Axmеdova m. A. umumiy muxarrirligi ostida
-§. Hozirgi O‘zbekiston: falsafaning yangi vazifalari
Download 1.79 Mb.
|
Falsafa Axmеdova m. A. umumiy muxarrirligi ostida-fayllar
- Bu sahifa navigatsiya:
- . FALSAFA TARIXI 1-bob . FALSAFANING KeLIB ChIQIShI
2-§. Hozirgi O‘zbekiston: falsafaning yangi vazifalari.
XX asrda O‘zbekistonda falsafa XX asrda O‘zbekistonda falsafiy fikrlarning rivojlanishi to‘g‘ridan-to‘g‘ri O‘zbekiston jamiyati: a) Chor Rossiyasi tarkibidagi, b) SSSR tarkibidagi va v) mustaqil O‘zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy hodisalar bilan bog‘liq. Chor Rossiyasi tarkibidagi O‘zbekiston hududida falsafiy mafkuraning uchta kurashayotgan turini ajratish mumkin: an'anaviy kalom negizidagi, islohiy modernizm va ma'rifat negizida (jadidizm) hamda tub o‘zgarishlar va jangovar ateizm negizidagi (bolshevizm va boshqa revolyusion oqimlar). Sovet hokimiyatining o‘rnatilishi bilan marksizmning sovet varianti hukmron mafkuraga aylandi. Biroq falsafiy tadqiqotlarning muammo maydoni va usullari butun sovet davri mobaynida bir xilda bo‘ldi deb hisoblash noto‘g‘ri bo‘lar edi. Umuman falsafiy fikrning rivojlanishi sovet mafkurasi doirasida kechishiga qaramay, revolyusiyadan keyingi yillarga xos siyosiy xususiyatlar, stalinizm, «iliqlik», «turg‘unlik» va «qayta qurish» falsafaga katta ta'sir etdi. Sovet falsafasining hozirgi mahalliy va xorijiy tadqiqotchilarining stalinizmni leninizmdan, 70-yillar falsafasini «qayta qurish» davri falsafasidan, avtoritar va apologetik yo‘nalishdagi ishlarni jiddiy ilmiy tadqiqotlardan farqlashi bejiz emas. 20-yillarda falsafiy maqolalar «Maorif va o‘qituvchi», «Kommunist», «Xudosizlar» kabi jurnallar sahifasida chop etilgan. Ular asosan V.I.Lenin asarlari, materializm va dialektika asoslarini ommaviy bayon qilish va sharhlashga, ateistik tashviqot, sotsializm qurish masalalariga va O‘zbekistondagi ijtimoiy-falsafiy fikrlar tarixiga bag‘ishlangan. Stalin shaxsiy kulti rejimining kuchayib borishi mobaynida ko‘pchilik falsafiy ishlarda butun SSSRda bo‘lgani kabi O‘zbekistonda ham shaxsga sig‘inishning alomatlari paydo bo‘la boshlaydi. 1938 yilda chiqqan «VKP(b) tarixining qisqa kursi»dagi Stalinning «Dialektik va tarixiy materializm to‘g‘risida»gi ocherki marksizm-leninizm asosiy bilimlarining cho‘qqisi, eng mukammal namunasi va ensiklopediyasi deb e'lon qilindi. Stalin tomonidan aytilgan yoki yozilgan falsafiy ishlar sitatachilik, sharhlovchilik va tinmay maqtashga sazovor bo‘ldi. Ozmi-ko‘pmi jiddiy falsafiy ish amalga oshiriladigan soha – falsafa tarixi bo‘lib qoldi. O‘zbekistonda falsafa tarixi, eng avvalo, O‘rta Osiyo ijtimoiy-falsafiy fikrlari tarixi stalinizm davrida ham falsafiy tadqiqotlar ilmiy maqomi saqlanib qolgan soha bo‘ldi. Respublikada shu yillarda Mirza Abdulqodir Bedil, Ibn Sino, Abu Rayhon Beruni va boshqalarning ijodiga bag‘ishlangan asarlar chiqaboshladi. Stalindan keyingi davrda falsafiy ta'lim tizimining tashkil topishi, tashkiliy asoslarning mustahkamlanishi, muammo maydonining kengayishi va O‘zbekistonda falsafiy tadqiqotlar sifatining ortishi xos bo‘ldi. 1954 yilgacha respublikada O‘rta Osiyo (keyinchalik Toshkent) universitetidagina faqat bitta falsafa kafedrasi bo‘lgan. 1955 yildan boshqa oliy o‘quv yurtlarida ham falsafa kafedralari tashkil topa boshladi, 1963 yilda esa Toshkent universiteti tarix kulliyotida falsafa bo‘limi ochildi va u keyinchalik falsafa-iqtisodiyot kulliyotiga aylantirildi. 1956 yili ochilgan O‘zSSR FA falsafa va huquq bo‘limi negizida Falsafa va huquq instituti tashkil topdi. 2000 yildan Toshkent davlat sharkshunoslik institutida «Sharq falsafasi va madaniyati» ixtisosligi buyicha talabalar tayyorlash boshlandi. Mana shu va keyingi davrlarda oshkora siyosatlashtirilgan va mafkuralashtirilgan ishlar bilan bir qatorda mantiq, tabiatshunoslikning falsafiy muammolari va ilmiy-texnika revolyusiyasi, dialektika nazariyasi, estetika sohalarida ham jiddiy ilmiy tadqiqotlar o‘tkazildi. Eng muhim ahamiyat va yuksak ilmiy maqomga ilgaridagidek tarixiy-falsafiy tadqiqotlar va eng avvalo, Yaqin va O‘rta Sharq xalqlarining falsafiy va tabiiy ilmiy sohadagi meroslari ega edi. Sharqning buyuk mutafakkirlarining asarlari birinchi marta rus va o‘zbek tillariga tarjima qilindi: Ibn Sinoning 5 jildli «Tib qonunlari» (1954-1960), al-Xorazmiyning «Matematik traktatlar» (1964), al-Beruniyning «O‘tgan avlodlardan qolgan yodgorliklari» (1957), «Hindiston» (1963), «Geodeziya» (1966), «Farmakognoziya tibbiyotda» (1973), al-Forobiyning «Beruniy va Ibn Sinoning yozishmalari» (1972), «Abu Bakr Roziy va shogirdlarining klinik ma'lumotlari» (1974), al-Farobiyning «Traktatlar» (1975) va boshqalar. Sharq mutafakkirlarining nazariy merosiga bag‘ishlangan o‘zbekistonlik faylasuflarning ko‘pgina kitob va maqolalari nashr qilindi. Bu tarjimalar, sharhlar va tadqiqotlar muhim ahamiyatga ega edi, chunki ular falsafa tarixidagi hukmron yevropotsentrizmni, bartaraf etishga qaratilgan edi13. «Qayta qurish» davrida falsafiy yo‘nalishlarni qayta fikrlash yuz berdi. Dogmatizm, avtoritarizm, siyosatlashtirilgan va mafkuralashtirilgan apologetika mafkuraviy plyuralizm, erkin bahsga o‘z o‘rnini berdi. O‘zbekistonning mustaqillikni qo‘lga kiritganligi, mamlakatda olib borilayotgan islohotlar faylasuflar oldiga zaruriy ravishda yangi muammolarni qo‘ymoqda. Milliy mustaqillik g‘oyasini va yangi mafkurani shakllantirish bilan bog‘liq ravishda O‘zbekiston faylasuflari oldida muhim vazifalar ko‘ndalang bo‘lmoqda. Jamiyatda mafkuraning tutgan o‘rni va mavqyei, uning ma'naviy-axloqiy yangilanishi, yangi ijtimoiy eng yuksak orzu va qadriyatlarning qaror topishi, uyg‘un barkamol avlod tarbiyasi haqidagi ijtimoiy ongni shakllantirish g‘oyasi o‘z aksini O‘zbekiston Respublika Prezienti I.A.Karimovning asarlarida14, rasmiy nashrlarda15, olimlarning tadqiqotlarida, ijtimoiy-siyosiy masalalarga doir adabiyotlarda topmoqda.16 Shakllanayotgan milliy istiqlol mafkurasining «mustaqillik», «kelajagi buyuk davlat», «bozor», «huquqiy davlat», «demokratik jamiyat», «ma'rifatli jamiyat», «umuminsoniy qadriyatlar», «uyg‘onish», «davlat islohotchi sifatida» kabi tushunchalarimizni ochib berishga qaratilgan birinchi qadamlar qo‘yildi. O‘zbekiston taraqqiyotining hozirgi jihatlarini tadqiq qilishni davom ettirish hozirgi zamon talabidir. Falsafa O‘zbekistonda yashovchi xalqlarning milliy xususiyatlari va yashash tarzining o‘ziga xosligini, mintaqada vujudga kelgan muayyan-tarixiy sharoitni hisobga olgan holda umumiy tushunchalar, insoniyat taraqqiyotining umumiy mantig‘i, ijtimoiy-siyosiy guruhlar, u yoki bu siyosiy g‘oyalar va davlatlarning amaliy faoliyatlaridan kelib chiqib tanqidiy ravishda idrok etishi lozim. Ijtimoiy borliqning hozirgi zamondagi tub masalalarini, jumladan: birlamchilik nuqtai nazaridan yangi qurilayotgan jamiyatda shaxs manfaatlari bilan davlat manfaatlarini o‘zaro munosabatini jiddiy nazariy tadqiq qilish kutilmoqda. An'ana va urf-odatlarni tiklash siyosati ularni to‘la yoki qisman faollashtirishni bildirishi lozimmi yoki yuqmi va ularni tanlab olish qoidasi qanday bo‘lmog‘i lozim? An'analar va yangiliklarni, muhofazakorlik va harakatchanlikni, eski va yangi o‘rtasidagi tafovutni qanday muvofiqlashtirish mumkin? Qanday qoidalarga tayangan holda kam sonli aholi (irqiy, diniy va boshqa jihatlardan) huquq va manfaatlari muammolarini hal qilishning imkoni bormi? Yangi jamiyatda Sharq va G‘arb qadriyatlari qanday o‘zaro munosabatda bo‘ladilar? O‘tish davrida davlat nazorati bilan fuqarolik jamiyatini barpo qilish jarayonining nisbati qanday bo‘ladi? Haqiqiy va soxta ozodlik nimani bildiradi? Davrimizning bu va boshqa dolzarb masalalari oddiy xususiyatga ega bo‘lmasdan, o‘zining ahamiyati jihatidan mamlakatimiz faylasuflaridan kasbiy va fuqarolik mas'uliyatini talab qilib, mualliflar tarafidan noyob falsafiy qarashlarni vujudga keltirishni taqozo qiladi. Falsafiy tadqiqotlarning muammoviy maydonini yanada kengaytirish vazifasi ko‘ndalang turibdi. Hozircha respublikada qadriyatshunoslik, falsafiy antropologiya, din falsafasi, texnika falsafasi, komparativtika falsafasi va hokazolarga bag‘ishlangan jiddiy tadqiqottlar kam. Afsuski, hozirgacha respublikamizning dunyo falsafiy jamiyatidan ajralib qolganligi saqlanib, falsafiy aloqalar G‘arb mamlakatlari va sharq davlatlari olimlari orasida ham, Mustaqil Davlatlar hamdo‘stligi mamlakatlari bilan ham zaifdir. Shuningdek, mumtoz va zamonaviy falsafiy adabiyotni o‘zbek tiliga hamda vatanimizning eng yaxshi falsafiy tadqiqotlarini chet tillarga17 tarjima qilishning aniq maqsadga yo‘naltirilgan tizimini joriy etish muhimdir. Mustaqillik yillarida respublikada «Ta'lim to‘g‘risidagi qonun» va «Kadrlar tayyorlash buyicha milliy dastur» doirasida oliy o‘quv yurtlarida falsafiy fanlarni o‘qitishning mazmuni tubdan o‘zgardi. Yangi darslik adabiyotlar nashr etilmoqda18. Respublika olimlari jamiyatning ijtimoiy-siyosiy va ma'naviy taraqqiyotining hozirgi bosqichi talablariga muvofiq keladigan yangi avlod darsliklarini vujudga keltirishga kirishdilar. Biroq ko‘p hollarda falsafani o‘qitish ma'lum darajada soddalashtirilgan qoliplarda qolib ketmoqda. Zamon taqozosiga ko‘ra, falsafa o‘qituvchilarining kasbiy malakasini oshirish, o‘qitish uslub va vositalarini takomillashtirish yo‘li bilan asosiy maqsadga erishish, ya'ni jahon falsafiy tafakkurini barcha tub mohiyatini har bir talabaga yetkazib, ularni mulohaza yuritishga o‘rgatish imkoniyatini vujudga keltirishdir. Zamonamizning bu va boshqa dolzarb masalalari o‘zining ahamiyati jihatidan mamlakatimiz faylasuflaridan kasbiy va fuqarolik mas'uliyatini talab qiladi. II bo‘lim. FALSAFA TARIXI 1-bob. FALSAFANING KeLIB ChIQIShI Download 1.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling