerallar va organik moddalar mavjud. Qizilqum fosforitlarini qazib olishda undagi asosiy komponent fosforning konsentratsiyasini samosval-radiometrik usul yordamida aniqlashda fosforitlar bir necha navlarga bo’linadi. O’ta past navli ruda bu minerallashgan massa bo’lib, undagi P2O5 miqdori 10-12% tashkil etadi va ayni kunda chiqindi sifatida tashlab yuborilyapti.
Yuqori konsentratsiyali fosforli o’g’it - ammofos olish uchun Qizilqum fosforitlari boyitilishi zarur. Bugungi kunda Navoiy tog’ - metallurgiya kombinatida fosforitning 19,5-20,5% va undan baland P2O5 tutgan yuqori navli qismi zarrachalari aniq bir o’lchamga keltirilguncha quritiladi va maydalaniladi, so’ngra esa klassifikatsiyalanadi. Keyin fosforit uni quruq boyitish usuli yordamida 21-22% P2O5 gacha kontsentrlanadi. Quruq usulda boyitilib chiqqan fosforit uni o’choq bo’limiga yuboriladi va bu yerda u 850-900oC haroratda kuydiriladi. Natijada uglerod dioksidi 85-90% chiqib ketadi, organik moddalar esa to’liq yonib ketadi. Kuydirish jarayonidan keyin hosil bo’lgan termokonsentratdagi fosfor miqdori 24-25% ga yetadi, biroq CaO: P2O5 nisbati – yuqoriligacha (2,05-2,10) qoladi. 2014 yildan hozirgi kungacha Navoiy viloyatining Zarafshon shahrida unumdorligi yiliga 716 ming tonna termokonsentrat chiqaradigan kuydirish qurilmasi ishlab turibdi. Boyitish texnologiyasining murakkabligi hamda issiqlik va energetik harajatlarning yuqoriligi sababli fosforit konsentrati, shuningdek undan olinadigan fosforli o’g’itlarning tannarhini sezilarli oshishiga olib kelyapti.
Bugungi kunga kelib yiliga 716 ming tonna kuydirilgan konsentrat va 200 ming tonna atrofida fosforit uni mos ravishda ammofos, suprefos, ammoniy sulfatfosfat, nitrokalsiyfosfat va oddiy superfosfat o’g’itiga qayta ishlanayapti. O’zbekiston Respublikasi qishloq xo’jaligining fosforli o’g’itlarga bo’lgan talabi 518,27 ming tonna 100% li P2O5 ni tashkil etadi. Kimyoviy korxonalar: «Ammofos-Maksam» AJ, «Qo’qon superfosfat zavodi» AJ, «Samarqandkimyo» AJ 146 ming tonna atrofida 100% li P2O5 hisobidagi o’g’it ishlab chiqaradi. Bu miqdor qishloq xo’jaligi talabining 25% ini tashkil qiladi va Olmaliq shahridagi «Ammofos-Maksam» AJ kuydirilgan foskonsentratning yetishmasligi sabab to’la quvvatda ishlamayapti.
Katta miqdordagi mergel va kabonat (minerallashgan massa) jinslari yuqori bo’lgan past navli fosforitlar chiqindi sifatida atrofga yig’ilib bormoqda. Kelajakda Qizilqum fosforit kombinatining kengayishi hisobiga qazib olinayotgan ruda miqdori 4000 tonnaga yetadi. Albatta buning natijasida past sifatli fosforitlar hajmi ortib boradi.
Ilmiy-texnikaviy adabiyotlar tahlili, Qizilqum fosforitlarini har xil turdagi fosfor tutuvchi kompleks o’g’itlarga qayta ishlash muammolariga bag’ishlangan ishlar juda ko’pligini ko’rsatadi.

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling