Axmedova Xolisa


Кому katakchasiga yuboruvchining manzili, Тема


Download 59.72 Kb.
bet4/6
Sana26.10.2023
Hajmi59.72 Kb.
#1723742
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
9. Ёзишмалар Интернетдаги матнли алоқа қонун ва қоидалари (электрон почта)

Кому katakchasiga yuboruvchining manziliТема katakchasiga esa kelgan xatning mavzusi qo‘yilib, undan oldidan Re: deb yozib qo‘yilgan bo‘ladi. Bu Reply to, ya’ni «..ga javoban» degan so‘zning qisqartmasidir. Javob matnini yozib, so‘ng Отправить (Yuborilsin) tugmasi bosiladi.

Входящие bo‘limida kelgan xatlar odatda qisqa shaklda ko‘rsatilib, faqat kimdan kelganligi va nomi ko‘rinib turadi. Bu rejim Кратко (qisqa) deb ataladi. Xatlar haqida to‘liqroq ma’lumotga ega bo‘lish uchun Podrobno tugmasi bosiladi. Bunda xatning kimdanligi, nomi va matnning dastlabki qatori hamda qachon kelganligi ko‘rinadi. Shuningdek, xatni to‘liq ochib o‘qish uchun yordamchi Прочитать (O‘qib chiqish) va Ответить (Javob yozish) linklari ko‘rinadi.

Xatni o‘chirib tashlash uchun satrning boshidagi katakchani belgilab, so‘ng Удалить (O‘chirish) tugmasi bosiladi.

Yangi xat yozish yuqoridagi Написать (Yangi xat yozish) tugmasi bosiladi.

Ochilgan sahifada quyidagi kataklar to‘ldiriladi:
Кому (Kimga) – yangi xat yuborilayatgan elektron pochta qutisining manzili. Agar xat bir nechta joyga yuboriladigan bo‘lsa, manzillar bir – biri bilan vergul yordamida ajratiladi.
Тема (Mavzu) – xatning mavzusi, sarlavha. Elektron pochta tizimining oddiy pochtadan farqli joylarida biri xatning mavzusi degan tushunchadir. Elektron maktubga sarlavha qo‘yish shart emas, bu katakchani bo‘sh qoldirsangiz ham bo‘ladi (odatda, pochta dasturlari «Siz maktubga sarlavha qo‘ymabsiz, nomsiz ketaversinmi?» deb birrov so‘rab qo‘yishadi). Lekin, xatga sarlavha qo‘yish juda qulay va ma’qul narsa. Masalan, «12/212-shartnoma bo‘yicha savollar» degan xat yozsangiz, uning javobi «Re: 12/212-shartnoma bo‘yicha savollar» deb kelsa, yuzlab xatlarning ichidan aynan shu shartnoma bo‘yicha yuborgan savollaringizga qanday javob kelganligini topishingiz oson bo‘ladi.
Mavzuning tagidagi katakka xatning matni kiritiladi.
Elektron pochtaning yana bir muhim imkoniyati – fayl yuborishdir. Biroq, pochta qutilarida faylning yuborish mumkin bo‘lgan o‘lchamlari cheklangan bo‘ladi. Pochta xizmatlari odatda xatga qo‘shib yuboriladigan fayllarning soni va o‘lchami qanchadan oshmasligi kerakligini ko‘rsatib turishadi. Mail.ru pochta xizmatidan odatda 20 mb gacha bo‘lgan hajmdagi fayl yuborish mumkin. Biroq, bu o‘lchamni sozlash ham mumkin. Buning uchun Отправить файл > 20 mb degan havolani va uning yonidagi “Настроить” havolasini bosiladi. Xatga fayl qo‘shib yuborish uchun Прикрепить файл (Fayl biriktirish) tugmasi bossangiz, kerakli faylni ko‘rsatish oynasi ochiladi. Bu erdan yubormoqchi bo‘lgan faylingizni ko‘rsatib, Открыть (Ochish) tugmasini bosasiz. Faylning katta-kichikligi va internetga ulanish tezligiga qarab, fayl biriktirishga bir necha soniya yoki daqiqa ketadi. Fayl biriktirilgach, uning yonida yashil belgi paydo bo‘ladi. Endi xatni yuborish mumkin. Xatni yuborish uchun Отправить (Yuborilsin) tugmasi bosiladi. Agar xatni keyinroq yubormoqchi bo‘lsangiz, uni saqlab qo‘yish mumkin. Buning uchun Сохранить (Saqlab qo‘yilsin) tugmasini bosasiz. Yozayotgan xatni bekor qilish uchun Отмена (Inkor) tugmasi bosiladi.

Xat jo‘nab ketgach, Ваше письмо отправлено! (Xatingiz yuborildi!) yozuvi paydo bo‘ladi.



Yuborilgan xatlar ro‘yxati Отправленные (Yuborilganlar) bo‘limida turadi. Bu bo‘limga ham chap tomondagi menyudan kiriladi.


Download 59.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling