Axmеdova m. A. umumiy muxarrirligi ostida
Download 1.43 Mb.
|
Axmеdova m. A. umumiy muxarrirligi ostida-fayllar.org
Milliy-ozodlik terrorizmi – bosib olingan va kolonial davlatlar xalqlarining agressor va metropoliya davlatlari namoyondalariga qarshi amalga oshiriladi. U davlat suverenitetini tiklashni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan. Terroristlarning asosiy nishonlari yuqori pog‘onadagi amaldorlar va zobitlar (ofitserlar) hisoblanadi. Masalan, SSSR partizan va maxfiy tashkilot a'zolarining terroristik aktlari va II jahon urushi davridagi yevropaning fashistlarga qarshi olib borilgan terroristik aktlari (R.Geydrixning Chexiyada, gaulyaytor Kubening Ukrainada va gaulyaytor Koxaning Belorussiyada o‘ldirilishi va h.), Aljir, Hindixitoy davlatlarida antikolonial kurash va h.
Diniy terrorizm. Islom niqobidagi terrorizm – an'anaviy islom dini tarqalgan regionlarga (Yaqin va O‘rta Sharq, Shimoliy Afrika va h.) hamda oxirgi o‘n yilda musulmon diasporalari paydo bo‘lgan mamlakatlarga xosdir. Bu islom fundamentalizmi va ekstremizmini namoyon qilishni o‘ziga xos shaklidir. U G‘arbni o‘zida mujassam etadigan barcha narsalar bilan, uning hayot tarzi bilan bog‘liq va nihoyat, butundunyo islom xalifaligini o‘rnatishdir. Bu oqimning tipik ko‘rinishi: «Al-qoida», «Musulmon birodarlari», «Xizbiolloh», «Hamas», «Tolibon». Ko‘pchilik fikriga qarshi o‘laroq, islom terrorizmidan tashqari boshqa diniy terrorizmlar ham mavjud: yahudiy, katolik (Olster), protestant, sikx, induist va h.k. Ammo global islom terrorizmiga nisbatan ularningg kichik mintaqaviy faoliyatini inobatga olgan holda umumiy olganda ularga kam e'tibor beriladi. Terrorizmning har xil ko‘riniщlari bilan kurash dunyo hamjamiyatining eng asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Ekstremizm va terrorizmga yondoshishning eng ma'qul yo‘llaridan biri bunday hodisalarga taalluqli bo‘lgan barcha muammolar doirasini ob'ektiv ravishda xolisona, haqiqiy ilmiy tahlil asosida idrok etishdir. Fundamentalizm, radikalizm, ekstremizm, terrorizm qat'iy belgili aloqa bilan bog‘langan emaslar. Mohiyat jihatdan ushbu hodisalarning har birini to‘laligicha, bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan holda mustaqil ravishda o‘rganib chiqish mumkin. Negaki, ularning har biri o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, kelib chiqish xususiyatlari va amal qilish jihatlari bilan bir-biridan farq qilishi mumkin. Biroq muayyan vaziyatlarda ular o‘zaro aloqada namoyon bo‘lishlari mumkin. Shuning uchun ham fundamentalizm, radikalizm, ekstremizm va terrorizm tushunchalari va hodisalari nisbatini nazariy va amaliy tahqiq qilish zaruriyati kelib chiqadi.
Ekstremizmni qandaydir g‘oyani alohida olingan shaxs, guruh, partiya, tashkilot tomonidan mutaqlashtirish natijasida, uni amlaga oshirishga undovchi o‘ziga xos o‘ta faollik sifatida qarab chiqish mumkin. Ekstremizmning o‘zi siyosiy, mafkuraviy yoki ruhiy hodisa sifatida hamma vaqt ham jinoyat emas va har vaqt ham jinoiy-huquqiy boshqaruv me'yorlariga to‘g‘ri kelavermaydi. Ammo bu shu asnogacha to‘g‘ridirki, u hanuz zo‘ravonlik va tovlash usullarini qo‘llashdan tiyilib tursa. Download 1.43 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling