Axmеdova m. A. umumiy muxarrirligi ostida
Download 1.79 Mb.
|
Falsafa Axmеdova m. A. umumiy muxarrirligi ostida-fayllar
Diniy-afsonaviy tasavvurlar falsafaning ma'naviy manbalaridan biridirlar. Ular falsafadan oldin dunyoqarashning ko‘proq ilk shakllari sifatida vujudga kelgan edilar. Afsonalar o‘z joyini falsafaga berganligiga qaramasdan, ular orasida vorislik mavjud. Va, bu eng avvalo, dunyoqarashga aloqador bo‘lgan mazmunning o‘zini borligi bilan belgilanadi.
Sharqning eng qadimgi yozma yodgorliklarida biz keyinchalik falsafa muammolariga kirgan dunyoqarashning asosiy maslalarini qo‘yilganligini ko‘ramiz. Misol uchun, birinchi dunyoqarashning manbalari haqidagi masalani olaylik. «Rigveda»da (eramizdan oldingi II mingyillikning ikkinchi yarmiga taalluqli bo‘lgan qadimgi hind adabiy yodgorligi) koinot madhi deb atalgan she'r mavjud bo‘lib, unda bu masala ro‘y-rost o‘rtaga qo‘yilgan: «Bu dunyo nimadan paydo bo‘lgan, uni kimdir yaratganmi yoki yo‘qmi?» Bu savolga hatto xudolarning o‘zlari ham javob bera olmaydilar, negaki, ularning o‘zlari dunyo «yaratilgandan keyin paydo bo‘lganlar». Hamma narsa birinchi fikr urug‘i bo‘lgan xohishdan boshlangan21. «Rigveda» dagi «Purushaga Madh» da koinotning kelib chiqishi haqida insoniy talqin berilib, unga binoan Insondan –Koinot (purusha) kelib chiqqan. Xuddi shunday ohanglarni biz qadimgi Xitoy afsonalarida ham mushohada qilamiz. Ba'zi afsonalarda birlamchi dunyo vujudga kelguncha tuman va qorong‘ilik bilan to‘lgan tubsiz chuqur (xaos) koinot kuchlari bo‘lgan Yan va In vositasida tartibga keltiriladi, boshqalarida esa dunyo g‘ayri tabiiy umumiy inson bo‘lgan Pan-Gudan paydo bo‘lganligi aytiladi. Ayni shu afsonada Xitoy falsafasi uchun muhim bo‘lgan, shaxsiyatga ega bo‘lmagan dunyoviy qonun bo‘lmish «dao» haqidagi tasavvur shakllangan. Yaqin Sharqda vujudga kelgan afsonalarda ham dunyoni tubsiz chuqurdan yaratilganligi g‘oyasi rivojlantirilgan. Ikki daryo oralig‘ida (Mesopotamiya) yaratilgan xudolar haqidagi doston «Enuma Elish»da afsonaviy zamon haqida gapiriladiki, «unda xudolardan hyech biri hali paydo bo‘lgan emas, ismlar hali hyech narsaga qo‘yilmagan, taqdir hanuz tayin etilmagan» edi. Diniy-afsonaviy tasavvurlar bilan bir qatorda, boshqa bir ma'naviy zamin tajribaviy bilimlar va ilm-fan kurtaklari (riyoziyot, astronomiya, tabobat, yer ishlari haqidagi bilimlar, metallurgiya, jug‘rofiya) va bu bosqich doirasida shakllanayotgan tahliliy tafakkur edi. Masalan, Shan davrida (eramizda oldingi II –nchi ming yillik) xitoylilar 4-nchi tartib hududida hisob yuritishni bilar edilar. Xan sulolasi davrida esa biz algebratik tenglamalar yechimiga duch kelamiz. Qadimgi hindning afsonaviy yil hisobi o‘zining buyuk miqdori bilan kishini lol qoldiradi, undagi «Braxma asri» 311 040 000 000 000 yilga teng, eng kichik birlik bo‘lgan «truti» esa 1/5 sekundan tashkil etadi22. Misopotamiya va Misrda ko‘plab riyoziyotga doir matnlar topilganki, ularning eng ilgarilari eramizdan oldingi IV ming yillikning o‘rtalariga taalluqlidir. Qadimgi Bobillik va qadimgi Misrlik riyozidonlar arifmetik masalalarni arifmetik va geometrik progressiyalarga ajratib yechar edilar, ular geometrik figuralarni hajmini o‘lchashni bilar edilar23, o‘sha davrning astronomlari esa, davriy kun va oy tutilishini aniqlash asosida – ularni oldindan bashorat qilib berar edilar. Riyoziyot va boshqa tug‘ilib kelayotgan fanlar tafakkurning shakllanishi uchun juda muhim ahamiyatga ega edilarki, ularsiz falsafa dunyoqarashning nazariy yo‘naltirilgan va aqliy tizimga solingan shakli sifatida mavjud bo‘lishi mumkin emas edi. Falsafaning paydo bo‘lishi urug‘ qabilachilik tuzumi va afsonaviy ong tanazzulining natijasi bo‘ldi. Biz ilgari qayd etgan edikki, har qanday falsafa dunyoqarash sifatida maydonga chiqadi. Falsafa va umuman dunyoqarashning asosiy masalasi – bu insonning olamga nisbatan munosabati masalasidir. Ammo falsafadan oldin kelgan afsonalarda u o‘ziga xos xususiyatga ega edi. «Atrofni o‘rab turgan dunyoga nisbatan hozirgi va qadimgi zamon kishisining asosiy farqi shundaki, - deb yozadilar G va G.A.Frankfortlar - hozirgi zamon kishisi uchun hodisalar dunyosi birinchi navbatda «U» (insondan tashqaridagi)dir, qadimgi, hamda sodda inson uchun esa – u «Sen»24 dir. Dunyo insonga qarshi qo‘yilmagan edi. Boz ustiga, «tabiat va inson doirasi bir-biridan farq qilmas edi»25. Qadimgi dunyo kishisi voqyea narsa bilan nazarda tutilgan narsa, tasavvurdagi va mavjud voqyeylikdagi narsa, ashyo bilan ashyo haqidagi narsa o‘rtasidagi farqni ko‘rmas edi. «Afsonaviy she'riy tarzdagi aql uchun «nima uni hayajonga solsa», «mavjud bo‘lgan narsaga» tengdir, «uning uchun sub'ektiv va ob'ektiv bilim o‘rtasidagi tafovut ma'noga ega emasdir»26. Masalan, ibtidoiy ong uchun tabiat hodisalari o‘z-o‘zlaricha mavjud bo‘lmasdan, balki insonga bog‘liq ravishdagina ro‘y beradilar. Dunyo hodisalarini qabul qilishning bunday tarzi asrlar qa'riga borib taqaladigan ko‘p xalqlardagi belgilarga qarab mushohada yuritishlarda o‘z aksini topadi: qarg‘a qag‘illasa – yomon hodisa yuz beradi, ot kishnasa – yaxshi xabar keladi, qo‘ziqorinlar ko‘p chiqsa – urush chiqadi va hokazo. Falsafagacha bo‘lgan afsonaviy-diniy dunyoqarash amaliy yo‘nalgandir: hatto xudolar insonga nisbatan hamma vaqt muayyan munosabatdadirlar27. Afsonaviy qarashlardan farqli o‘laroq, falsafiy dunyoqarash sub'ektiv va ob'ektiv narsani farqlashdan boshlanadi. Shuning uchun birinchi faylasuflarning dunyoga nisbatan munosabatlari «Men-emas», «U» ga qaratilgan bo‘lib, tashqi, shaxsdan yuqori turuvchi (koinotga, tabiatga), inson dunyosiga qarama-qarshi va undan mustaqil bo‘lgan dunyoga qaratilgan edi. Bundan tashqari, afsona faqatgina ijtimoiy ong shakli bo‘lmasdan, balki yashash tarzi shakli bo‘lgani holda, falsafa aqliy bilim shakli sifatida maydonga chiqadi. Falsafiy tafakkur voqyeylikka bevosita amaliy munosabatdan uzoqlashib, kundalik bilimlar ufqidan ko‘tarilib, kundalik hayotga g‘arq bo‘lish holatidan chiqadi va bu bilan nazariy yo‘nalgan dunyoqarashga aylanadi. Falsafiy tafakkur shakllanishining muhim omillari ajablanish va shubhalanish bo‘ldi. Qadimgi yunon faylasufi Aflotun yozganidek, «hayron bo‘lishni totib ko‘rish… faqat faylasufgagina xosdir. Bu esa falsafaning boshlanishidir»28. Ibtidoiy jamiyatda afsona muhokama etilmas va shubha ostiga olinmas edi. Unda inson amalan afsonaviy tasavvurlari hukm ostida edi. Afsonaviy an'analar ketidan borib, u afsonalarning o‘zidagi mantiqiy qarama-qarshiliklarga sovuqqonlik bilan qarab, o‘zining, hamda hamsuhbatlarining muhokama va hukm chiqarish xulosalariga nisbatan beparvo munosabatda edi. Falsafiy tafakkur o‘zining boshidan boshlab, butunlay o‘zgacha asosga qurilgan edi. Faylasuf boshqa odamlar nimani ko‘rgan va eshitgan bo‘lsa, u ham shuni ko‘rdi va eshitdi. Ammo u nimani ko‘rgan va eshitgan bo‘lsa, unga shubha qildi. U shuni ko‘rdiki, turli ashyolar –toshlar, daraxtlar, odamlar va hokazo – turli-tuman va bir-birlariga o‘xshash emaslar, ammo u ularning turlichaligiga shubha qildi va ularning bir-biriga o‘xshamasligi chuqur va haqiqiy ekanligiga ham shubha qildi, va aksincha. Shunday qilib, u faylasuf uchun juda muhim bo‘lgan fikr va bilim o‘rtasida tafovut borligi xulosasiga keldi, u umum qabul qilingan narsa bilan haqiqat orasida farq borligini idrok etdi; nima narsa an'analarga ergashishga asoslanganligini va qaysi narsa ijodiy bilimga tayanganligini tushunib yetdi. Afsonaviy tasavvurlar va rivoyatlarning haqli ekanligiga shubha urug‘ini biz Sharqning (eng qadimgi) «falsafaoldi» bosqichidayoq topamiz. Yuqorida eslatib o‘tilgan «Rigveda»ning koinot haqidagi madhiyasining eng oxirida, noma'lum muallif «yuqori osmonda bo‘lgan zot» haqiqatan ham nimadan nima kelib chiqqanligini, ya'ni «bu dunyoni» biladi, deb qayd etganidan keyin, nogohon is'yonkorona savol beradi: «Agar bilmasa-chi?»29. Qadimgi Xitoyning «Ashulalar kitobi»da («Shi-szin») Osmon jazosining adolatliligi haqidagi an'anaviy tasavvur shak-shubha ostiga olinadi: «Mayli, kimki yomonlik qilgan bo‘lsa, yomonligi uchun javobgar bo‘lsin. Ammo kimki, hyech qanday gunohi bo‘lmasa-nima uchun ular falokat girdobda qoladilar?»30. Qadimgi Misrning adabiy yodgorligi bo‘lgan «Arfachaluvchining qo‘shig‘i» da muallif narigi dunyoning borligiga shubha bildiradi: «Ular bilan nima bo‘lganligini so‘zlab berish, ularning qanday yashayotganliklar haqida hikoya qilib berish uchun u yerdan hyech kim kelmaydi»31. Ajablanish va shubha – fikr yuritish manbaidir. XX asrning eng yirik fizigi M.Plank yozgan edi: «… Kimki, juda ham uzoqlashib, endi hyech nimadan ajablanmaydigan bo‘lib qolgan bo‘lsa, bu bilan u faqat shuni ko‘rsatadiki, asosli fikr yuritishni esidan chiqarib qo‘ygan». Afsonaviy ong doirasida yakka holda olingan fikrning tutgan o‘rni juda ham kamdir. Afsonaviy davrlar qarashlariga nisbatan urug‘chilik, jamoaviy, afsonaviy tafakkur haqida gapirish joizdir. Alohida olingan odam urug‘, jamoa ishonch bildirgan narsa haqida o‘ylamas va uni shubha ostiga olmas edi. Inson falsafaga birinchi qadamni shunda qo‘ydiki, urug‘chilikning afsonaviy qarashlarining mustahkamligiga shubha bildirib, fikr qila boshladi. U ijod qilgan manzara endi jamoa ijodi bo‘lmasdan, balki faylasuf – mutafakkirning yakka olingan ongining mahsuli edi. Bu yo‘lda savollar berib va unga javoblar topishga intilib, inson turmush tajribalari, urf-odatlari, hammaga tushunarli tasavvurlar ufqidan ko‘tarilib, xulosa va nazariy qurilmalar sohasiga qadam qo‘ydi. Falsafa ana shundan boshlab shakllana boshladi. Download 1.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling