Axmеdova m. A. umumiy muxarrirligi ostida
-§. Falsafa madaniyat tizimida
Download 1.43 Mb.
|
Axmеdova m. A. umumiy muxarrirligi ostida-fayllar.org
1-§. Falsafa madaniyat tizimida
Falsafa va fan Falsafa va aniq fanlar o‘zining dastlabki qadamlaridanoq bir-biriga chambarchas bog‘liq bo‘lib kelgan. Qadimgi jamiyatlarda diniy-mifologik (afsonaviy) tasavvurlar, falsafiy g‘oyalar va empirik ilmiy bilimlar bir biridan ajratilmagan, sinkret (qorishgan holda) yagona, birini boshqasidan ajratib bo‘lmaydigan darajada edi. Keyinchalik rivojlanish mobaynida falsafa va fan hali talaygina umumiylikni saqlagan holda o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘la boshlaydi. Fan o‘zining yetuk shakliga sanoat revolyusiyasi davridan erisha boshlaydi, ba'zi ilmiy fanlar esa faqat XIX-XX asrlardangina shakllana boshladi. Shu sababli ko‘pgina zamonaviy ilmiy g‘oyalar o‘zining dastlabki shaklida falsafiy qarashlar ta'sirida ishlab chiqilgan. Bu, masalan, atom, Quyosh tizimining tabiiy kelib chiqishi, sinergetika va boshqalar to‘g‘risidagi g‘oyalarga tegishli. Falsafa doirasida ilmiy bilishda qo‘llaniladigan mantiqiy-metodologik vosita ishlab chiqildi. Arastu, Forobiy, Ibn Sino, Bekon, Dekart, Leybnits, Xegel kabilar mantiq qonunlari, induktiv, deduktiv, dialektik va boshqa metodlarni bevosita ishlab chiqqan faylasuflardir. Xususan, dialektik metod eng ilg‘or zamonaviy ilmiy fanlardan biri - sinergetikaning ko‘pgina qoidalarida o‘z aksini topdi. Falsafa fanga nisbatan munosabatda faqat metodologik funksiyani bajarib qolmaydi. U dunyoqarash bo‘lgani holda u yoki bu ilmiy g‘oyaning shakllanishi (yoki to‘xtatish)ga ta'sir ko‘rsatgan. Masalan, yevropa o‘rta asr davrida falsafa ilohiyotga bo‘ysungani holda, har qanday fikrga arastu-xristian talqini nuqtai nazaridan qarab, ilmiy fikrning erkin rivojlanishini to‘sib qo‘ygan. O‘z navbatida falsafa ham aniq fanlarning kuchli ta'siriga uchragan va uchramoqda. Agar ilgari atrof muhit to‘g‘risidagi ko‘pgina g‘oyalar, odatda, mushohada-spekulyativ (quruq mulohazaga asoslangan) shaklda naturfalsafa asosida vujudga kelgan bo‘lsa, fanning rivojlanishi davomida empirik ma'lumotlar va tabiiy ilmiy nazariy xulosalarning to‘planishi tufayli fan mushohidaviy mulohazalar va quruq mulohazalardan qutulibgina qolmay, balki o‘zi ham falsafaga ta'sir o‘tkaza boshladi. Falsafa fan doirasida olingan dalillarni inobatga olmasligi mumkin emas. Bundan tashqari falsafaning o‘zi u yoki bu davrda tabiatshunoslikning u yoki bu ideallarini ko‘zda tutadi. Masalan, XVII-XVIII asrlarda mexanikaning yetakchi ilmiy fan sifatida shakllanishi mazkur davrda yevropa falsafasining mexanistik shakliga sabab bo‘ldi. Deyarli barcha, hattoki inson va jamiyatda yuz berayotgan jarayonlar ham mexanika qonunlari asosida sharhlandi. Bugungi kunda falsafa o‘z g‘oyalarini tabiat va jamiyat to‘g‘risidagi fanlarda kechayotgan jarayonlarsiz rivojlantira olmaydi. Falsafa va fanning o‘zaro munosabatlaridagi yana bir jihati falsafa ilmiy bilishdagi turli soha yutuqlarini muvofiqlashtiradi, umumlashtiradi va ularni imkon qadar umumlashtirgan falsafiy kategoriyalarda aks ettiradi.
Download 1.43 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling