Axmеdova m. A. umumiy muxarrirligi ostida
Download 1.43 Mb.
|
Axmеdova m. A. umumiy muxarrirligi ostida-fayllar.org
5-§. Oziq-ovqat muammosi
Oziq-ovqat muammosi hozirgi paytda o‘ta dolzarb bo‘lib turibdi: och qolayotganlar soni 1970 yilda 460 million bo‘lgan bo‘lsa, 1990 yilda 550 millionga yetdi. 2000 yilga bu ko‘rsatkich 650 million kishiga yetishgan (sayyora aholisining 10%). Hisoblarga qaraganda me'yordagi ovqatlanish uchun bir kishiga eng kamida 0,6 ga ishlov beriladigan yer to‘g‘ri kelishi lozim. Bu ko‘rsatkich esa hozirning o‘zidayoq me'yordan ikki baravar (2000 yilda u 2,5 baravar kam bo‘ldi, ya'ni 0,23 - 0,15ga, ya'ni to‘rt baravar kamaydi, shunda ham agar ishlov beriladigan yerlar soni ilgarigi miqdorda qolsa). Faqat Osiyo va Afrika mamlakatlarining o‘zidagina ochlikdan bir kunda 1200 tagacha kishi halok bo‘lmoqda. Ochlik, garchi oziq-ovqat muammosining yaqqolroq namoyon etuvchi hodisa bo‘lsa ham, lekin u bu muammoning birdan-bir ko‘rinishi emas. Muammoning boshqa tomoni - rivojlangan mamalakatlardagi ortiqcha ovqat iste'mol qilishdir. Juda ko‘plab rivojlanayotgan mamlakatlarning aholisi mutlaq (oziq-ovqatning umuman yetishmasligi) yoki nisbatan (ovqatlanishning ma'lum bir komponentlarining - oqsillari, vitaminlar, minerallar, yog‘lar, uglevodlar va hakozo) ochlikni boshlaridan kechirmoqdalar. Nisbiy ochlikning eng keng tarqalgan shakllaridan biri - oqsil yetishmasligi. Ko‘p xalq va elatlarning past bo‘yli ekanligi faqat ularning genetik xususiyatlarigagina bog‘liq bo‘lmay, balki oziq-ovqat oqsilining yetishmasligi oqibatidir. Ayni paytda Harbiy yevropa va Shimoliy Amerika xalqlarining ovqatlanishida oqsillar ratsionning 70%ni tashkil etadi, biroq u yerda ishlov berilmagan sabzavotlar va mevalarning yetishmasligi yaqqol kuzatiladi. Shunday qilib oziq-ovqat muammosini hal qilishda insoniyatning turli qismlari oldida turlicha vazifalar turadi: rivojlanayotgan mamlakatlar aholisi uchun - bu yetarli ovqatlanish imkoniyatlarini qidirib topish (dehqonchilikdan va chorvachilikdan olinadigan mahsulotlarni ko‘paytirish, yovvoyi tabiat va okean resurslaridan foydalanish, oziq-ovqat importi va hokazo); rivojlangan mamlakatlar aholisi uchun - ovqatlanish tarkibini o‘zgartirish (oqsillar, yog‘lar va qandni kamaytirish va tabiiy mahsulotlarni ko‘paytirish).
Download 1.43 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling