Axmadqulov Zokirjon Farxodjon-o’g’li


Download 1.67 Mb.
bet3/19
Sana13.11.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1771574
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi n

Mavzuning dolzarbligi dunyoda qishloq xo’jaligi ekinlaridan yuqori va sifatli hosil etishtirishning asosiy omillaridan biri mineral o’g’itlardan ratsional foydalanish hisoblanadi. Shuning uchun qishloq xo’jaligini mineral o’g’itlar bilan optimal darajada ta’minlash dolzarb muammolardan biri bo’lib qolmoqda.
Ammofos olishda bug’latish uchun katta miqdorda issiqlik sarf qilinadi. EFK ammoniylashda chiqayotgan issiqlikni dastlabki xomashyoni bug’latishga sarflanishi ushbu issiqlikni tejashga imkon yaratadi.
Tadqiqot ob’ekti: Markaziy Qizilqum fosforitlari, EFK, sulfat kislota, ammiak, ammofos, kimyoviy boyitilgan fosfokonsentratlar.
Tadqiqot predmeti: Markaziy Qizilqum fosforitlairidan EFK olish, har xil pH larda ammoniylash, yuqori konsentrasiyali ammofos olish.
Mazkur ishlarning ko’pchiligi oddiy va qo’sh superfosfat, mono- va diammoniyfosfat, azot-fosfor-kalsiyli (AFKO’), nitrofos va organomineral o’g’itlar olish jarayonini o’rganishga yo’naltirilgan. Bu ishlarning asosiy kamchiligi texnologik tizimning murakkabligi va boyitilgan foskonsentratning qo’llanilishi bo’lib, natijada, tayyor mahsulot tannarxining oshishiga olib keladi.
Ma’lumki, fosfatlarni kislotali qayta ishlashning o’ta jadal va istiqbolli usullaridan biri fosforitlarni azot kislotada parchalash hisoblanadi. Ushbu usulning afzalligi shundaki, fosforitlarni azot kislotali qayta ishlashda undagi vodorod ioni fosfat mineralini parchalashda foydalanilsa, anion esa mahsulot tarkibida azot ko’rinishidagi kerakli ozuqa komponenti sifatida qoladi.
Qizilqum fosforitlarini azot kislotali parchalashga bag’ishlangan ishlar atigi bir nechadir. Ma’lum bo’lgan usullar yordamida kompleksli o’g’itlar olishda asosan termo- va kimyoviy boyitilgan fosforit konsentratlari va azot kislotasidan foydalaniladi. Azot kislotali eritmadagi CaO:P2O5 nisbatini kamaytirish uchun kalsiy muzlatish yo’li bilan ajratib olinadi.
Berilgan ushbu ishlarning asosiy kamchiligi texnologiyaning murakkabligi, uchinchi ozuqa komponenti kaliyning yetishmasligi va qimmatli fosforit konsentratining qo’llanilishi bo’lib, o’g’it tannarxining oshishiga olib keladi.
Ta’kidlab o’tish joizki, O’zbekiston hududidagi qishloq xo’jalik ekinlarining biologik xususiyatlari va tuproq turlarining xilma-xilligi o’g’itlar assortimentlaridagi azot, fosfor va kaliylarning turli xil nisbatlarining zarurligi bilan tushuntiriladi. Bir vaqtning o’zida azot-fosfor-kaliy o’g’itlarini tuproqqa berishda ularni tashishga ketadigan harajatlar kamayadi.

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling