Axmеdova m. A. umumiy muxarrirligi ostida


Download 1.43 Mb.
bet52/205
Sana09.11.2023
Hajmi1.43 Mb.
#1759310
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   205
Bog'liq
Axmеdova m. A. umumiy muxarrirligi ostida-fayllar.org (1)

Borliq haqidagi ta'limot. Ibn Rushdning buyuk xizmati uni yaratilmagan, birlamchi abadiy modda, uning harakati va bilish mumkinligi haqidagi ta'limotidir. Ibn Rushd fikricha, dunyo besh jismdan tashkil topgan: osmon, tuproq, olov, suv va havo. Tabiatda aniq zaruriyat hukmron, butun tabiat o‘z qonunlari asosida yashaydi. Zaruriyatni Ibn Rushd sababiy shartlik bilan bog‘ladi. «Har qanday faoliyat zaruratan o‘z sababiga ega … - deb yozadi u. –Biz mavjud ashyolar biri ikkinchisining sababi ekanligiga va biri ikkinchisi orqali faoliyat ko‘rsatishiga shubha qilmasligimiz kerak»117.

Modda o‘zida barcha shakllarga ega bo‘lib, ularni o‘zidan chiqaradi. U hyech vaqt shaklsiz bo‘lmaydi, xuddi shuningdek, shakl ham moddadan tashqarida mavjud bo‘la olmaydi. Agar modda va shakl oliy yagonalikda bir biriga mos tushsa, unda imkoniyat va voqyeylik ham bir-biriga to‘g‘ri keladi. Imkoniyatning voqyeylikdan farqi nisbiy xususiyatga ega. Agar dunyo abadiy bo‘lsa, barcha mumkin bo‘lgan narsalar ertami yoki kechmi voqyeylikka aylanishi lozim. Harakatning manbai moddaning o‘zidadir. Moddadan tashqari unga harakat va rivojlanish beradigan hyech qanday «sababiy shakl» yo‘q. Uning o‘zida joylashmagan hyech qanday narsa moddani o‘zgartirmaydi. Modda shakldan oldin mavjud bo‘ladi. Shakl moddaning namoyon bo‘lish tarzidir.
Ibn Rushd fikricha, moddiy dunyo, - bu ob'ektiv ravishda rivojlanayotgan voqyeylik bo‘lib, nafaqat shaklni, balki imkoniyatni ham tug‘diradi. Paydo bo‘lishning o‘zini u modda harakatining shakl sifatida namoyon bo‘lishi deb tushunadiki, unda miqdoriy va sifatiy o‘zgarishlar yuz berib turadi. «Har qanday mavjud ashyo, - dedyi faylasuf, -muayyan miqdor va muayyan sifatga egadir; xuddi shunday ashyolarga ularning paydo bo‘lish va yashash vaqti xosdir»118. Bunday fikr Arastuning harakat modda bilan bog‘liq emas, degan qarashlariga zid edi. Ibn Rushd «harakat»ni harakatdagi ashyoning nomi sifatida qaraydi.


Bilish nazariyasi. Ibn Rushd fikricha, bilish his-tuyg‘u bosqichidan boshlanadi. Hissiy bilish aqliy bilishning asosi va boshlang‘ich nuqtasi sifatida xizmat qiladi. Aql toki, badanning besh his-tuyg‘u a'zolaridan o‘tmaguncha, oldindan hyech narsani bilmaydi. Ammo hissiy bilish mavjud narsaning mohiyati va ashyolarning eng muhim xususiyatlari haqida ma'lumot berishga yetarli emas. Buning uchun maqsadi ashyolarning qonuniy mavjudligini bilish bo‘lgan aql zarur: «Aql mavjud ashyolarni ularni sabablari bilan birgalikda tushunishdan o‘zga narsa emas, va ayniqsa ana shu uni boshqa bilish qobiliyatlaridan farqlaydi»119. Sababiyatning mavjudligini Ibn Rushd borliqning bilish sharti sifatida qaraydi. U tabiatda amal qiladigan va «bilish va tafakkur asosida»gi oddiy hayotdagi sabablarni bir-biridan ajratadi. Tabiiy amal, deb qayd etadi u., erkin insoniy iroda vositasidagi amaldan ko‘ra ishonchliroq, negaki, «tabiat mayli bo‘yicha kelib chiqadigan harakat, o‘z amalini doimo bajaradi, ammo erkin iroda bo‘yicha bo‘ladigan amal o‘zini boshqacha tutadi120.
Ibn Rushdning umumiy aql haqidagi ta'limoti o‘zida inson aqlining ijodiy xususiyati, barcha insonlarning aqliy tengligi haqidagi ilg‘or fikrni ifodalaydi. Bu g‘oyalar ma'lum darajada Ovrupo universitetlari doiralarida umumiy aql to‘g‘risidagi Ibn Rushd ta'limotiga bo‘lgan katta qiziqishni belgiladi. Ibn Rushd fikricha, moddiy va faol aql insonda «ilm-fan taraqqiyoti, fanlarning yanada yuqoriroq darajalarga ko‘tarilishi» natijasida birlashadi. Aql tufayli inson «moddiylikdan abadiy mavjudlikka ko‘tariladi». Ibn Rushd ijodi yaqin va O‘rta Sharq xalqlari falsafiy fikrining cho‘qqisi edi. U o‘ziga xos ravishda undan oldingi ilg‘or fikrlar taraqqiyotini xulosalab, Ovrupo xalqlarining o‘rta asrlardagi falsafiy fikriga kuchli ta'sir ko‘rsatdi.


Download 1.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling