Axoli turmush darajasini aks ettiruvchi omillar Axoli daromadlari Ijtimoiy himoya ob'ektlari
O‘tish iqtisodiyoti sharoitida davlatning mehnatga oid siyosati
Download 34.27 Kb.
|
Axoli daromadlari
O‘tish iqtisodiyoti sharoitida davlatning mehnatga oid siyosati
O‘tish iqtisodiyoti sharoiti juda ko‘p iqtisodiy-ijtimoiy unsurlarga mazmunan yangidan yondoshishni taqozo qilsa, bir ijtimoiy tuzumdan ikkinchi ijtimoiy tuzumga o‘tish jarayoni o‘ziga xos dastaklarni shakllantirishni talab qiladi. Hozir O‘zbekistonda o‘ziga xos iqtisodiy taraqqiyot yo‘li tanlandi. Bu yo‘l barcha jabhalarni o‘zida mujassam etgan, xususan, davlatimizning mehnatga oid o‘ziga xos siyosati ham shakllanmoqda. Bu quyidagilarda namoyon bo‘lmoqda: mehnatga oid qonunlar tizimini yaratish va uni erkin iqtisodiyot sharoitiga mos ravishda takomillashtirish; ishlovchilarga mehnatga oid munosabatlarda turli imtiyozlar va to‘lovlarni amalga oshirish borasida davlat kafolatini joriy qilish; korxonalarning ish beruvchilarning mulk shaklidan qat'iy nazar bir xil ish haqini hisoblash va to‘lash tizimini yaratish; * ijtimoiy-mehnat munosabatlarini va ijtimoiy himoyani hal qilishda kasaba uyushmalarining rolini oshirish; aholining bandligini ta'minlashda o‘ziga xos davlat siyosatini ishlab chiqish va uni amaliyotga joriy qilishni nazorat qilish; aholi bandligini ta'minlashda mahalliy hokimiyat mas'uliyatini bevosita aholining o‘zlarining mas'uliyatini oshirish; erkin mehnat faoliyatini ta'minlash; xodimlarning yuqori mehnat samaradorligi va unumdorligiga erishishi uchun ularni rag‘batlantiruvchi va iqtisodiy sharoitlarni hamda mehnat mativini yaratish; aholining bandligini ta'minlash orqali uning faravonligini oshirish dasturlarini ishlab chiqish; aholining mehnat salohiyati, resurslari kabi demografik o‘zgarishlarni uzluksiz o‘rganib borish va bunga asosan o‘zining mehnatga oid siyosatini yuritish. Ko‘rinib turibdiki, o‘tish davrida davlat o‘zining asosiy e'tiborini mehnatga oid munosabatlarga qaratib kelmoqda. Bu jarayon ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat va munosabatlarning takomillashishi bilan takomillashib boradi. Har bir tarixiy davrning o‘ziga xos mehnat siyosati shakllanishi ob'ektiv holdir. Download 34.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling