Axsikent, Marhamat, Kubo, Marg‘ilon, Bob (Pop)


podsho-hukmdorning huquqlari cheklangan edi


Download 299.86 Kb.
bet2/2
Sana28.03.2023
Hajmi299.86 Kb.
#1302471
1   2
Bog'liq
portal.guldu.uz-Ўзбек давлатчилиги тарихи

podsho-hukmdorning huquqlari cheklangan edi. Ayniqsa, urush va tinchlik, diplomatik masalalarda hal etuvchi kuch va huquq oqsoqollar kengashi qo‘lida edi.
So‘nggi yillarda Davan davlati tarixi bo‘yicha samarali ish olib borayotgan B.X.Matboboevning yozishicha, ichki tartibni saqlash va mamlakatni tashqi dushmandan himoya qilish uchun Davan davlatida asosan piyoda askarlar va otliq suvoriylardan iborat bo‘lgan 60 ming kishilik qo‘shin mavjud edi. Manbalarning ma’lumot berishicha, davanliklar «otda ketayotib o‘q otishda mohir bo‘lganlar».
Davanning «samoviy otlari» va davlatning serunum erlari uchun mil. avv II asrning oxirlarida Xitoy va Davan o‘rtasida harbiy to‘qnashuvlar bo‘lib o‘tadi. CHjan Syan va Sima Syanlarning bergan ma’lumotlariga ko‘ra, Xitoy imperatorlari Davanga ikki marta yurish qiladilar. Birinchi yurish mil.avv. 104 yilda uyushtirilib, xitoyliklar Davanning markazi Ershiga etib kela olmay Lobnorda qattiq qarshilikka uchraydilar.
O‘zining butun tarixi davomida Davan davlati yirik imperatorlar va kuchli davlatlar ta’siri ostiga tushmasdan o‘z siyosiy erkinligini saqlab qolgan. Arxeologik topilmalar ham qadimgi Davanning o‘ziga xos rivojlanish yo‘liga ega bo‘lganligidan dalolat beradi. Misol uchun, Farg‘ona vodiysi mil.avv. VI-IV asrlarda Eron Ahamoniylari va Aleksandr Makedonskiy bosqinlaridan chetga qolgan. Aleksandr faqat Xo‘jand shahrigacha kelganligi taxmin qilinadi. Salavkiylarning ham Farg‘ona vodiysiga kirib borganlari haqida ma’lumotlar yo‘q.
Milodning I-II asrlariga kelib qadimgi Farg‘ona aholisining o‘troq dehqonchilik madaniyati yuqori darajaga ko‘tariladi. Olib borilgan arxeologik tadqiqotlar natijasida Farg‘ona vodiysida bu davrga oid ko‘p sonli aholi manzilgohlari, qal’alar, qo‘rg‘onlar, ko‘hna shaharlar xarobalari aniqlangan.
Hunarmandchilikning rivojlanishi va qadimgi yo‘llarning mavjudligi tufayli Farg‘ona vodiysida SHarqiy Turkiston bilan olib borilgan tashqi savdo bilan bir qatorda, atrofdagi tog‘ vodiylarda yashovchi chorvador – ko‘chmanchi aholi bilan ham o‘zaro almashinuv rivojlanadi. Antik davr Farg‘ona yodgorliklarining ayrimlarida Xitoy tangalari (u-shi) uchrasa ham mahalliy tangalar uchramaydi. Bu hol natural xo‘jalik (mahsulot ayirboshlash) ustunlik qilganligidan dalolat beradi.
Tadqiqotchilarning fikricha, Davan davlati mil.avv. III – milodiy III asrlarda mavjud bo‘lgan bo‘lib, boshqaruv tizimiga ko‘ra podsholik hisoblangan. Aholining ko‘pchiligi shaharlarda istiqomat qilgan. Buyuk Ipak yo‘lining paydo bo‘lishi ham ushbu davlatning gullab-yashnagan davriga to‘g‘ri keladi. Xitoydan O‘rta er dengizigacha cho‘zilgan bu yo‘ldagi qit’alararo savdoda sharqiy Sug‘diyona chegaralaridan to Tan davridagi Xitoy imperiyasigacha bo‘lgan yo‘lning xavsizligini ta’minlashda, oziq-ovqat, yo‘l ko‘rsatuvchilar va tarjimonlar etkazib berishda Davan davlati asosiy rol o‘ynagan.
Download 299.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling