6-мавзу. Ижтимоий педагогнинг мактаб ёшидаги болалар билан олиб борадиган фаолияти
(Семинар машғулоти ишланмаси)
Reja:
1. Maktab yoshidagi bolalar bilan pedagogik ish olib borishning xususiyatlari.
2. Maktabning asosiy ijtimoiy vazifalari.
3. O‘quvchilarning ijtimoiylashuvi jarayonida tengdoshlar jamiyati va bolalar submadaniyatining ahamiyati.
4. Ijtimoiy pedagogning tarbiyasi og‘ir o‘smirlar bilan ish olib borishi.
5. Ota – ona qaramog‘ida bo‘lmagan bolalar bilan olib boriladigan ijtimoiy-pedagogik faoliyat.
6. Tarbiyasi og‘ir o‘smirlar va qayta tarbiyalash.
AMALIY MASHGʻULOT UChUN TOPSHIRIQLAR
1–topshiriq. “Maktab yoshidagi bolalar bilan ijtimoiy pedagogik ish olib borishning xususiyatlari” mavzusini “Assesment” texnikasi orqali ochib beradi. Maqsadi: baholash, nazorat qilish, ta’lim oluvchilarning bilim darajasi, o‘zlashtirish ko‘rsatkichi va amaliy ko‘nikmalarini tekshirishga yo‘naltirilgan. Mazkur texnika orqali ta’lim oluvchilarning bilish faoliyati turli aspektlar (test, amaliy ko‘nikmalar, muammoli vaziyatlar mashqi, qiyosiy tahlil, simptomlarni aniqlash) bo‘yicha tashhis qilinadi.
2– topshiriq. Ijtimoiy pedagoning tarbiyasi og‘ir o‘smirlar bilan ish olib borish mavzusini “Kundalik daftar” metodi asosida mavhum yo‘nalishdagi muammoli masala va vaziyatlarni tahlil qilish orqali uni yechish yo‘llarini bosqichma-bosqich yoritib berishga xizmat qiladi. Funksiyalarini va ijtimoiy vazifalarini “kundalik daftar” metodi yordamida izohlab beradi.
3– topshiriq. Ota – ona qaromog‘ida bo‘lmagan bolalar bilan olib boriladigan ijtimoiy-pedagogik faoliyatni “toifalash jadvali” asosida shakllantiring.
Keys bayoni
Har qanday tushuncha kabi “Ijtimoiy pedagogning tarbiyasi og‘ir o‘smirlar bilan ish olib borishi” ham mazmunan muayyan ta’lim qonuniyatlarini ifodalashga xizmat qiladi. Pedagogik adabiyotlarda bu tushunchaga ko‘plab ta’riflar berilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |