Toshkent Davlat Arxitektura Insitituti talabasining falsafa fanidan taqdimoti Qabul qildi: Tayyorladi: Isoqbekov Jasurbek


Download 0.95 Mb.
bet1/3
Sana19.06.2023
Hajmi0.95 Mb.
#1613922
  1   2   3
Bog'liq
Terrorizm

Toshkent Davlat Arxitektura Insitituti talabasining falsafa fanidan taqdimoti

Qabul qildi:

Tayyorladi: Isoqbekov Jasurbek

MAVZU: Terrorizm tushunchasi, sabablari va unga qarshi kurash mexanizmlari Reja: 1. Terrorizm tushunchasi 2. Terrorizmning kelib chiqish sabablari 3. Terrorizmga qarshi kurash


Terrorizm (lot. terror — qoʻrqinch, dahshat) — siyosiy raqiblarni, muxoliflarni yoʻqotish yoki qoʻrqitish, aholi oʻrtasida vahima va tartibsizliklar keltirib chiqarish maqsadidagi zoʻravonlik harakatlari (taʼqib qilish, buzish, garovga olish, qotillik, portlatish va boshqalar). Terrorizm yakka tartibdagi va guruhli terrorizm (mas., ekstremistik siyosiy toʻdalarning harakatlari kabi) toifalarga boʻlinadi. Siyosatshunoslikda davlat terrorizmi tushunchasi ham qoʻllanadi (diktatorlik va totalitar rejimlarning repressiyalari). Terrorizm oʻrta asrlardan boshlab barcha mintaqa va mamlakatlarda uchrab turgan.

 Lekin oʻtgan asrning oxirlaridan uning yangi koʻrinishlari vujudga keldi (chet el davlatlari va hukumatlari rahbarlarini, ularning diplomatik vakillarini oʻldirish yoki oʻgʻirlash, elchixonalar, missiyalar, xalqaro tashkilotlarning binolarini portlatish, aeroportlar va vokzallarda portlashlar sodir etish, havo kemalarini olib qochish, odamlarni garovga olish va h.k.). Xalqaro terrorizm keng tarqalib, terrorizm oshkora siyosiy tus ola boshladi. Terrorchilar ayrim mamlakatlar hukumati va unga yaqin tuzilmalardan madad oladigan hollar yuzaga keldi. Ular tomonidan sodir etilayotgan jinoyatlarning ijtimoiy xavflilik darajasi ortdi. Terrorchilar qoʻliga yadroviy, kimyoviy, biologik qurol tushib qolishi xavfi kuchaydi, elektron terrorchilik paydo boʻldi. Koʻp hollarda terrorizm diniy ekstremizm, narkobiznes, separatizm bilan bogʻliqligi, chatishib ketishi kuzatila boshlandi.
Hozirda, tеrrorizm quyidagi: milliy ayirmachilik, etnik, diniy ekstrеmistik, siyosiy, iqtisodiy tеrrorizm, axborot tеrrorizmi kabi shakllarda namoyon bolmoqda. Milliy ayirmachilik, etnik xaraktеrdagi tеrrorizm nisbatan oz sonli etnik guruhlarning oz manfaatlarini himoya qilish, ozga millat hukmronligiga qarshi kurash usuli, vositasi sifatida qollanmoqda. Tеrrorizmning bunday korinishi dunyoning juda kop mintaqalarida, mamlakatlarida avj olgan, azaliy davom etib kеlayotgan ijtimoiy-siyosiy ofatdir. Qadimdan bir hududda yashab kеlayotgan turli etnik guruhlarning ozaro murosa qilib yashay olmayotganligi va gеosiyosiy, diniy e'tiqod jihatdan farqi kabi omillar oqibatida yuzaga kеlayotgan bunday tеrroristik hurujlardan tinch aholi jabr kormoqda va qurbon bolmoqda. Etnik xaraktеrdagi tеrrorizm diniy ekstrеmistik mazmundagi buzgunchi goyalar bilan qorishib kеtgan. Kichik Osiyoda Isroil va Falastin davlatlari ortasidagi, Hindistonda, Pokistonda, Turkiyada, Rossiyada, Buyuk Britaniyada, Bolqonda, Afrika va Lotin Amеrikasining bir qator mamlakatlarida sodir qilinayotgan tеrroristik hurujlar shular jumlasidandir. Xalqaro tеrrorizmning yana bir korinishi diniy ekstrеmistik mazmundagi buzgunchi goyalar asosida sodir bolmoqda.
Terrorizmning eng asosiy xususiyatlardan biri bunday harakat tarafdorlarining “zo`rlik davlatni parokandalikka olib keladi”, degan g`oyaga asoslanib harakat qilishlariga yaqqol ko`rinadi. Terrorizmning yana bir xususiyati hech qanday urush bo`lmayotgan, tinchlik hukmronlik qilayotgan, jamiyatda demokratik institutlar faoliyat ko`rsatayotgan bir sharoitda muqobil usullarni atayin inkor etgan holda siyisiy masalalarni zo`rlik yo`li bilan hal qilishga intilishda ko`rinadi. Bunday siyosiy masalalar o`z navbatida hududiy, etnik, diniy yoki boshqa shakl-u shamoyil kasb etishi mumkin. Ma`lumotlarga ko`ra, 2000-2006-yillar orasida dunyoning 112 mamlakatida 14 ming 934 ta terrorchilik amaliyoti sodir etilgan.
 
Terrorizm milliy chegaralardan oshib ketadigan darajalarda vujudga kelganda va dunyoning turli mamlakatlarida va mintaqalarida muayyan tashkiliy tuzilmalarga ega guruhlar tomonidan xalqaro miqyosda qo'llanilsa, biz xalqaro terrorizm bilan shug'ullanamiz deyiladi. Ushbu turdagi terrorizm, uning maqsadlari va o'lchamlari bilan bog'liq ba'zi o'ziga xos xususiyatlarga ega. Shu ma'noda, xalqaro terrorizm dunyoning turli burchaklarida ushbu tashkilotlar tomonidan amalga oshirilgan zo'ravonlik harakatlari, o'g'irlash yoki hujumlar shaklida bo'ladi. Ular, odatda, umumiy g'oyaviy, siyosiy yoki diniy maqsadlarga ega. Hujumlari xalqaro terrorizmga misoldir 2001 yil 11 sentyabrda Nyu-Yorkda, ular 2004 yil 11 martda Madriddayoki ular 2015 yil 13 noyabrda Parijda. 
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling