Axmеdova m. A. umumiy muxarrirligi ostida
Asosiy falsafiy yo‘nalishlar
Download 1.43 Mb.
|
Axmеdova m. A. umumiy muxarrirligi ostida-fayllar.org
Asosiy falsafiy yo‘nalishlar
Turli falsafiy yo‘nalishlarni har xil asoslar: yetakchi falsafiy muammolar (ibtido muammosi, dunyoni bilish muammosi va boshqalar)ga munosabat, usul, mavzu asosi, klassik meros va bashqalarga munosabat bo‘yicha guruhlashtirish mumkin. Falsafiy yo‘nalishlar dunyo ibtidosining tabiati to‘g‘risidagi masalada u moddiy yoki g‘oyaviy yagona substansiya – monizm, teng huquqli mustaqil (moddiy va ruhiy) – dualizm, ko‘pchilik substansiyalardan iborat plyuralizm deb e'tirof etiladiganlarga bo‘linadi. Falsafa tarixida dualizmning eng mashhur vakili fransuz faylasufi R.Dekart (1596-1650), plyuralizmniki nemis faylasufi G. Leybnits (1646-1716) bo‘lgan. Monizm falsafa tarixida ikki: materialistik va idealistik shaklda mavjud. Materializm ruhiy ibtidoga qadar ham va unga bog‘liq bo‘lmagan holda mavjud bo‘lgan tabiat, moddiy substansiya birlamchiligidan kelib chiqadi. Materializmning o‘zi turli xususiy tarixiy shakl va oqimlarga bo‘linadi: qadimgi, hamma narsa tabiiy «unsurlar»dan biri, ya'ni suv (Fales), havo (Anaksimen), olov (Geraklit) yoxud ularning qatori suv, havo, olov va tuproq (chorvaklarning qadimgi hind maktabi, Empedokl), suv, havo, olov, tuproq va metallga (qadimgi xitoy falsafasida) asoslangan deb tushunuvchi oddiy materializm; Yangi davr metafizik materializmi (Gobbs, Lokk); antropologik materializm (L. Feyerbax, N. Chernishevskiy); dialektik materializm (K. Marks, F. Engels); ilmiy materializm (G. Feygl, J. Smart); emerjentistik materializm (J. Margolis, M.Bunge) va hokazolar. Izchil materializm (materialistik monizm), materializmning u yoki bu shaklda ilohiy turtki – deizm yoki tabiat bilan olloh aynan bir – panteizm degan g‘oyani ilgari suruvchi shakllar to‘g‘risida ham gapirish mumkin. Idealizm ruh va ong birlamchiligidan, shaxsiy ong (sub'ektiv idealizm) yoki shaxsdan tashqari ruhning mutlaq g‘oyaligi (ob'ektiv idealizm)dan kelib chiqadi. Xitoy faylasufi Van Yan-Min (1472-1528), ingliz yepiskopi D. Berkli (1685-1753), «esse-percipl» (lat.mavjud bo‘lmoq - demak idrok qilinadi) prinsipini ilgari surgan nemis faylasufi I.Fixte (1762-1814) sub'ektiv idealizmning yirik namoyandalari edilar. Empiriokrititsizm, neopozitivizm, neokantchilik va boshqa qator falsafiy maktablar sub'ektiv idealizm prinsiplariga asoslangan. Qadimgi hind falsafasidagi braxmanizm va vedantizm, yunon faylasufi Aflotun (er.av.427-347 yillar), xitoy faylasufi Chju Si (1130-1200), nemis faylasuflari Shelling (1775-1854), Xegel (1770-1831), neotomizm kabilarning falsafiy tizimlari ob'ektiv idealizmga mansubdir. Agar dunyoni bilish mumkinligi to‘g‘risidagi masalani oladigan bo‘lsak, undagi faylasuflar haqiqiy bilimga erishish mumkinligini e'tirof etuvchi va uni inkor qiluvchilarga bo‘linadi. Uni inkor qiluvchilar yo‘nalishi agnostitsizm degan nom oldi va D.Yum (1711-1776) hamda I.Kant(1724-1804) bu yo‘nalishning taniqli vakillaridir. Agnostitsizm elementlari hozirgi tizimlar (neopozitivizm, kritik realizm)da ham uchraydi. Haqiqatga erishish mumkinligini e'tirof etuvchilar orasida bilish (sensualizm), idrok (ratsionalizm), diniy vahiy yoki so‘fiy his qilish (irratsionalizm) kabi yo‘nalishlarni ham ajratish mumkin. Sensualizm va ratsionalizmning ham materialistik, ham idealistik shakllari mavjud. Falsafiy yo‘nalishlarni bilish usullariga ko‘ra, empirizm, ratsionalizm va irratsionalizmga bo‘lish mumkin. Dialektika (tafakkur metodini narsa va hodisalarni o‘zaro bog‘liqlikda va rivojlanishda deb qarovchi)yoki metafizika (tafakkur metodini narsa va hodisalar umumiy bog‘liqlikdan tashqarida, o‘z-o‘zidan sifat jihatidan rivojlanmaydi deb qarovchi) mavqyeiga ega faylasuflar ham farqlanadi. Falsafiy yo‘nalishlar asosiy mavzusi bo‘yicha nisbatan tor ixtisoslashishga, masalan, gnoseologiya, antropologiya, aksiologiya, ontologiya muammolari kabilarga mo‘ljallangan oqim va maktablarga bo‘linadi. Masalan, «lingvistik falsafa» tabiiy tilni tahlil qilishga (J.Ostin, J.Uizdom, P.Stroson), «texnika falsafasi» hozirgi dunyodagi texnika fenomeniga (A.Xuning, F.Rapp), «istorisizm» maktabi esa (V. Diltey, R. Kollingvud) tarixiy bilim muammolariga yo‘naltirilgan va hokazolar. Falsafiy yo‘nalishlar klassik merosga munosabat bo‘yicha ilgarigi klassik tizim g‘oyalarini tiklab, rivojlantirishga yo‘naltirilgan neoklassik oqim (neokantchilik, neotomizm, neoxegelchilik va boshqalar), ularni to‘liq qaytadan ko‘rib chiqish va ularni rad etishga asoslangan antiklassik oqim (pozitivizm, nitssheanchilik, tasavvuf) va tanqidni sintezlash va klassik meros an'analarini davom ettirishga yo‘naltirilgan neoklassik oqim (marksizm, ekzistensializm va boshqalar)ga bo‘linadi. Download 1.43 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling