Axmеdova m. A. umumiy muxarrirligi ostida


-§. Jamiyatning ijtimoiy hayoti


Download 1.79 Mb.
bet145/205
Sana18.06.2023
Hajmi1.79 Mb.
#1560209
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   205
Bog'liq
Falsafa Axmеdova m. A. umumiy muxarrirligi ostida-fayllar

4-§. Jamiyatning ijtimoiy hayoti
Etimologik nuqtai nazardan «ijtimoiy» degan so‘z «jamiyat» atamasi bilan sinonimdir. U keng ma'noda «jamiyatning ijtimoiy sohasi»ni belgilaydi. Shu jihatdan jamiyatning hamma sohalar – iqtisodiy, siyosiy, ma'naviy sohalari ijtimoiy sohalar deyiladi. Biroq shu bilan birga jamiyatning alohida ijtimoiy sohasi bo‘lib, u – har xil ijtimoiy guruhlar, turli darajada uyushgan elatlar (ijtimoiy qatlam, strategiya, etnoslar, ijtimoiy demokrafik guruhlar, alohida jamoalar va boshqalar) o‘rtasidagi munosabatlarni ifodalaydi. Ijtimoiy munosabatlarning xususiyatlari shundaki, ular jamiyatning hamma sohalariga kirib borgan. Ularni faqat iqtisodiy, siyosiy yoki ma'naviy munosabatlar, deb ajratish mumkin emas.
Shuni aytish mumkinki, ijtimoiy sohaning asosini individning ijtimoiylashuvi tashkil qiladi, ya'ni bunga uning me'yorlar, qadriyatlar, namunali xulq ko‘rsatmalarini bajarishi kiradi. Agar iqtisodiy va ma'naviy sohalarda individ moddiy va ma'naviy boyliklarni ishlab chiqaruvchi va ehtiyojlarni ta'minlovchi bo‘lsa, siyosiy sohada siyosatning ob'ekti va sub'ekti bo‘lsa, ijtimoiy sohada esa ijtimoiy individdir, ya'ni u sotsiumning (jamiyatning) a'zosidir. Individ sotsiumga turli guruh va birlashmalar orqali a'zo bo‘lgani uchun turli guruh va birlashmalarning faoliyati ijtimoiy sohaning asosiy mazmunini tashkil qiladi. Ijtimoiy birlashmalar va guruhlar jamiyatning ijtimoiy tuzilishini (strukturasini) tashkil qiladi.
Ijtimoiy struktura o‘z tabiatiga ko‘ra ob'ektiv xususiyatga ega bo‘lib, u qonun chiqaruvchining qarorlari bo‘yicha ta'sis etilishi yoki bekor qilinishi mumkin emas. Jamiyatning ijtimoiy strukturasi undagi guruhlarning o‘zaro aloqadorligi va o‘zaro ta'sirini ham o‘z ichiga oladi.
Jamiyat strukturasining quyidagi turlarini ajratish mumkin: demokrafik, etnik, ijtimoiy-sinfiy, joylashishiga ko‘ra hududiy, kasbiy-ma'rifiy, konfessional tuzilish va boshqalar.
Har bir individ yoshligi yoki keksaligi, shaharli yoki qishloqdan ekanligi, qaysi etnos, konfessiya vakili, sinf, kasbi va boshqa xususiyatlari bo‘yicha turli xil tuzilmaga kiradi. Jamiyatning demografik strukturasida aholining tarkibini jinsi, yoshi, mehnatga yaroqliligi, aholining zichligi va umumiy soni, o‘sish darajasi, migratsiyaning xarakteri, sog‘lig‘ining holati aks etadi. Ko‘plab mutafakkirlar asrlar davomida jamiyatning demografik holatiga o‘z e'tiborlarini qaratganlar. Ularning mashhurlaridan biri T.Maltus nazariyasi bo‘lib, u XVIII asr oxiri XIX asr boshlarida «aholi o‘sishining abadiy qonuni»ni asoslab berishga harakat qildi. Bu qonunning mohiyati shundan iboratki, «hamma yirik jonzot kabi aholi (xalq)ning o‘z tasarrufidagi oziq-ovqatga nisbatan tezroq ko‘payishga intiladi». Maltus aholining yashash uchun kerak bo‘lgan vositalari arifmetik (1, 2, 3, 4, 5…), aholining o‘zi esa geometrik (1, 2, 3, 4, 8, 16…) progressiya bo‘yicha ko‘payishini hisoblab chiqdi. yer aholisining umumiy soni va zichligi nisbatan uncha yuqori bo‘lmagan davrlarda Maltus nazariyasiga yetarlicha ahamiyat berilmadi. Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasida demografik inqiroz aholining ko‘payib ketishi bilan bog‘liqligi Maltus nazariyasiga e'tibor qaratish kerakligini taqozo qildi.
Polietnik (ko‘pmillatli) va polikonfessiyaviy jamiyat uchun etnik va konfessiyaviy struktura dolzarbdir. Birinchi holatda ijtimoiy birlik, ya'ni qabila, millat, xalq (umuman -etnos) to‘g‘risida gap ketsa, ikkinchisida esa konfessiyaviy (diniy) birlashmalar ustida gap boradi. Agar jamiyatning etnik tuzilmasida etnik birliklarning rivojlangan shakli – millatlar mavjud bo‘lsa, u ko‘pmillatli bo‘ladi. yevropa, Amerika va Osiyodagi ko‘plab mamlakatlar shular jumlasiga kiradi. Agar etnik strukturasida qabilalar bo‘lsa, unday jamiyat polietnik bo‘ladi. Afrika, Okeaniya va Osiyoning qator mamlakatlaridagi jamiyatlar shular jumlasidandir.
Jamiyatning ijtimoiy-sinfiy strukturasiga kelsak, u sinflar, qatlamlar, tabaqalar, stratlardan iboratdir. Sinflar deganda odamlarning katta guruhlari tushuniladi, ular quyidagi sifatlari bilan farq qiladi: a) ijtimoiy ishlab chiqarish tizimidagi ma'lum o‘rni; b) ishlab chiqarish vositalariga munosabati; v) mehnat taqsimoti tizimidagi roli; g) foyda olish usuli; d) ijtimoiy boylikdagi ulushi bilan. Lekin bir qator guruhlar ham borki, ular sinflarga xos xususiyatlarga ega emas (ziyolilar, byurokratiya, lyumpenlar va boshqalar), shunga qaramay ular baribir ijtimoiy strukturaning elementi hisoblanadilar.
Hozirgi zamon jamiyat falsafasida ijtimoiy strukturani o‘rganishda straktifikatsiyaviy yondashuv mavjud. Uning asoschilaridan biri P.A.Sorokinning yozishicha: «Ijtimoiy stratifikatsiya – bu ierarxiya darajasiga qarab differensiya qilingan odamlar (aholi)ning bir guruhlaridir. Uning asosi va mohiyati huquq va imtiyozlarning, javobgarlik va vazifalarning nomutanosib taqsimlanganligi, ijtimoiy qadriyatlarning mavjudligi yoki yo‘qligi, u yoki bu hamjamiyatga kiruvchi guruhlarni hokimiyati va a'zolar o‘rtasidagi ta'sirini bor-yo‘qligidan iborat. «Strat» va «sinf» tushunchalari bir-biriga yaqin bo‘lsa ham, ular bir-birlaridan farq qiladilar. «Strat» tushunchasi o‘zida keng doiradagi hodisalarni mujassamlashtirib, «sinf» tushunchasiga nisbatan moslashuvchandir.



Download 1.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling