Axmеdova m. A. umumiy muxarrirligi ostida
Download 1.43 Mb.
|
Axmеdova m. A. umumiy muxarrirligi ostida-fayllar.org
Kotoku Dedziro (Syusuy, 1871-1911) – Nakae Tyominning shogirdi bo‘lib, birinchi marta moddiyunchilikni sotsializm g‘oyasi bilan bog‘ladi. U «Imperializm – XX asr maxluqi» (1901), «Sotsializmning mohiyati» (1903) kabi kitoblarning muallifidir.
Kotoku Dedziro Xegel, Feyerbax, fransuz utopistlari, Marks ta'limoti ta'sirini o‘zida his etdi. U birinchi bo‘lib K.Marks va F.Engelslarning «Kommunistik partiya manifesti»ni tarjima qildi. Kotokuga evolyusion nazariya ham ta'sir o‘tkazdi. Marks ta'limotini Darvin nazariyasi bilan solishtirib, u inson jamiyati taraqqiyotini yashash uchun kurashda eng ko‘p darajada yashab qolishga layoqati borlar nuqtai nazaridan qarab chiqdi. Moddiyunchilik va ateizm mavqyeda turib faylasuf tasavvuf, idealizm va agnostitsizmni tanqid qildi. «Zamonaviy sotsializm, - deb yozadi u, - falsafiy, tarixiy va ilmiy qoidalarga asoslanadi… Xudo koinot va insonni yaratganligi haqidagi aqida biologik evolyusiya nazariyasi asosida allaqachon rad etilgan»276. Ijtimoiy qarashlarda faylasuf jamiyatni sotsialistik me'yorlarda qayta qurish tarafdori edi. «Sotsializm butun insoniyat baxt-saodati va farovonligi uchun ehtirosli g‘oya asosidagi intilish bo‘lib, aqliy tafakkur vositasida hozirgacha mavjud bo‘lgan dinlarning sanamlar va ilohlarga bo‘lgan sig‘inishini o‘rnini bosadi. Osmoniy jannat o‘rniga, u yer yuzida beht quradi»277.
Yaponiya Kommunistik partiyasi tashkil etilishi (1922) bilan birga mamlakatda muntazam ravishda marksizm klassiklarining va sovet mualliflarining asarlari tarjima qilinib, nashr etila boshladi. Ammo ko‘pincha marksizm Nisida Kitaro va Kioto maktabining boshqa faylasuflari falsafasi nuqtai nazaridan talqin qilinar edi. Urushdan keyingi davrdagi Yaponiya falsafasi. Ikkinchi jahon urushidagi mag‘lubiyat millatchilik ruhidagi ko‘plab faylasuflarni o‘z nuqtai nazarlarini qayta ko‘rib chiqishga majbur qildi. Tanabe Madzime «tavba falsafasi» bilan maydonga chiqdi. Kioto maktabi faylasuflari uchun diniy mavzularga murojaat qilish xos xususiyat bo‘lib qoldi. Mamlakatda, ayniqsa XX asrning 60-70 yillarida buddaviylikni keng targ‘ib qilish va uning zamonaviy talqinini berish rasm bo‘ldi. Ayni bir vaqtda mamlakat buylab g‘arb falsafasi bo‘lgan neopozitivizm, pragmatizm, ekzistensializm bilan qiziqish keng quloch yoydi. Psixoanaliz (Psixologik talqin), fenomenologiya, lingvistika va semantikani sub'ektiv ruhda talqin qilish bilan bog‘liq bo‘lgan yangi yo‘nalishlar paydo bo‘ldi, mavjud an'analar muhitida g‘arbdan kelgan g‘oyalarni tadqiq qilish va moslashtirish davom etdi. Masalan, Muktai Risaku, Xara Tasuku ijodida Nisida Kitarodan kelib chiqqan g‘oyalarni zamonaviy rasm bo‘lgan oqimlar bilan birlashtirishga urinishlar namoyon bo‘ldi. Download 1.43 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling