Axmеdova m. A. umumiy muxarrirligi ostida


-§. Markaziy Osiyo xalqlarining qadriyatlari


Download 1.43 Mb.
bet188/235
Sana05.01.2022
Hajmi1.43 Mb.
#216220
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   235
Bog'liq
Axmеdova m. A. umumiy muxarrirligi ostida-fayllar.org

2-§. Markaziy Osiyo xalqlarining qadriyatlari
Sharqning an'anaviy qadriyatlari

Asrlar davomida (qaryib XIX asrning ikkinchi yarmi - XX asr boshigacha) Markaziy Osiyo xalqlarining qadriyat tizimlari an'anaviy jamiyat me'yorlari doirasida rivojlandi. An'anaviy jamiyatning eng asosiy tasnifi qadimdan qaror topgan ijtimoiy-madaniy tuzilmalar va stereotiplarning saqlanishi va qayta tiklanishiga yo‘naltirilgan­ligi­dir. An'anaviy madaniyatlarning aksiologik tizimlarida tarixan vujudga kelgan va qaror topgan hayot va faoliyat usullarining barqarorligi eng oliy qadriyatlardan biri sifatida qabul qilinadi. Bunda faoliyatning har qanday novatorli, islohchilik va inqilobiy shakllari asrlar davomida muqaddaslashtirilgan, oldingi ajdodlar­ning qadriyaviy tajribalarini o‘zida jam qilgan me'yorlar va andozalarga qasd qilish sifatida qabul etiladi.

An'anaviy jamiyatning ma'naviy sohasi, odatda, diniy-mifologik poydevorga suyanadi, mafkuraviy tizimlar eng avvalo tarkib topgan ijtimoiy madaniy ukladning saqlanishiga yo‘naltiriladi.

An'anaviy jamiyatning mentalligi-introvertiv, ratsional-manti­qiy tuzilishdan ko‘ra ko‘proq obrazlarga tayanuvchi intuitiv tafakkur­dir. Aynan shu sababli an'anaviy sharq jamiyatining falsafiy tizilmalari mifologiya, din, she'riyat, folklor bilan chambarchas bog‘liq.




Download 1.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   235




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling