Axmеdova m. A. umumiy muxarrirligi ostida
-§. Terrorizm hozirgi zamon global muammosi sifatida
Download 1.43 Mb.
|
Axmеdova m. A. umumiy muxarrirligi ostida-fayllar.org
7-§. Terrorizm hozirgi zamon global muammosi sifatida
«Terrorizm» tushunchasining o‘zi lotin tilidan olingan bo‘lib, «terror» - qo‘rquv, dahshat demakdir. Dastlab terror siyosiy ta'sir metodi sifatida Ulug‘ fransuz inqilobi davrida radikallar tomonidan siyosiy raqiblarni qo‘rqitish maqsadida qo‘llanilgan. Boshqacha qilib aytganda, terrorizm – bu to‘g‘ridan to‘g‘ri kuch ishlatish metodi orqali siyosiy muammolarni yechishning o‘ziga xos usulidir. Terror davlatning o‘z raqiblariga nisbatan qarshi qo‘llanilishi bilan birga, shuningdek maxfiy tashkilot va guruhlarning davlatga nisbatan qarshi qo‘llanilishi mumkin. Birinchi holatda gap repressiv (jazo) davlat terrori haqida boryapti. Keng ko‘lamda u fashistik davlatlarda (XX asrning 30 – 40 yillarida Germaniyada, 20–40 yillarda Italiyada, 30 – 60 yillarda Ispaniyada va h.), bir qator kommunistik diktaturalarida (20-yillarning «qizil terrori», 30 – 50-yillarda SSSRdagi Stalin repressiyalari, 40 – 60-yillarda Xitoydagi Maoist repressiyalari va h.), Osiyo, Afrika, Lotin Amerikasining bir qator davlatlarida harbiy va diktatorlar tomonidan qo‘llanilgan. Ikkinchi holatda gap haqiqiy ma'nodagi terrozizm haqida boryapti, qaysiki oppozitsion, davlatga qarshi, maxfiy, aniq bir maqsadga qaratilgan, boshqariladigan, mafkuraviy faoliyatni kuch ishlatish orqali o‘zida namoyon qiladi. Terroristlarning qurbonlari tasodifiy yoki ataylab tanlangan shaxslar bo‘lishi mumkin. Terroristik aktlar ma'lum bir guruhlarni (yoki butun bir jamiyatni) qo‘rqitish uchun yoki terroristlarning g‘oyalarini propoganda va namoyish qilish uchun xizmat qiladi. Terrorizmning mohiyatini anglash uchun odatda 3ta uning asosiy tomonlariga e'tibor qaratiladi: harbiy, jinoiy va siyosiy. Harbiy muammo sifatida terrorizm qurolli harakatlarningg alohida, spetsifik turi sifatida ko‘riladi va «past (sust) intensivli qurolli to‘qnashuv» tarzida belgilanadi.
Etnoseparatistik terrorizm – avtonomiyani kengayishiga, suverenitetni himoya qilishga yoki etnik mayda millatlar istiqomat qiluvchi hududlarga to‘la mustaqillikni berishga kurashayotgan guruhlar tomonidan amalga oshirilladi. Bularga: ETA (bask terroristik tashkiloti), IRA (Irlandiya respublika armiyasi), KMOF (Korsikaning milliy ozodlik fronti), AMAA (Armanistonnning maxfiy arman armiyasi), ShTMRF (Sharqiy Turkistonning milliy-revolyusion fronti), KIP (Kurd ishchi partiyasi) va h. Download 1.43 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling