96
Tahlilning m aqsadi — m utaxassislar m ehnatidan foydalanish samaradorligini oshirish, ularning kasb-malaka tuzilmasini takomillashtirish
bo‘yicha tadbirlar ishlab chiqishdir.
Jahon tajribalarida rahbar va mutaxassislar sifat tarkibini baholashning turli xil usullari mavjud: yillik attestatsiya, ish natijalari, qo'yilgan maqsadlarga erishishi bo'yicha baholash.
Mutaxassislarning sifat tarkibini analitik baholashni ma’lum davr uchun oldindan ular oldilariga qo'yilgan maqsadlarga tayangan holda olib borish mumkin.
Bunday baholash bir necha bosqichni o‘z ichiga oladi:
=> xodimning bir necha majburiyatlarini aniqlash;
=> har bir majburiyatni aniq iqtisodiy ko'rsatkichlarda aniqlashtirish (foyda, ishlab chiqarish xarajatlari, hajm, vaqt, sifat, mehnat unumdorligi va h.k.);
=> o‘lchov birliklarini (foiz, kun, so‘m...) va faoliyat natijalarini aks ettiruvchi (vaqtni qisqartirish, brakni kamaytirish, o'tgan davrga nisbatan foizlarda foydani oshirish va h.k.) ko‘rsatkichlar tizimini belgilash;
=> har bir ko'rsatkich bo'yicha minim al va maksimal «bajarish
standartlarini» o‘rnatish;
=> qabul qiiingan standartlar bo‘yicha maksimal va minimal bajarish natijalarining o'zaro nisbatini (maksimaldan yuqori, uning darajasida,
minimum darajasida va minimumdan kam) va baholovchi ballarni chiqarish; => barcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha o‘rtacha bahoni hisoblash.
=> Rahbar va mutaxassislar mehnatini tahlil qilish uchun ko‘rsatkichlami tanlashda quyidagi mehnat natijalari:
=> korxonaning butun faoliyati natijalariga to‘g’ridan-to‘g’ri va hal qiluvchi ta’sir qilishi;
=> xodim ish vaqtining sezilarli qismini egallashi; ular nisbatan kam (4-6) ishlab chiqarish maqsadlariga erishishga olib kelishini hisobga olish kerak.
8.5-jadvalda taxminiy miqdoriy ko'rsatkichlar ro‘yxati - rahbar va mutaxassislarning ba’zi lavozimlari bo'yicha mehnat natijalarini baholash mezonlari keltirilgan.
Rahbar va mutaxassislar mehnatidan foydalanish va ularning sifatiy tarkibini tahlil qilishdan asosiy maqsad — ular mehnatidan foydalanish samaradorligini oshirish, oliy va o‘rta maxsus m a’lumotli mutaxassislar salmog’ini o'zgartirish, rahbar va mutaxassislar malakasini oshirish rejalarini bajarish bo‘yicha tadbirlar ishlab chiqishdir. (26)
Do'stlaringiz bilan baham: |