Ayev В. Ch., ndKirish «inson resurslari iqtisodiyoti» fanining predmeti va mazmuni L l. Inson resurslari to‘g’risida tushuncha


Download 1.27 Mb.
bet66/82
Sana28.12.2022
Hajmi1.27 Mb.
#1009647
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   82
Bog'liq
Ayev В. Ch., ndKirish «inson resurslari iqtisodiyoti» fanining p

Qisqacha xulosalar
Korxona va tashkilotlarda yuqori unumli mehnat talab etiladi. Mehnatning satnaradorligi pasaymasligi, aksincha, doimiy o‘sib borishi karak. Tashkilotda bunday holatga asosan uchta yo‘l bilan erishiladi: a) kadrlarni tanlash; b) kadrlarni almashtirish; v) kadrlar malakasini oshirish.
Ishchi kuchi sifatining yaqqol ko'rsatkichi ma’lumot darajasi va ishlab chiqarish tajribasi hisoblanadi.
Inson kapitaliga investitsiya qilish deganda, odatda, malakaviy qobiliyat, demakki, mehnat unumdorligining ham oshishiga yo'naltirilgan har qanday harakat tushuniladi.
Ishlab chiqarish-texnik maqsadga ko‘ra, ishchilarni 0‘qitish quyidagilarga ajratiladi: 1) yangi ishchilarni tayyorlash; 2) ishchilarni qayta tayyorlash va ikkinchi (o‘zaro bog’langan) kasbga o‘qitish; 3) malakani oshirish.
Kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish - ishchi kuchining talab va taklifini muvozanatga keltirishda muhim bo‘g’in hisoblanadi.
Uzluksiz ta’lim kadrlar tayyorlash milliy modelining bazaviy qismi bo'lib, u mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini ta’minlovchi, shaxs, jamiyat va davlatning iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy ehtiyojlarini qondiruvchi ustuvor sohadir. Shu bilan birga, u ijodkor, ijtimoiy faol, ma’naviy boy shaxs shakllanishi va yuqori malakali raqobatbardosh kadrlarning ildam tayyorlanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratadi.
Malakali mutaxassislarni tayyorlash jarayonini boshqarish mexanizmi — tayyorlanadigan kadrlarning sifatiga va ulardan samarali foydalanish darajasiga ta’sir etadigan tashkiliy, iqtisodiy, huquqiy, uslubiy munosabatlar, normalar, shakl va usullar yig’indisidir.
Kadrlarni qayta tayyorlash — korxona xodimlari tomonidan yangi kasbni 0‘zlashtirishdir.
Kadrlar malakasini oshirish — ularning bilim, ko‘nikma va mahorat olish sifatida ishlab chiqarish faoliyati natijasi hisoblanib, bunday maxsus tashkillashtirilgan 0‘qitish qisqa muddat ichida belgilangan maqsadga erishish
imkonini beradi.

Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling